1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə17/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

Savol vatopshiriqlar:


  1. Turdi qaysi davrda yashab ijod etgan?

  2. Turdi ijodi qanday janrlarni o`ziga oladi?

  3. Turdi davrining adabiy muhiti qanday bo`lgan?

  4. Turdi she`rlaridan she`riy san`t turlariga misollar toping.


10- Mavzu: Mahmudxo‘ja Behbudiy. “Padarkush” dramasi

REJA:



  1. Mahmudxo`ja Behbudiy hayot yo`li haqida

  2. Behbudiyning ijodiy merosi haqida

  3. “Padarkush dramasi” to`g`risida

Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919)

Taniqli dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yili Samarqandda tug‘ilgan. Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga ko‘tariladi.

Behbudiy haj safarida bo‘lgan chog‘ida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899—1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlog‘ida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi.

Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903-04), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. «Risolai asbobi savod» («Savod chiqarish kitobi», 1904), «Risolai jug‘rofiyai umroniy» («Aholi geografiyasiga kirish», 1905), «Muntahabi jug‘rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy geografiya», 1906), «Kitobat ul-atfol» («Bolalar xati», 1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909) kabi kitoblar chop ettiradi.

Keyinchalik (1908 yilda) Shakuriyning Rajabamindagi maktabini Samarqanddagi o‘z hovlisiga qo‘chirib keltiradi. Behbudiy 1911 yilda «Padarkush» dramasini yozdi. Bu birinchi o‘zbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda bo‘lib, o‘qimagan, johil va nodon bolaning o‘z otasini o‘ldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini «milliy fojia» deb atagan. Nashr qilishga chor senzurasi yo‘l qo‘ymaydi. «Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo‘lishining 100 yillik yubileyi sanasiga bag‘ishlanadi» degan vaj bilan Tiflis (Tbilisi) senzurasidan o‘tkazadi. Drama 1913 yil bosilib chiqqan, ammo sahnaga qo‘yish uchun yana bir yilcha vaqt ketadi. Asar Samarqandda 1914 yil 25 yanvarda sahnaga qo‘yildi. Drama xalqqa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Abdulla Qodiriy «Baxtsiz kuyov» dramasini shuning ta’sirida yozgani ma’lum. «Padarkush» ham janr, ham mazmuniga ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotini boshlab bergan asar bo‘ldi. Drama Toshkentda 1914 yil 27 fevralda Avloniy tomonidan qayta sahnalashtiriladi.

Behbudiy «Samarqand» gazetasini chiqaradi. Gazeta o‘zbek va tojik tillarida, haftada 2 marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr to‘xtadi. Shu yil 20 avgustdan u «Oyna» jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan o‘zbekcha bo‘lib, she’r, maqola (forscha), e’lonlar (ruscha) ham berib boriddi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi.

Behbudiy kitob nashrini ham yo‘lga qo‘yadi. Fitratning «Bayonoti sayyohi hindi»sini ruschaga tarjima qildirib bostirdi (1913).

Behbudiy 1914 yil 29 mayda ikkinchi marta Arab mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Sayohati davomida Bayramali, Ashxobod, Krasnovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk, Rostov, Odessa shaharlarida bo‘ladi, 8 iyunda Istanbulga keladi. Undan Adanaga o‘tib, yana Istanbulga qaytadi va 20 iyunda Ismoilbek Gasprinskiy bilan uchrashadi. So‘ng Quddus, Bayrut, Yofa, Xalil ar-Rahmon, Port-Said, Shom shaharlarida bo‘ladi. Sayohat xotiralari «Oyna» jurnalida bosilib turadi. Bu «xotiralar» har jihatdan muhim bo‘lib, an’anaviy tarix-memuar janrining 20-asr boshidagi o‘ziga xos namunasi edi. Muallif unda yo‘l taassurotlariga, kishilar bilan uchrashuvlarining ibratli tomonlariga keng o‘rin beradi. Qaysi shaharga bormasin, uning tarixi, obidalari, u yerdan chiqqan buyuk zotlar haqida ma’lumotlar to‘playdi. Turli-tuman millatlar, ularning urf-udumlari, turmush madaniyati bilan qiziqadi. Ayniqsa, din, e’tiqod masalalariga katta ahamiyat beradi.

«Oyna» jurnalida millat va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisobladi. Jurnalning birinchi sonidayoq «Ikki emas, to‘rt til lozim», degan maqola bilan chiqib, o‘zbek, tojik, arab, rus va hatto biror uzoq xorij (mas, fransuz) tilini bilish shart deb hisobladi. Ayni paytda tilning muhofazasi («Har millat o‘z tili ila faxr etar» —1914, ? 35), o‘zaro munosabatlari («Til masalasi» — 1915, ? 11,12) haqida muhim va zarur maqolalar chop etdi. Adabiy tanqidga katta e’tibor berdi. Uning xususiyatlarini belgilashga urindi. Boshqa adabiy janrlar bilan tenghuquqligi masalasini ko‘tardi («Tanqid saralamoqdir» — 1914, ? 27). Millat sha’nini oyoqosti qiluvchi fikr-qarashlarga zarba berib, Turkiston xalqini o‘z nomi bilan atamoq lozimligini talab qilib chiqdi («Sart so‘zi majhuldur» 1915, ? 22,23,25,26).

Behbudiy matbuotimiz tarixida maqolanavis sifatida alohida mavqega ega. Uning hozircha aniqlangan maqolalarining soni 300 ga yetadi. Ular xilma-xil mavzuda. Ilk maqolalaridayoq kommunistik mafkurani keskin rad etgan, «xayoliy», «bu toifaga qo‘shulmoq biz, musulmonlar uchun nihoyatda zararlik» deb yozgan edi («Xayrul umuri avsatuho» — «Ishlarning yaxshisi o‘rtachasidir», «Xurshid» gazetasi, 1906, 6-son). O‘zlikni anglashni muhim biladi. «Qabilasini(ng) ismini va yetti otasining otini bilmaydurgonlarni «marquq» derlar», deb yozadi («Sart so‘zi majhuldur», «Oyna» jurnali, 1914, ? 23).

1917 yilning oxiri 1918 yilning boshlarida jadidlar qurgan ilk demokratik davlatchilik namunasi Turkiston muxtoriyatining taqdiri hal bo‘layotgan bir paytda o‘lka xalqlarini birlikka chaqiradi.

Behbudiy ijtimoiy-siyosiy ishlarga qizg‘in qo‘shildi. Aslida bu faoliyat 1906 yildan boshlangan. Shu yili «Rusiya musulmonlari ittifoqi»ning Nijniy Novgorodda o‘tkazilgan qurultoyida qatnashgan edi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan (1917) Turkiston musulmonlarining qurultoyida ishtirok etib, nutq so‘zladi. U musulmonlar orasidagi har qanday ixtilofga qarshi chiqdi. Behbudiy shu qurultoyda o‘lka musulmonlar sho‘rosining raisi etib saylandi. 1917 yil 26 noyabrda Qo‘qonda o‘lka musulmonlarining 4-favqulodda qurultoyi ish boshladi. 27 noyabrga o‘tar kechasi «Turkiston muxtoriyati» e’lon qilindi. Uning g‘oyaviy asoschilaridan biri Behbudiy edi. Muxtoriyat sho‘rolar tomonidan vahshiyona bostirildi. Behbudiy may oyining boshlarida Samarqandga qaytadi. U yerda ko‘p tura olmay Toshkentga keladi. Turkiston sho‘rolar hukumati rahbarlari bilan muzokara olib borishga urinadi, ammo natija chiqmaydi. 1919 yilning erta bahorida mamlakatdan chiqib ketayotganida Shahrisabzda Inqilobiy favqulodda komissiya ayg‘oqchilari ko‘magida Buxoro amirligi odamlari tomonidan qo‘lga olinadi, hamrohlari Muhammadqul va Mardonqul bilan birgalikda Qarshida zindonga tashlanadi va qatl qilinadi. Bu voqea Samarqandda bir yildan keyin ma’lum bo‘ladi. Fitrat, Cho‘lpon, Ayniy va boshqa shoirlar Behbudiy ga atab marsiyalar yozganlar.

O‘zbekistonda (H. Sayid, N. Avazov, Z. Ahrorova), Tojikistonda (R. Xodizoda), Germaniyada (I. Baldauf; B. Qosimov bilan hamkorlikda), AQShda (E. Olvort) va boshqa mamlakatlarda Behbudiy hayoti va ijodi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Toshkent shahrida ko‘cha va maktabga Behbudiy nomi qo‘yilgan.

“PADARKUSH” DRAMASI: ILMSIZLIK FOJEA

Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligi

O‘tgan bir asr davomida yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy tomondan ta’sir o‘tkaza oladigan, tarix zarvaraqlariga muhrlangan bir qancha pyesa, spektakllar yaratildi. Albatta, teatr — ibrat uyi. Mazkur san’atning jozibasi ham uning jonliligidadir, desak xato bo‘lmaydi. Ana shu boqiy san’atning eng sara asarlaridan biri 1914 yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yozilgan “Padarkush yoki o‘qimagan bolaning holi” dramasi hisoblanadi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy mazkur 3 parda, 4 manzarali sahna asarini 1911 yilda yozib tugatgan. Pyesa ilk bor havaskorlar tomonidan 1914 yilning 15 yanvar kuni Samarqandning yangi shahar qismida namoyish etiladi. Adabiyotshunos olim Miyon Buzruk Solihovning yozishicha: “Ozarbayjonlik Aliasqar Asqarovning sahnani tartibga solishda ta’siri bo‘lgan. Hatto bu haqda uning rejissyorlik vazifasini bajarganini professor Abdulla Avloniy so‘zlagan edi”.

Oradan qirq kun o‘tib, ya’ni 1914 yilning 27 fevralida Toshkentdagi “Turon” truppasi ushbu asarni sahnaga olib chiqib, tomoshabinlarga taqdim etadi. Yana Miyon Buzrukning so‘zlariga ko‘ra, “Padarkush”ni sahnaga qo‘yish uchun hozirlik 1913 yilning dekabr oyidan boshlangan bo‘lib, bu yo‘lda jadid muallimlaridan Abdulla Avloniy, Muhammadjon qori, Nizom Xo‘jayev, Shokir Rahimiy va boshqalar jiddiy kirishadilar.

Gʻulom Zafariyning “Bu spektaklni o‘ynashda kavkazlik o‘rtoqlarimizdan Aliasqar Asqarovning katta yordami tegib, teatrni o‘ynamoq usullarini ko‘rsatib, rejissyorlik qildi”, deya ma’lumot bergani tarixiy manbalarda qayd etilgan.

Shunday qilib, 1914 yilning 27 fevral kuni o‘zbek teatr san’atining tug‘ilish sanasi sifatida tarixga muhrlandi. Shu kuni Toshkentning yangi shaharidagi “Kolizey” teatrining 2000 kishiga mo‘ljallangan tomoshaxonasi kech soat 19:00 da tomoshabinlar bilan limmo-lim to‘ldi. Spektakl boshlanishidan avval Munavvarqori Abdurashidxonov otashin nutq so‘zladi. Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, “Padarkush” pyesasining Toshkent truppasi tomonidan sahnalashtirilishi kutilgandan ko‘ra a’loroq natija berganini bilib olishimiz mumkin. Bunday olamshumul voqea o‘sha davr matbuotida keng yoritildi.

1911 yildan dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratila boshlandi. Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush yoki o‘qimagan bolaning holi”, A.Samadovning “Mahramlar”, Fitratning “Bir farangi bilan buxorolik bir mudarrisning qilgan munozaralari” fikrimizga dalildir. Bular ichida Behbudiyning “Padarkush” dramasi g‘oyatda e’tiborli bo‘ldi. Asarning bosh g‘oyasi ma’rifatni targ‘ib etish bo‘lib, muallif o‘z asari janrini “fojia” deb atadi.

Unda bir boyning o‘qimagan bolasi buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasining o‘limiga sababchi bo‘lgani achchiq hikoya qilingan. “Padarkush” asari XX asr boshlarida Turkiston xalqlari hayotining eng dolzarb muammolari mavzuida yozilgan bo‘lib, u jadidchilik mafkurasining dasturi sifatida ma’rifatparvarlikning tub siyosiy va ijtimoiy maqsadini ifodalagan. Muallif bu pyesada jadidlarning Turkistondagi ijtimoiy tuzum, mustamlaka zulmiga bo‘lgan munosabatlarini boy va uning o‘qimagan o‘g‘li misolida tasvirlaydi.

Chindan ham Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasida ma’rifatparvarlarning ijtimoiy-ma’rifiy g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. Asarda boyning “boylik turganda ilm-ma’rifatning keragi yo‘q” qabilida ish tutib, o‘g‘li Toshmurodni takasaltang, noshud qilib o‘stirganligi haqida so‘z boradi. Boy ilmning afzalligi haqida gapirgan domla hamda taraqqiyparvar ziyolini jerkib tashlaydi. Voqealar rivoji Domla bilan Ziyoli fikrlarining naqadar to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Pyesaning yakunida o‘g‘il sheriklari bilan o‘z otasini tunash uchun kelib, uning o‘limiga sababchi bo‘ladi.

Asar u qadar katta emas, syujeti ham sodda, biroq muallif unga teran ma’noni singdira olgan: ma’rifatdan, ilm nuridan yiroq boylar, ularning savodsiz jamiyatining yakuni shundaydir. Behbudiy millat bolalarining ilmsiz bo‘lib o‘sishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi, ularning ilmga intilishlarini qo‘llab-quvvatlash haqida jon kuydiradi. Dunyoviy ilmlarni diniy ilmlar bilan bir qatorda ko‘rishni ham farz, ham qarz deb biladi.

Pyesa ommaga shu qadar ta’sir qildiki, keyinchalik ko‘pchilik boylar ilm yo‘lida “usuli jadid” maktablarini ochishda mablag‘larini ham ayamadilar. Bu asar bir maktab, ibrat vazifasini o‘tadi: xalqni ogohlikka chaqirdi.

“Padarkush” 1911 yilda yozilib, 1913 yilda bosilib chiqqaniga qaramay, muntazam teatr guruhlari bo‘lmagani oqibatida ancha vaqtgacha sahna yuzini ko‘rmadi. Behbudiy kuyinib, bunday deb yozgan edi: “...o‘ynay turg‘on odam yo‘q, abaski, Turkistonda bekor odam yo‘qki, xalq uchun ishlasa. Va bekor kishi yo‘qki, teatr sahnasiga chiqib, masxarabozlik qilsa. (Chunki Turkistonda teatrni masxarabozlikdan ayirmadilar), qachonki masxarabozlik (artistlik) xizmatini zimmasiga oluvchi o‘n kishi topilsa o‘ynalur”.

Drama haqida ko‘pchilik o‘z fikrida yakdil e’tirof etgan narsa shu bo‘ldiki, bu sahna asari o‘zbek adabiyotida va teatr san’atida yangilik bo‘lib, u mazmuni baquvvat bo‘lgan, janr jihatidan birinchi yangi drama edi. Spektakl uch pardadan iborat bo‘lib, birinchi pardada Boy rolini Abdulla Avloniy, Domla rolini Ziyoboyev, Ziyoli rolini Asomiddin Xo‘jayev, Xayrullani Xoniy; ikkinchi pardada Davlatzo‘r rolini Xoniy, Nor Poshshoxo‘jayev, Tangriqul rolini Shoh Inoyatov, Boyvachchani Badriddin A’lamov, uchinchi pardada Boy xotinni Ziyoboyev, Domla rolini Husayniy janoblari, Pristav rolini Mirzaxonov ijro etganlari va ularning so‘zlari tomoshabinlarga kuchli ta’sir ko‘rsatib, xalq o‘rtasida ovoza bo‘lgani ham o‘sha davr matbuotida chop etiladi.

Birinchi ko‘rinish boyning (bu obrazni Abdulla Avloniy ijro etgan) serhasham xonada, bezatilgan dasturxondan tanovul qilib o‘tirgan holatda boshlanadi. Biroz o‘tib boynikiga Domla mehmon bo‘lib kirib keladi. Suhbat qurib o‘tirganlarida boyning o‘g‘li Toshmurod kirib kelib, otasidan sarf-xarajatlari uchun pul so‘raydi. Boy o‘g‘lining qo‘liga ko‘p miqdordagi pulni berib, til uchida: “Yomon joylarga bormanglar, uyga erta qaytgin”, deb nasihat qilgan bo‘ladi. Buning guvohi bo‘lgan Domla bu holatdan noroziligini ifoda qilib, buning o‘rniga bolani o‘qitish, bilim olishga undash lozimligini so‘zlaydi. Ilmning xosiyati va kelajak uchun foydali ekanini aytib, nasihat qiladi. Lekin boy o‘z mol-mulklarining behisobligini pesh qilib, davlatmand odamlarning bolalariga o‘qishga ehtiyoj yo‘q, degan javobni beradi. Xuddi shu suhbatga Yevropa rusumida kiyingan Ziyoli kirib keladi va munozaraga aralashadi. Aynan ana shu Ziyoli obrazi spektakl g‘oyasining ochilishida katta ahamiyat kasb etadi.

Oradan qirq kun o‘tib, ya’ni 1914 yilning 27 fevralida Toshkentdagi “Turon” truppasi ushbu asarni sahnaga olib chiqib, tomoshabinlarga taqdim etadi. Yana Miyon Buzrukning so‘zlariga ko‘ra, “Padarkush”ni sahnaga qo‘yish uchun hozirlik 1913 yilning dekabr oyidan boshlangan bo‘lib, bu yo‘lda jadid muallimlaridan Abdulla Avloniy, Muhammadjon qori, Nizom Xo‘jayev, Shokir Rahimiy va bosh qalar jiddiy kirishadilar.

Behbudiyning asar orqali ifoda etmoqchi bo‘lgan asosiy fikrlari, g‘oyalarini ochishda rejissyor aynan ana shu roldan foydalanadi. Spektakldagi mazkur obrazni Nizomiddin Xo‘jayev ijro etgan. Ziyoli N.Xo‘jayev boyga qarata: “Hozir yangi va boshqa bir zamondir. Bu zamonda ilm va hunarsiz xalqning boyligi ham qo‘ldan ketganidek, axloq va obro‘yi ham qo‘ldan chiqar, angladingizmi, boy?” deydi. Lekin boy uning so‘zlarini eshitgisi kelmagani sababli o‘zini uxlaganga soladi.

Spektaklning ikkinchi sahnasi ifoda vositalari yordamida o‘ta fojiali tarzda tasvirlangan. Bu sahnada boyning o‘g‘li Toshmurod otasining bergan pullari har qancha ko‘p bo‘lsa ham uning kayfu safosiga yetmagani sababli jinoyatchiga aylanishi hikoya qilinadi. Qahvaxonada ichkilik ichib, mast-alas, takasaltang o‘smirlar Toshmurodga o‘z otasining pulini o‘g‘irlashni maslahat beradilar.

Qahvaxona ko‘rinishidan so‘ng voqealar boyning hovlisiga ko‘chadi. Boy supada xurrak otib uxlab yotibdi. Bu holatni Abdulla Avloniy juda ishonarli ijro etadi. Toshmurod — Badriddin A’lamov uyga pusib kirib, Tangriqulga uy eshigini ochib beradi. Tangriqul rolini Shoh Inoyatov ijro etgan. U qo‘lida kalit, har ehtimolga qarshi temir asbob va pichoq bilan qurollangan. U asta yurib borib, sandiqni buza boshlaydi. Shu payt boy uyqudan uyg‘onib, dod sola boshlaydi. Qo‘liga tayoqni olib Tangriqulga tashlanadi. Voqeaning bunday tus olishini kutmagan Toshmurod bilan Tangriqul olishish jarayonida uni pichoqlab qo‘yadi. Ular pulni oladilar va Toshmurod otasini shu ahvolida tashlab, qahvaxonaga shoshiladi.

Ana shunday sahnani va kechayotgan voqealarni ko‘rgan tomoshabin farzandi tomonidan o‘ldirilgan boyning ahvoliga achinmaydi, balki bu voqeaning sababchisi uning o‘zi ekanini anglab etadi.

Sahna asarida bir to‘da boyvachchalar, qahvaxona xo‘jayini Artur va Lizaning o‘ta past, tuban kimsalar ekani yorqin ochib berilgan. Ana shunday jazavaga tushgan to‘da polisiya tomonidan qo‘lga olinadi.

Asar muallifi Mahmudxo‘ja Behbudiy va spektakl ijodkorlari o‘sha davrning bir qator katta muammolarini ko‘tarib chiqqanlar. Shulardan biri Turkistonni mustamlakaga aylantirganlar ta’sirida yomon illatlar ham kirib kelgani ko‘rsatib berilgan.

O‘sha davr matbuotiga asoslangan holda to‘la ishonch bilan aytamizki, spektakl juda katta muvaffaqiyat qozondi. “Oyina” jurnalining 1914 yil 22 mart sonida Fuzoil Joniboyevning “Toshkentda milliy teatr” nomli maqolasi e’lon qilinadi. Unda aktyorlar o‘z rollarini muvaffaqiyatli ijro etganlari, ayniqsa, A.Avloniy ijrosidagi boy obrazi to‘laqonli gavdalantirilgani ta’kidlab o‘tiladi. Shuningdek, “Turkiston viloyati gazetasi” ham spektaklga munosib baho beradi.

“Padarkush” asari hozirgi kunda ham nafaqat yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi va ma’naviy kamolotiga, balki kattalarning-da dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsata oladigan drama sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Targ‘ibot-tashviqot ishlarida, turli tadbirlarda ushbu asar bilan bog‘liq muhokamalar va munozaralar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Zero, o‘qimagan bolaning holi kelajakda qanday bo‘lishi “Padarkush”da to‘la namoyon bo‘lgan.




Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə