1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə13/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

TASHBEH (O‘XSHATISH)

Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda o‘xshatish deb yuriti­ladi. U shunday san’atki, unda so‘zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o‘zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi.

Adiblar tashbehdan o‘z g‘oyalari, fikr va istaklarini badiiy ta’sirchan ifodalash uchun foydalanishadi.

Tashbehning bir necha qismlari mavjud. Bular o‘xshatil­gan narsa (mushabbah) o‘xshagan narsa (mushabbahbihi), o‘xshatish sababi (vajhi shaboh) hamda o‘xshatish vositasi (holati tashbeh)dan iborat.

O‘xshatishlarning fazilati shundaki, ular ko‘zda tutilgan har qanday fikrning aniqlashishida, shu obrazni to‘liq tasavvur etishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

O‘xshatishlarning yana bir xususiyatini ta’kidlash zarur. Bu ma’lum bir o‘xshatishning turli obrazlarni yoritishda qo‘lla nishidir. Masalan, yilqi (hayvon) obrazi qora xalqqa, nodon, bilimsiz, zakovatsiz, ochko‘z va, umuman, yomon xulqli, yaramas odatli kimsaga nisbatan qo‘llanadi. Bo‘ri obrazini esa lashkarboshiga, yov-dushmanga, mard erga, o‘limga ham nisbatan qo‘llanganini ko‘rish mumkin. Lekin ularning ham­masida ham bo‘ri o‘xshatishi aynan bir xil ma’noda kelmaydi.

Atoyining quyidagi misralarida ham tashbehning go‘zal namunasi yaratilgan:

Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur,

G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur.

Ko‘rinib turganidek, go‘zal yor (sanam) pariga o‘xshatilmoqda. Xalq tasavvurida pari suv yoqasida (daryo qirg‘og‘ida, ariq bo‘yida) bo‘ladi. Shoir ana shu xalqona tasavvurdan ham ustalik bilan foydalanmoqda.




Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə