1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə15/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

HUSNI TA’LIL

Husni ta’lil fikrni asoslash san’atidir. Ammo bu asoslash real, hayotiy bo‘lmasdan faqat shoirona asoslash bo‘ladi.

Quyosh oydek yuzungning xijlatidin

Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur.

Lutfiy bu o‘rinda yor – ma’shuqa yuzini ta’riflamoqda. Uning yuzi quyoshdan ham, oydan ham go‘zal. Biz oy va quyoshning yerdan tepada – ko‘kda turishini bilamiz, ammo shoir bunga boshqacha izoh bermoqda. Uning nazarida quyosh yor yuzining go‘zalligi tufayli yer yuzidan qochib ketgan va to‘rtinchi ko‘k (osmon)dan makon topgan. Lutfiy yana bir she’rida yozadi:

Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi,

O‘z haddini bilib belidin o‘lturur quyi.

Shoir yorning sochi uzunligini madh etadi, ayni paytda noziklik borasida bel va soch bahsida u (soch) mag‘lub. Shuning uchun ham sochning o‘rni beldan pastda bo‘lishi kerak degan shoirona asos aytilmoqda. Vaholanki, uzun sochning ta­biiy ravishda beldan pastda bo‘lishi hammaga yaxshi ma’lum.

Ibodat chog‘ida boshni yerga qo‘yish odatdagi hol. Ammo shoir uni tamomila boshqacha izohlaydi.

Qutlug‘ oyog‘ing yerga tegibdur, oning uchun,

El yerga qo‘yub bosh, qilur barcha ibodat.

Ko‘rinib turganiday, shoir elning yerga bosh qo‘yib ibo­dat qilishini yorning «qutlug‘ oyog‘i yerga tekkani» bilan asoslamoqda.

Yoki kishilarning qandni suvga solib eritishlari tabiiy holdir. Lutfiy esa uni shunday ta’riflaydi:

Labingdin chun suchuklik qand o‘g‘urlar,

Solurlar el ani suvg‘a yalang‘och.

Choyga qand solish hodisasi aks etayotgan bu tasvir badiiy asosning go‘zalligi bilan e’tiborga molik. Adib nazarida qand shirinlikni labdan «o‘g‘irlab olgan». O‘g‘ri esa jazolanishi kerak. O‘g‘riga beriladigan jazo turlaridan biri uni suvga ki­yimsiz yalang‘och holda kiritishdir. Bu tasvir, albatta, kishida zavq uyg‘otadi.



TAJNIS

Tajnisni «jinos» ham deyishadi. «Tajnis» ning ma’nosi «biror narsa bilan o‘xshash bo‘lmoq»dir. Jinos esa «hamjins» degan ma’noni bildiradi. Atama sifatida u talaffuz va shaklda bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlarni turli ma’nolarda qo‘llashni anglatadi.

Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil,

Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil.

(Xorazmiy)

Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sidan olingan ushbu bayt misralaridagi oxirgi so‘zlar shaklan bir xil. Ammo ular har ikki misrada boshqa-boshqa ma’noni anglatmoqda. Dastlabki «qil» – «ingichka, nozik» ma’nosini bildirsa, keyingisida u «qilmoq» fe’lini anglatadi.

Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob,

Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda.

Bu yerda «tosh» dastlab «bag‘ir» bilan bog‘lanib mehr­sizlikni ifodalasa, keyingi holatda u «ichkari» va «tashqari» ma’nosida kelmoqda.

Lutfiyning quyidagi baytida ham tajnisdan nihoyatda yuk­sak mahorat bilan foydalanilgan:

Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin,

Necha bo‘lg‘ay bu ko‘zim muntazir, och.

Birinchi misradagi «och» – «ko‘rsatmoq» ma’nosini be­radi. Keyingisida esa u «tashna» o‘rnida kelyapti. Shakldosh so‘zlardagi ma’no tovlanishlari baytga o‘zgacha ruh berib turibdi.


Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə