1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə2/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

Savol va topshiriqlar:

  1. Dostondan berilgan parchani ifodali o‘qing, mazmunini o‘zlashtiring.

  2. Matnda Sultonxonning obro‘si qanday ko‘rsatilganini toping. Ularni izohlang.

  3. Sultonxon nima uchun safarga otlandi, safar chog‘ida uning qanday fazilatlari namoyon bo‘ldi. Fikrlaringizni matnga tayangan holda asoslang.


2- Mavzu: “Rustamxon” dostoni. Asarda ifodalangan milliy qadriyatlar va inson ruhiyati tasviri

(Dostondan parcha)

Qadim zamonda Oqtosh viloyatida Sultonxon degan o‘tdi. Sultonxonning uch xotini bor edi, tug‘maydigan aybi bor edi. Necha vaqt Oqtosh mamlakatida podsholik qildi. Yoshi ulg‘ayib soqoli oqarib qoldi.

Huroyim degan o‘rtancha xotini homilador bo‘lib, oydan oy, kundan kun o‘tib, oyi-kuni yaqin yetib kelaberdi.

Sultonxon Huroyim yoriga aytdi: «Dunyoda bir qo‘rqqan yomon, bir quvongan yomon» degan gap bor. Mening qa­riganda ko‘rgan farzandim. Men shu yerda yursam, sen bir kun tug‘ib qo‘yarsan. Men quvonganimdan yuragim yorilib o‘lib qolarman. Qurudum mamlakatiga safar qilayin, oldimga suyunchi deb chiqqan kishiga ayamasdan tanga-tilla berarman, qulog‘idan dunyoga ko‘marman, balki qo‘rg‘onbegi qilarman.

Shunda ketmoqqa ixtiyor qilib, taxti-baxtini kimga top­shirarining hisobini topmay, amalini, davlatini hech kimga ishonmay, hayron bo‘lib, qozikalonlardan so‘radi. Qozikalon­lar turib aytdi: «Gumonaning tufaylidan mamlakatni Huroyimni so‘ramog‘i to‘g‘ri keladi».

Shunda Sultonxon taxt-baxtini Huroyimga topshirib, kar­nay-surnay qo‘ydirib, odamlarni yig‘dirib, jo‘namoq harakati­da bo‘ldi. Huroyim Sultonxonga qarab bir so‘z aytib turgan ekan:


Xonim, eshit menday oyim arzini,

So‘ldirmagin bunda gulday tarzini,

Mergan otar dayrobotning g‘ozini,

Xonim, ongla Huroyimning so‘zini.

El ko‘chirib Olatog‘dan oshirding,

Ulug‘ bilib nechovlarga bosh urding.

Bir necha dushmandan siring yashirding,

Toj-u davlatingni menga topshirding.

Necha yillar surib bu elda davron,

Qurudum deb, xonim, ketib borasan.

Davlatim bor, ponza ro‘mol o‘rayin,

Sarg‘ayib tarzingga, xonim, qarayin.

Kelar mo‘ljalingni, to‘ram, so‘rayin:

Necha vaqtda Oqtosh qaytib kelasan?

Bizga tashlab ketib mamlakatingni,

Obod qilib so‘rab turay yurtingni.

Men bilmayman sening qaytar vaqtingni,

Aytgin, to‘ram, necha vaqtda kelasan?

Sen ketgan so‘ng, men ham xafa bo‘larman,

Ko‘z tutib yo‘lingga qarab yurarman.

Kelar mo‘ljalingni aytsang, xonzoda,

Men yo‘lingga peshvoz chiqib turarman.

Ochilar bahorda, bilsang, gulg‘uncha,

Yurt egasi bo‘ldim o‘zing kelguncha.

Senday xizmat qilar menga ham necha,

Bir kelar mo‘ljaling aytgin, xonzoda.

Bu so‘zni eshitib, Sultonxon dimog‘i chog‘ bo‘lib otlanib, Huroyimga qarab, murtini1 burab, uzangiga oyog‘ini tirab: «O‘n to‘rt yilda kelaman», – deb bir so‘z aytib turgan ekan:

Men ketgan so‘ng uydan chiqib o‘tirma,

Do‘st yig‘latib, dushmaningni kuldirma.

Toj-u davlat, mol-u mulkim topshirdim,

Bir yetar-yetmasga sirim bildirma.

Men qanday so‘rasam, shundayin bo‘lgin,

Oqtoshga ega bo‘p, podsholik qilgin.

Obod qilib, endi yurtimni so‘rab,

Podsho bo‘lib sen Oqtoshda turgin.

Men ketgan so‘ng nodon ko‘ngling bo‘lmagin,

Ko‘p yashagin, ko‘p yilgacha o‘lmagin.

Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin,

Nodonlarman aslo sirdosh bo‘lmagin.

Ayollik qib nodon so‘zlab turmagin,

Toj-u davlatimni senga topshirdim.

Bu so‘zni Sultonxondan eshitib, Huroyim yori Sultonxonga qarab, tag‘i1 bir-ikki og‘iz so‘z aytib turgan ekan:

Tog‘lar-tog‘ning boshini chalgan tuman-a,

Har kim yig‘lab tursa oxir zamon-a,

Bo‘yimda qolgandir biror gumon-a.

Bizlarga topshirsang Oqtosh yurtingni,

Qo‘yib ketgin farzandingning otini,

So‘rab tursa bunda mamlakatini,

Podsho bo‘lib sizday xonning xotini.

Xizmat qilsa bunda necha sipoyi,

Obod bo‘lar sizday xonimning joyi.

Mana eldan o‘zing ketib borasan,

Bolangning otini nima qo‘yasan?

Eshitgin dilbarning aytgan dodini,

O‘zing qo‘ysang farzandingning otini,

Nima deb amr etsang, ani qilarman,

Aytsang, farzandingga otin qo‘yarman,

Shu sababdan ko‘nglingdagin so‘rarman.

Bu so‘zni Huroyimdan eshitib,

Sultonxon bir so‘z aytib turgan ekan:

Sen o‘zingdan gap qolarmi, Huroyim,

Cho‘p-xasdan ko‘pdir qilgan gunohim,

O‘g‘il tug‘sang, otin qo‘ygin Rustamxon,

Qiz tug‘sang, gul yuzli, o‘zing bilasan.

Men ko‘rayin Qurudumning yurtini,

Cho‘li, dashti, necha mamlakatini.

Bu so‘zlarni endi Sultonxon aytti,

Xo‘shlashib Huroyim bunda qolipti,

Sultonxonni kuzatib yo‘lga solipti.

Sultonxon jo‘nadi shahardan chiqib,

Qancha odam mahramlari jam bo‘lib,

Qurudumdek mamlakatni axtarib.

Shunday qilib ketti ko‘rmagan yurtga,

Qamchi bosib haydar cho‘llarda otga,

Gohda tup-tup bo‘lar, gohlarda yakka,

Cho‘llarning to‘zoni chiqib falakka.

To‘p-u to‘pxonaman lashkarin olib,

Borayotir Qurudumni axtarib.

Sayr etib men necha vaqtlar yursam deb,

El-u xalqni shunday qilib ko‘rsam deb,

Oqtoshning yurtiman birga qilsam deb1,

Elni ko‘rib, yurtga katta bo‘lsam deb,

Oqshom yotib, kunduz jo‘nab boradi,

Dunyoning ayshini shunday sursam deb.

Cho‘llarda ostiga mingani tulpor,

Xizmatda olti yuz mahrami tayyor,

Qancha sipoyi ham adadsiz lashkar,

Shavkati olamni bosib boradi.



Sultonxon yo‘l yurib, Qurudum mamlakatini yoqalab, chodir-chaman tikib qo‘ndi. Bu yerlar tevaragidagi ellar, necha qo‘rg‘on so‘rab turgan beklar ilgaridan ham bir-biriga ma’lum. Goh Sultonxonga boj berib, goh bermay qaytib turar edi. Bular Urganch, Xorazm, Xeva beklari, Dinkaman xonlari edi. Bular Sultonxonning kelishini ko‘rib, shunday maslahatda bo‘ldi: «Biz bu podshoning ixtiyoriga goh kirib, goh kirmay qolganimizga, bu adadsiz lashkar, qancha to‘p-u anjomlar bilan yomon niyatda kelgan. Bo‘lak o‘yda kelsa, bunday shavkat bilan chiqmas edi. Bizda bekor odam ko‘p, lash­kar yo‘q. Biz har qaysimiz bitta-bitta qo‘rg‘onning egasimiz. Xalqdan yig‘ilgan to‘sat-to‘sat, dasta-dasta lashkar tarqab ket­ gan. El-u xalq och-yalang‘och, bari tentirab qolgan. Bularni otlantirib, Sultonxonning ustiga bosib bormoq bizning qo‘limizdan kelmas. Ustimizga keldi, endi biz qancha mol-hol olib borib ko‘rmog‘imiz darkor».

Bu mamlakatdagi amaldorlar maslahatni qilib, Sultonxonga borishli-kelishli bo‘lib yotdi.




Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə