1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə6/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

G‘AZALLAR

Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o‘lturur,

G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur.

To magarkim salsabil obina javloni qila,

Keldi jannat ravzasindin obi Kavsar sori hur.

Ul ilikkim suvdin oriqtur, yumas oni suda,

Balki suvni pok bo‘lsun deb iligi birla yur.

Emdi bildim rost ermish, balki ko‘rdim ko‘z bila,

Ulki derlar suv qizi goh-goh ko‘zga ko‘runur.
Atoyi – lirik shoir. U o‘z she’rlarida nozik xayol, sinchkov nigoh, baland did egasi ekanligini namoyish etadi. Go‘zal, esda qoladigan o‘xshatishlar, kutilmagan mubolag‘ali tas­virlar yaratadi. Bir g‘azalida go‘zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyog‘i og‘riydi, «yuzing buncha bo‘yradek dag‘al bo‘lmasa» deb nozlanadi. «Bo‘yra» – qa­mishdan sholchaga o‘xshatib to‘qiladigan bir ashyo. U gilam tagidan to‘shaladi, tom ustiga yopiladi. Yorning oyog‘i shu qadar nozik va go‘zalki, uning oldida oshiqning yuzi bo‘yraga o‘xshaydi. Ikkinchi bir she’rida esa, yorini sog‘ingan oshiqning ko‘zidan yosh emas, daryo oqayotgani, u kipriklaridan sol yasab, shu daryoda suzayotgani manzarasi chiziladi. Shoir yorini ulug‘lovchi, fidoyilikni ko‘rsatuvchi betakror satrlar bitadi. Masalan, «Begim» radifli she’rida u kipriklarini supurgi («jorub»), yuzini xokandoz qilishga tayyor, yor xizmatiga olinsa bo‘lgani. Hatto yor u yoqda tursin, uning farroshli­giga – «qul»likka qabul qilsa ham o‘zini baxtli hisoblaydi. Atoyi yorni mana shunday yuksaklikka ko‘taradi.
Savollar va topshiriqlar:


  1. Atoiyning taxallusi haqida nimlar deya olasiz?

  2. Atoiy qanday shoir?

  3. Atoiyning g`azallaridan yod olin.

  4. Obi kavsar nima?




Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə