1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə5/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

Savol va topshiriqlar:

  1. Mahmud Koshg'ariy tug'ilgan yurt haqida nimalarni bilasiz?

  2. «Devonu lug'ot at-turk» nima uchun qomusiy asar hisobla- nadi?

  3. Mahmud Koshg'ariy turkiy va arab tillarini qiyoslagan o'rinni toping va uni izohlang.

  4. Mahmud Koshg'ariyning buyuk xizmatlari nimalarda deb o'ylaysiz?



4-mavzu: Atoiyning hayoti va ijodi. Atoiy g‘azallari. Tazod va husni ta’lil san’atlari haqida
Reja:

  1. Atoiyning ijodiy merosi

  2. Atoiy ijodida janrlar xilma-xilligi

  3. Atoiy ijodida tuyuq janrining o’rni

Atoiy shaxsiyati haqida ma’lumotlar juda kam. U asli Ahmad Yas­saviylar nasabiga mansub bo‘lgan Ismoil Ota avlodlaridan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Mirzo Ulug‘bek saroyida xizmat qilgan.

Atoyi turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o‘rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Taxallusini mashhur shayx ota-bobolariga ishora qilib, «Ato» («Ota») deb olgan.

Hozirgi Qozog‘istonning Turbat qishlog‘ida unga nisbat berilgan qabr bor.

Navoiy («Majolis un-nafois») Atoyi hayoti va ijodi haqi­da to‘xtalib: «Mavlono Atoyi Balxda bo‘lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O‘z zamonida she’ri atrok (turkiy tilda so‘zlovchilar) orasida ko‘p shuhrat tutti. Bu matla’ aning­durkim:

Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o‘lturur,

G‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo‘lur.

... Mavlono ko‘p turkona (sodda, ravon) aytur erdi...» – deydi. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabada­lari») asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o‘g‘li ekanini aytadi. Atoyi devoni qo‘lyozmasining oxirida «Devoni Shayxzoda Atoyi» degan qayd Atoyining shayxlar oilasidan kelib chiqqaniga qo‘shimcha dalolat bo‘ladi.

Atoyi g‘azallarida muhabbat bilan bir qatorda boshqa hayotiy mavzular ham kuylangan. Atoyi ijodida Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g‘azallaridagi kabi hayot zavqi, uning barcha go‘zalliklari va lazzatlari may timsolida vasf etiladi.

Atoyi lirikasida xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, og‘zaki nutqqa oid so‘zlar ko‘p. G‘azallarini, asosan, aruzning turli bahrlarida yozgan, ular orasida ramalda yozil­ganlari ko‘proq; vazni yengil, misralari qisqa, so‘zlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qo‘shiqlariga aylanib ketgan. Atoyi tajohil ul-orif, laff va nashr kabi o‘ziga xos tasvir vosita va usullaridan ham unumli foydalangan. Shoir ijodi bizgacha to‘la yetib kel­magan. Devonining taxminan XVI asrda ko‘chirilgan, 260 g‘azalni o‘z ichiga olgan qo‘lyozma nusxasi Sankt-Peter­burgda saqlanadi.




Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə