1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə8/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

NAVOIY G‘AZALLARI

«Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur...»

Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur

Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur.

Majmu’i davoni dard qildi,

Dardingki, manga davo bo‘lubtur.

Ishq ichra oning fidosi yuz jon,

Har jonki, sango fido bo‘lubtur.

Begona bo‘lubtur oshnodin,

Begonag‘a oshno bo‘lubtur.

To qildi yuzung havosi jonim,

Yuz sari anga havo bo‘lubtur.

Boqiy topar ulki, bo‘ldi foniy,

Rahravg‘a baqo fano bo‘lubtur.

To tuzdi Navoyi oyati ishq,

Ishq ahli aro navo bo‘lubtur.

– – V / V – V – / V – –



maf’uvlu / mafoilun / faiylun

Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf

Navoiyning qalami ostidan chiqqan so‘z shunchalik ma’no tovlanishlari bilan namoyon bo‘ladiki, ularni o‘qib hayratingiz ortadi, qalbingiz huzur topadi. «Ko‘zung ne balo qaro bo‘lub­tur» deb boshlanadigan g‘azaldagi so‘zlar ham shu xilda: Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur

Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur.

Oddiygina ko‘z tasviriga bag‘ishlangan shu misralarda so‘zlarning jilvasini ko‘rish mumkin. Gap birinchi misrada ko‘zning qoraligi haqida, keyingisida shu qoralikdan ko‘ngil­ga (aniqrog‘i, jonga) tushgan g‘ulg‘ula ustida ketmoqda. «Ne balo», «ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan», «hayrat va taajjub uyg‘otadigan darajada» degan ma’nolarga ega. Keyingi mis­rada «balo» va «qora» so‘zlarining o‘rni almashib qo‘llangan. Shu almashish natijasida esa mutlaqo boshqa – yangi ma’no yuzaga chiqqan. «Qaro balo» balolarning haddi a’losidir. Ko‘rinib turibdiki, birinchi misradagi ikki so‘z keyingi mis­rada o‘rinlari almashingan holda qo‘llanmoqda. Mazkur g‘azal boshdan oyoq shu san’atga tayanadi. Uning nomi tardi aksdir.

Ayni paytda, keyingi «qaro»ning fe’l so‘z turkumiga oid «qara» o‘rnida qo‘llangani ham seziladi (Bunday holatda iy­hom san’ati yuzaga keladi). Bunda u «qaragin», «ko‘rgin» ma’nolarini anglatadi («qaragin, jonga balo bo‘lubdi»).

Majmu’i davoni dard qildi,

Dardingki, manga davo bo‘lubtur.

Bu yerda so‘zlarning o‘rni oddiygina tarzda almashib ke­layotgani yo‘q. Bu almashishlar natijasida yangi so‘z o‘yinlari hosil bo‘lmoqda. Dastlabki misrada «davo» va «dard» so‘zlari shu ketma-ketlikda qo‘llangan edi. Dard qilmoq, qiyinchilik­ka ro‘para kelmoq, qiyinchilikni ro‘para qilmoq ma’nolarini beradi. Bunda muayyan qiyinchilikning kuchayishi nazarda tutiladi. «Dard ustiga dard bo‘ldi», «Dard ustiga chipqon» singari iboralarni ham esga olish mumkin. Ularda shu ma’no yanada kuchaytirilgan holda namoyon bo‘ladi. Keyingi misra­da ularning o‘rni almashgan holda kelmoqda. Garchi shaklan «dard» so‘zi o‘zgarishsiz qo‘llanayotgan bo‘lsa-da, bu yerda u ishq, o‘y, orzu singari ma’nolarni anglatib turibdi.

Ishq ichra oning fidosi yuz jon,

Har jonki, sango fido bo‘lubtur. Navoiy ruboiylari, tuyuqlari, qit’alari

Sargashtaligimda ixtiyorim yo’qtur Mazkur ruboiyni Navoiy qarilik davrida yaratgan. Ishqiy mavzudagi bu ruboiy mazmuni va ohangidagi shiddat uning o'tli dard va iztirobning kuchli bir zarbi bilan bitilganidan dalolat beradi:

Andin berikim, qoshimda yorim yo'qtur,

Hijronida juz nolayi zorim yo'qtur.

Dasht uzra quyun kibi qarorim yo'qtur,

Sargashtaligimda ixtiyorim yo'qtur.

Ruboiy mazmuniga uning qarilik lirikasiga mansubligini nazarda tutib yondashsak, u ulug' shoirning yorsizlik zahmatidan umrbod “nolayi zor” chekib o'tganligi guvohidir. Ruboiyda «quyun» obrazi bor. Quyun deb atalmish katta uyurmali shamol «dasht uzra» yeru ko’kka dahshat solib izg’iydi. Undan biror-bir maqsad, muddao izlash befoyda. Chunki u — sargashta va beqaror. Umri hijronda o’tgan Navoiy o'z ahvolini mana shu quyunga o'xshatib tasvirlaydi.

Bu Ruboiy Navoiy ruboiyotidagi juda ko'p asarlarga hamohangdir. Navoiy g'azaliyotida «Bir iyosiz it bo'lub erdi Navoiy yorsiz, Bo’lmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo» yoki “Beixtiyorlikda bormu manga ixtiyor” kabi misralarni eslash kifoya.

Ruboiy hazaj bahrining hazaji musammani axrabi maqbo'zi solimi azall vaznida yaratilgan:

Maf’uvlu mafoiylun mafoiylun foilun

- - v v-v- v-v- -

Asar Navoiydan keyingi davr adabiyotiga ham ta'sir etgan. Zahiriddin Muhammad Boburning quyidagi ruboiysi buning yorqin dalilidir:

Ko'pdin berikim, yoru diyorim yo'qlur,

Bir lahzavu bir nafas qarorim yo'qtur.

Keldim bu sori o'z ixtiyorim birla,

Lekin borurimda ixtiyorim yo'qtur.

Navoiy ruboiysidagi yordan ayriliq tuyg'ulari Bobur mboiysida 1 slioir kechinmalaridan kelib chiqqan holda diyordan ayriliq alami bilan uyg'unlashgan. Bobur o'z ruboiysini olis Afg'oniston yo Hindistonga borib qolganida ona-Vatanni qo'msab, Navoiy ruboiysini eslab, lining turtkisi bilan yozgan bo'lsa, ajab emas.

Imkondan ortiq muhabbat madhi. Hayotga, insonga muhabbat, umrni g’animat bilib qadrlash g'oyalari ufurib turgan bu ruboiy Navoiyning qarilik ruboiyotiga mansub. U yuksak san'atkorlik bilan yaratilgan asardir:

Jondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,

Sondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.

Har neniki sevmak ondin ortuq bo'lmas,

Ondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.

Ruboiyning bu qadar go'zal va ta'sirchan chiqishiga radif, qofiya, tarse, tadrij kabi badiiy san'atlar omil bo'lganki, ularning sharhi orqaligina ruboiy mazmunini to'g'ri izohlash mumkin. Navoiy ruboiydek mo'jaz lirik asarda olti so'zli — «seni ko'p sevarmen, ey umri aziz» radifini qo'llagan. Jami yetti so'zdan iborat misraning olti so'zini radifga olish badiiyatda kamdan-kam uchraydigan hodisa. Intonatsion butunlik va musiqiy ohangdorlikni ta'minlovchi radifning teng yarmi «ey umri aziz» undalmasidan iborat bo'lishi esa tavsif ob'yekti — umrga, insonga nisbatan ehtirosli, umidvor murojaat hamda ilinj, e'tiqod mavzularini kuchaytiradi. San'atkorlik shunda ham ko'rinadiki, shoir qofiyalanuvchi misralar boshidagi birgina so'zni o'zgartiradi, xolos. Qolgan so'zlar radifligicha saqlanadi. Ammo badiiy mazmun rivojlanaveradi. Buning ustiga, misralar avvalidagi o'zgaruvchi so'zlar ham jo'n emas. Ular «jondin», «sondin», «ondin» singari o'zaro qofiyalanuvchi so'zlardan iborat bo'lib, buning o'zi bir san'at. To'rtlikdagi uch misra birinchi so'zlarining o'zaro qofiyalanishi va misralarning so'nggi qismlari ham ohangdosh so'zlar tizmasidan tuzilganligi tarse san'atini yuzaga chiqargan.

Misralardagi asosiy so'zlarning mazmuni silsilaviy rivojlanishiga imkon beradigan tarzda joylashtirilishi tadrij san’atini ham vujudga keltiradi. Natijada, hayotga, insonga muhabbatning misrama-misra, darajama-daraja kuchayib boruvchi tasviri paydo bo'lgan: ilk misrada shoir yorining aziz umrini jondan-da ko'proq sevajagini izhoret gan. Lekin birgina jon fido etish bilan qanoatlanmagan, chunki «jon» tushunchasi hayotga, ma'shuqaga muhabbatni ifodalashga ojiz. Shundan so’ng miqdor tushunchasiga murojaat qilinadi. Shoir dunyoda miqdorni ifodalovchi qanchaki son bo'lsa, hayotga, yorga bo’lgan muhabbat o'shandan ham ortiqligini aytadi. Lekin bunday miqdor ham hayotga, bir umr aziz hisoblangan insonga muhabbat salmog'ini ifodalay olmaydi. Nihoyat, shoir umrga bo’lgan muhabbat cheksiz va o'lchovsiz ekanligini anglaydi va ajoyib tarzda bayon etadi: «Ey umri aziz, eng oliy darajada sevish mumkin bo'lgan biror narsa bo'lsaki, boshqa bir narsani undan ortiq darajada sevish mumkin bo'lmasa, men seni o’shandandan ham ortiq, ya'ni imkondan ortiq darajada sevaman».

Ruboiy hazaj bahrining hazaji musammani axrabi maqbo'zi makfufi ahtam vaznida bitilgan:

Mafuluv mafoiylun mafoiylu fa'ul

- - v v - v- v - - v v-

Xullas, bu ruboiy insonni hayotsevarlik ruhida tarbiyalovchi nodir asardir.

NAVOIY TUYUQLARI TAHLILI

Turkiy xalqlar adabiyotining eng ajoyib she'riy shakllaridan biri tuyuq bo'lib, o'zbek adabiyoti tarixida uning yuzlab namunalari yaratilgan. Alisher Navoiy tuyuq yozishning qonun- qoidalarini nazariy jihatdan asoslab bergan hamda amaliyotchi shoir sifatida uning mumtoz namunalarini yaratib qoldirgan.

Navoiy lirik merosidan o'n uchta tuyuq o'rin olgan. Ulug' shoir boshqa janrlarga nisbatan kam tuyuq yozganligining sababi tuyuq yaratishning murakkabligida emas, balki mutafakkir shoir jiddiy va yirik turlarda ko'proq qalam tebratganidadir. Navoiy oz tuyuq yaratganiga qaramay, uning tuyuqlari yuksak badiiy mahorat mahsuii sifatida turkiy tuyuqnavislikning eng sara namunalari hisoblanadi.

Alisher Navoiy adabiyotimiz tarixida tuyuqning birinchi nazariyotchisi sifatida ushbu she'riy shaklning asosiy xususiyatlarini «Mezon ul-avzon»da quyidagicha ko'rsatadi: «Yana turk ulusi, bataxsis chig'atoy xalqi aro shoye' avzondurkim, alar sunidlarin ul vazn bilan yasab, majolisda ayturlar. Birisi tuyug'dirkim, ikki baytqa tnuqarrardur va sa'y qilurlarkim, tajnis aytilg'ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim:

Yorab, ul shahdu shakar yo labmudur,

Yo magar shahdu shakar yolabmudur.

Foilotun foilotun foilun

Jonima payvasta novak otqali,

G'amza o'qin qoshig'a yolabmudur”.

Navoiyning bu so'zlaridan tuyuqning asosiy xususiyatini bilib olamiz. Birinchisi shuki, tuyuq turkiy qavmlar qo'shiq qilib bazmlarda, to'ylarda, yig'inlarda aytadigan vaznlardan birida yaratilarkan. Bu tuyuqning ashulabop va ommafahm she'r turi ekanligini anglatadi. Ikkinchi xususiyati shuki, tuyuq ikki bayt, ya'ni to'rt misradan tashkil toparkan. Uchinchi xususiyat shuki, shoir mahorati yetganicha tajnis usulidan foydalanib tuyuq ay- tishga intiladi. Lekin tuyuq tajnissiz ham yaratiladi. To'rtinchi xususiyat shuki, tuyuq, albatta, ramali musaddasi maqsur vaznida bitiladi. Tuyuqning yana bir asosiy xususiyati borki, u o'z davrida ma'lum va mashhur bo'lgani uchun Navoiy uni aytishnl lozim topmagan. Bu tuyuqning nomi va janr xosiyati tuyg'u bilan bog'liqligidir. Chinakam tuyuq shoir tuyg'ularining tug'yonga kelishi samarasidir. «Tuyuq» — «tuymoq» fe'lidan olingandir. Tuyuq uni o'qigan yoki eshitgan kishilarning tuyg'ulariga ta'sir etadi. Tuyuqning badiiy mazmunini tuygan kishilarning tuyg'u- lari tug'yonga keladi. Tuyuq adabiyot ixlosmandlarida she'rning badiiy nozikliklarini tuya olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Tuyuq ishqiy falsafiy, axloqiy va boshqa mavzularda ham yaratilishi mumkin.

Tuyuqlar tahlilini Navoiy keltirgan namunadan boshlaymiz. Mazkur tuyuq seviklini vasf etishga bag'ishlangan. Tuyuq yolabmudur» tajnisi asosiga qurilgan. «Tajnis» — bir jins, ya’ni shakldagi so'zning turlicha ma'nolar ifodalashi san'atidir. “Yolabmudur” tuyuqning uch misrasida takrorlanib, uch xil ma'no ifodalashga xizmat qilgan. Dastlabki ikki misrada e'tibor yorning lablarini madh etishga qaratilgan. Tuyuqning xos belgilaridan yana biri shuki, unda yengilgina hazil-mutoyiba ruhi sezilib turadi. Lirik qahramon yorning yoqutday lablari haqida o’y surarkan, «tajohuli orifona» — bilib bilmaslikka olish yoxud donishmandlarcha nodonlik izhor etish usuli asosida ish tutib, “Yo rab” deya hayratlanadi: «U — labmikin, shakarmikin, asalmikin?! Yo magarkim, yorim asal bilan shakar yalaganmikin-a?!» Uchinchi, to'rtinchi misralarda e'tibor qosh tasviri va ta'rifiga qaratilgan. Bunda ham mutoyiba tarzidagi taajjublanish bor: «Bu — yorimning qoshlarimikin yoki u turning jonimga uzluksiz o'qlar otish maqsadida noz-karashma oqlarini qoshlariga tizib yoylabdimi?!» Demak, tuyuqda oshiqona bir mazmun mutoyiba tarzida, tajnis usuli asosida ifodalangan. Tajnisga nishon bo'lgan so'z birinchi misrada yalabdimikan», ikkinchi misrada «yalabdimikin», to'rtinchi misrada «yo (y) labdimikin» ma'nolarida mahorat bilan qo'llangan.

Yo qoshingdin nccha bir o'q ko'z tutay,

Otki, o'trusig'a oning ko'z tutay.

Necha ko'rgach o'zga mahvashlar qoshin,

Yangi oy ko'rgan kishidek ko'z tutay.

Ishqiy mazmunda bitilgan bu tuyuqda go'zal yorning qoshi la'rifu tavsif etiladi. Undagi tajnis «ko'ztutmoq» fe'lining ma'no lovlanishlariga asoslangan. Birinchi misrada shoir ma'shuqaga: Sening yoyday qoshlaringdan men tomonga o'qlar otilishini inlizor kutaman», deya murojaat etgan. Bu o'rinda «ko'z tutmoq» lo'li «kutmoq» ma'nosida ishlatilgan. Shu bilan shoir seviklisi unga tomon bir qosh qoqib qiyo boqishiga umidvorligini badiiy ifodalagan. Ikkinchi misrada shoir o'sha fikrni mantiqiy davom ettirib: «Men kutayotgan o'sha o'qlarni ota qolgin, uning qarshisiga ko'zimni tutib bcraqolay, ya'ni sening bir qosh qoqib qiyo boqishingga ko'zlarim sadqa bo'lsin», deya majoziy ma'noda iltijo etmoqda. Bunda «ko'z tutay» fe'li «ko'zni tutib bermoq» ma'nosida qo'llangan. Keyingi misralarda: «Qancliadan-qancha go'zallaming qoshlarini ko'rganimda, xuddi yangi oy ko'rgan kishidek, qo'limni qoshim usliga qo'yib, ko'zimni qo'Iim bilan panalab qarayman», degan mazmun mujassam. Bunda oshiq ma'shuqaga sadoqat izhor etmoqda. Ya'ni: «Ko'zimni boshqa yor nazaridan asrayman» demoqchi. Demak, bu o'rinda «ko'z tutmoq» fe'li yanada o'zgacha ma'no kasb etgan.

Tig'i ishqing yorasidur butmagan,

Dardini ha'r kimga aytib butmagan.

Hajr sahrosidur ohim o'tidan,

Anda gul yoxud giyoh butmagan.

Oldingi tuyuqlar yor go'zalligidan hayratlanib, oshiqona zavq-shavq tuyg'ulari bilan uyg'un bo'lsa, ushbu tuyuq hijron dardi tuyg'usi bilan yo'g'rilgan. Undagi tajnisga «bitmoq» fe'li asos qilib olingan. llgarigi tuyuqlar vasf uslubida bitilgan bo'lsa, bunda izhor uslubi ustuvor. Ya'ni, lirik qahramon dardu holini izhor etmoqda. Tuyuqdan shunday mazmun anglashiladi: «Ey jafokor yor! Dardimni tinglab, ahvolimdan ogoh bo'lsang-chi. Sening muhabbating xanjari qalbimga solgan jarohat hanuzgacha bitmagan — tuzalgani yo'q. Bu jarohat og'rig'i — sevgi dardini har kimga aytaverib, haligacha bitira olmadim — tugatolmadim. Sening ishqing iztirobidan tortgan ohim olovidan shunday hajr sahrosi hosil bo'ldiki, unda gul ham, giyoh ham bitmaydi — unib-o'smaydi». Bu tuyuqda «butmagan» fe'li «tuzalmagan», «tugamagan», «unib-o'smagan» ma'nolarida tajnis qilingan.

Xullas, Alisher Navoiy tuyuq janrining shakliy xususiyatlarini sayqal toptirish bilan birga, badiiyligini ham qiyomiga yetkazgan.

QIT'A, LUG'Z, FARD

Qit'a Sharq lirik she'riyatining kichik janrlaridan bo'lgan qit'a Alisher Navoiy ijodiyotida ham muhim o'rin tutadi. “Xazoyin ul- ninoniy” kulliyotining o'zidayoq 210 ta qit'a mavjud. Shunga shoirning boshqa asarlari tarkibidagi qit'alarni ham qo'shib hisoblasak, ularning soni 300 dan ortadi. Bu qit'alardan yuzlab go’zal namunalar tahsinga sazovordir. Alisher Navoiy qit'alarida, asosan, ijtimoiy, falsafiy-axloqiy mavzular badiiy aks topgan. O’z qit'alarida Navoiy hayotning badiiy tadqiqi asosida zukko hayotbaxsh xulosalar tortiq etadi.

O’z so'z demakning manfaatida va ko'p so’zning mazarratida. Navoiy yigitlik davrining ijodiy mahsuli bo’lmish bu qit’ada etuk aqlu farosat va ma’naviy kamolot nishonlari aks etgan. Qit’a nutq odobi mavzusida. U uch baytdan iborat. Mutaqoribi musammani maqsur vaznida yaratilgan:

Faulun faulun faulun faul

V - - v – v - v - - v -

Qit'aning g'oyaviy mazmuni sarlavhadanoq anglashiladi. U shunchaki sarlavha emas, balki qit'aning uzviy bir qismi. Chunki undagi mazmun qit'ada takrorlanmaydi va aksincha. Sarlavhaning o'zi ikki qarama-qarshi qutbdan iborat. Biri oz so’zlashning foydali, ikkinchisi sergaplikning zararli ekanligidan saboq beradi. Bu pandomuz mazmunning tushunarli va ta’sirchan bo'lishi uchun zid ma'noli so'zlar tanlangan: oz so'z ko'p so'z, manfaat — zarar: Demak, sarlavhada mavzu qo'yiladi va lining badiiy talqini boshlanadi.

Keyingi baytlar sarlavhadagi badiiy mazmunning izchil rivoji sifatida har biri mustaqil va tugal ma'noga ega bo'ladi. Birinchi baytda ham sarlavhadagidek tilni ehtiyot qilish haqida umumiy fikr bayon qilinadi. Ikkinchi, uchinchi baytlar esa mazkur fikrni sharhlash, badiiy asoslash uchun xizmat qiladi.

Bu ikki bayt oz so'zlash fazilatining alohida jihatlarini izohlaydi:

Nazar qilki, o'q og'zi tilsiz uchun,

Qilur tojvarlar bila dastbo's.

Ushbu bayt o'q tilsizligi tufayli tojdorlar bilan qo'lma-qo'l ko'rishish sharafiga muyassarligi asosida, kam gapirish, hatto, iloji bo'lsa, gapirmay ish bitirish ma'qulligidan dalolat beradi:

Necha tojvardur, kesarlar bosh in,

Chu hangomsiz nag'ma tortar xuro's.

So'nggi bu bayt esa faqat kerakli o'rin va fursatda gapirish joizligidan, bemavrid gapirgan kishining tili boshiga yetajagidan kafolat beradi.

Qit'a yaxlitligicha tamsil san'ati asosiga qurilgan. U zamondoshlarimizni tilga e'tibor bilan munosabatda bo'lishga ehorlaydigan ma'naviy-axloqiy ahamiyatga ega.


Lug’z «Lug'z» asli arabcha so'z bo'lib, yashirin ma'noli gapni anglatgan.

Istiloh sifatida «lug'z» Sharq adabiyotidagi lirik janrlardan birining atamasidir. Fors-tojik adabiyotida bu janrga nisbatan «chiston» atamasi qo'llanadi. O'zbek mumtoz adabiyotida esa ikkala ma'nodosh nom «nazmiy topishmoq» ma'nosida baravar ishlatilgan. Alisher Navoiy lirik merosida o'nta lug'z mavjud. Qalam, tanga, igna, miqroz, o'q, anor, bel, yumurtqa, poki, parvona kabi jism va jonivorlarga bag'ishlangan bu lug'zlar dastlab «Badoye ul-bidoya» devoniga joylashtirilgan, keyinchalik esa «Xazoyin ul-maoniy»ning «Badoye ul-vasat» devoniga ayrim juz'iy islohlar bilan ko'chirilgan. «Xazoyin ul-maoniy»da ular «chistonlar» sarlavhasi bilan berilgan.

Janr qonuniyatiga ko'ra, lug'z yozayotgan shoir muayyan narsa yo jonivorning xususiyaUarini shoirona tasvirlaydi, biroq uning nomini pinhon tutadi. Zehni o'tkir she'rxon mutolaa jarayonida tasvirda qaysi narsa nazarda tutilayotganligini qiynalmay ilg'ab oladi. Navoiyning lug'z yaratish mahoratini o'rganish uchun uning birgina anor haqidagi lug'zini tahlil etib ko'raylik.

Sohir tabiat yaratgan mo'jizalardan biri anor bo'lib, jahon adabiyoti tarixi uning tasviriga bag'ishlangan go'zal asarlar ruvohidir. Anorning tashqi va ichki tuzilishi, rangi, mazasi, ttliil'obaxsh xosiyatining o'ziyoq talay manzara she'rlarga asos bo'lgan. Anorning san'atkorona tasviri o'zbek adabiyotida dastlab Alisher Navoiy ijodiyotida ko'zga tashlanadi. «Lug'z» (nazmiy topishmoq) janrida yaratilgan bu tasvir quyidagicha:

Ne mijmardur, to'la axgar, vale ul mijmar andomi

Erur sun' ilgidin gohe musaddas, gah musamman ham.

Chiqar ravzandin axgar dudiyu bu turfakim, oning

O'tig'a dud yo'qtur, mijmarig'a balki ravzan ham.

O'tu mijmar dema, bor ul sadafkim, durlarin oning

Evurdi qong'a davroni musha'bid charxi purfan ham.

Agar bu nav' emas, bas ne uchun barmoq kuchi birla

Bo'shar jismi, oqar qoni, anga majruh o'lub tan ham.

Nechakim tab'i noridur, valekin me'da norig'a

Berur taskin, muning nafin topibmen voqean man ham.

Avvalo, mutolaa jarayonida asar mag'zini chaqishda kalit kabi zarur so'zlarning ma'nosini bilib olaylik: mijmar — mushk- anbar kabi turli xushbo'y narsalar solinib tutatiladigan idish (manqal); axgar — qizarib yonib turgan olov, laxcha cho'g', ravzan — tuynuk, teshik, darcha, musha'bid — nayrangboz, ko'z bog'lovchi; purfan — hiylagar, makkor; sadaf — shunday jismki, uning ichidagi modda vaqt o'tishi bilan gavharga aylanadi.

Asar anorning ichki va tashqi tuzilishi tasviridan boshlanadi. Shoirni anorning mo'jaz manqalsimon ko'rinishi, uning ichida laxcha cho'g'dek yonib turgan donalari hayralga soladi. Bu ajoyib otashdonning goh olti, goh sakkiz qirrali yaratilishi lining hayratini yanada oshiradi. Hayratlanish, taajjublar izhor qilish, lasvir ob'yektini niuayyan jismga o'xshata turib, alhol, bu o'xshatishga shubha bildirish, uni inkor etish hamda yangi tashbch Ijod etish lug'z va chiston janrlari uslubiga xos xususiyatdir. Miuning uchun tashbeh, tajohuli orifona (bilib bilmaslikka olish), ruju' (inkorni inkor etishga monand usul) kabi poetik san'atlar bu janrlar badiiyatini yuzaga chiqarishda xizmat qiladi. Bu asarda ham anorni ichida cho'g' yonib turgan manqalga qiyoslagan shoir go'zal muqoyasasidan qaytadi. Chunki manqalning tutun chiqadigan tuynugi bo'lmog'i lozim. Anor esa shunday tno'jizaki, uning jismida na tuynuk, ichidagi o'tida na tutun bor. Shu sababdan shoir «o'tu mijmar» tashbehidan uzil-kesil voz kechadi va anorni sadafga mengzaydi Balki, shoir anorni sadaf, uning donalarini esa dur va gavhar deya tavsif etganida ham, biz hccli e'tirozsiz tashbehning tabiiyligiga tan bergan bo'lardik. Biroq agar shoir tashbehsozlik bilan cheklanganida, ya'ni anor tasviri vositasida zamin va zamonni qonga evurgan «davroni musha'bid» qiyofasini yaratolmaganida, bu she'r navoiyona asarga aylanmagan bo'lardi. Navoiy «sadaf» tarkibidagi gavharlarning qonga evurilishi manzarasi orqali o'z davri va davr ahlining jafokorligi hamda makriga ishora qiladi. Asarning to'rtinchi bayti anor iste'moliga doir hayotiy bir tafsilni xayolimizda jonlantiradi: odatda anor «bamioq kuchi birla» siqiladi. Shunda uning tanasi eziladi, suvlari qondek oqib tushib, jismi bo'shaydi. Suvi shifo- baxsh ichimlik sifatida tanovul qilinadi. «Barmoq kuchi birla», «bo'shar jismi», «oqar qoni», «anga majruh o'lub tan hani» — bu ritmik bo'laklaming har biri ijtimoiy hayotga xos jabr-zulmni va uning foje oqibatlarini uzviy kuchaytirib ifodalaydi.

Tabobatda anordan me'da vajigar kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Navoiy asarni anorning shifobaxsh xosiyati vasfi bilan tugallaydi. Shoir bu borada shaxsan o'zi ham undan naf topganligini qayd etadi. Demak. bu asar anorning mumtoz tasviridan tashqari, kamida ulug' Navoiyning hayotiga oid birgina ma'lumotni yetkazgani bilan ham bizga qimmatlidir.
Fard «Fard» — arabcha yakka, yagona ma'nolarini bildiruvchi so'z. U bir bayt

hajmida bitiladigan mustaqil adabiy asar janri nomini ifodalovchi istiloh hamdir. Fard atigi ikki misradan iborat bo'lsa-da, unda muayyan mazmun, g'oya ilgari suriladi. Fardda, ko'pincha, badiiy umumlashina, hayotiy tajribadan kelib chiquvchi hukm, xulosa tajassum topadi. Namuna uchun Alisher Navoiy fardlaridan birini quyida keltiramiz:

Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo'q.

Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo'q.

Ushbu fardda juda yuksak va salmoqdor insonparvar g'oyalar ilgari surilgan. Navoiy shu ikki misradayoq Sharq tasavvuf ta'limotining eng ilg'or oqimlaridan biri — javonmardlik sulukining dasturiy qoidalarini qoyilmaqom darajada ifodalab berolgan. Javonmardlik namoyandalari muruwat ahli, futuvvat ahlidirlar. Ularni Navoiy o'z asarlarida «axiy» nomi bilan ham yuritadi. Muruvvat ahli eng olijanob toifa sifatida tasvirlanadi.

Chunonchi, baxil — o'zi ham yemaydi, boshqaga ham bermaydi; xasis - o'zi yeydi, boshqaga bermaydi; saxiy — o'zi ham yeydi, boshqalarga ham beradi; axiy esa — o'zi yemaydi, faqat boshqalarga ulashadi. Futuvvat ahli — fatiy — javonmard esa faqat yaxshilik qiladi, lekin uni aytmaydi, ya'ni minnat qilmaydi.

Fard yozishni ahamiyatsiz mashg'ulot, mayda ish deb qarash o’rinsiz. Jussasi kichik bo'lsa-da, fardni eng dolzarb, salmoqli falsafiy- axloqiy g'oyalarni ifodalashga safarbar etsa bo'ladi. Bu ijodkorning iste'dodi va mahoratiga bog'liq. Fard hajmining ixchamligi shoirdan «ming ma'nini bir nukta bila muxtasar etish”ni (Mashrab) taqozo etadi. Alisher Navoiy yigitlik davridan buyon fard yoza boshlagan va ularni birinchi rasmiy devoni “Badoye ul-bidoya»ga kiritgan. Ulug' shoirning «Favoyid ul- kibar" devonida 86 ta fard mavjud. Aytish mumkinki, Navoiy butun umri mobaynida fard janriga murojaat qilib turgan.

Fard janrining qat'iy shakliy talablari ko'p emasligi uning ijodiy imkoniyatini cheklamagan, aksincha, erkinligini ta’minlagan. Shuning uchun ayrim shaklan murakkab, muqim xususiyatli mumtoz janrlar davr o'tishi bilan adabiy taomildan chiqib ketgan. Fard esa hozirgi zamon ruhi, voqeligi, g'oyalarini ifodalashda faol xizmat qilayotgan barhayot janrdir.

Savollar:


  1. Navoiy tarjimayi holi haqida nimalarni bilasiz?

  2. “Hazoyin ul –maoniy “ asari haqida qanday ma`lumotlarni bilsiz?

  3. Navoiy g`azallaridan yod oling.

  4. Navoiy ruboiylarida qanday mavzu yetakchilik qiladi?

  5. Navoiy qachondan Fardalr yoza boshlagan edi?

  6. Shoirning “Favoyid ul kibar” asari nachta Fard bor?



Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə