1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə10/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

G‘AZALLAR

(Kerak)

O‘zni, kongul, aysh bilan tutmoq kerak,

Bizni unutqonni unutmoq kerak.

Aysh-u tarab gulbunig‘a suv berib,

G‘ussa niholini qurutmoq kerak.

Tiyra turur zuhd damidin kongul,

Ishq o‘ti birla yorutmoq kerak.

Har nimag‘a gam yema, gam ko’p turur,

Aysh bila o‘zni ovutmoq kerak.

Qo‘yma mashaqqat aro, Bobur, kongul,

O‘zni farog‘at bila tutmoq kerak.

(O‘lum uyqusig‘a borib jahondin bo‘ldum osuda...)

O‘lum uyqusig‘a borib jahondin bo‘ldum osuda,

Meni istasangiz, ey do‘stlar, ko’rgaysiz uyquda.

Nekim taqdir bo‘lsa, ul bo‘lur tahqiq bilgaysiz,

Erur jang-u jadal, ranj-u riyozat barcha behuda.

O‘zungni shod tutqil, gam yema dunyo uchun zinhor

Ki, bir dam gam yemakka arzimas dunyoyi farsuda.

Zamona ahli ichra, ey kongul, oyo topilg‘aymu,

Seningdek dard paymo-vu meningdek dard paymuda.

Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye,

Bobur, Magar o‘lsam bu olam ahlidin bo‘lg‘aymen osuda.

(Topmadim)

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,

Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror1 topmadim.

Jonimdek o‘zga jonni dilafgor1 ko’rmadim,

Ko‘nglim kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk2 ko‘ziga toki kongul bo‘ldi mubtalo,

Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo‘y3 etmisham, netay,

Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey kongul,

Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.

Bobur, o‘zingni o‘rgata ko’r, yorsizki, men,

Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.

(Qoldimu?!)

Charxning men ko’rmagan jabr-u jafosi qoldimu?!

Xasta ko‘nglum chekmagan dard-u balosi qoldimu?!

Meni xor etti-yu qildi muddaiyni4 parvarish,

Dahri dunparvar5ning o‘zga muddaosi qoldimu?!

Meni o‘lturdi jafo-yu javr birla ul quyosh,

Emdi turguzmak uchun mehr-u vafosi qoldimu?!

Oshiq o‘lg‘och ko’rdum o‘lumni o‘zumga, ey rafiq6,

O‘zga ko‘nglumning bu olamda harosi7 qoldimu?!

Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,

Tengri uchun de bu olamning safosi8 qoldimu?!

Savollar:



  1. Z.M Bobur qanday oilada tug`ilgan?

  2. Boburning shohlik faoliyati haqida nimalarni bilasiz?

  3. Boburning qanday asarlari bor?

  4. Bobur ijodining mavzu va g`oyalari haqida nimalarni bilasiz?

  5. Boburning ijodiy qirralarini sanang.

  6. Bobur g`azallaridan yod oling.



Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə