1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə27/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Hayot tajribasi. Inson tajribasi va uning boshqaruv faoliyatida namoyon
bo‘lishi ikki asosiy masala orqali tahlil qilinadi. Birinchidan, yuqori bo‘g‘in 
rahbari uchun boshqaruv tajribasi zarur, shuningdek, ulardan hayotiy tajribaga ega
bo‘lish ham talab qilinadi. Ikkinchidan, o‘rta bo‘g‘in rahbarida esa o‘z sohasi 
bo‘yicha kamida uch yillik tajriba bo‘lishi lozim. Bu toifa rahbar tajribasini tahlil
etar ekanmiz, asosiy e‘tibor kasb sohasiga qaratiladi. 


Qobiliyat. Odatda psixologiya fanida qobiliyatning umumiy va maxsus
turlari ko‘rsatiladi. Umumiy qobiliyatlar shaxsning har qanday faoliyatga 
kirishishida muvaffaqiyat uchun imkoniyat yaratsa, maxsus qobiliyat faqat ayrim
yo‘nalishdagi faoliyat turida muvaffaqiyatga erishish uchun asos bo‘ladi. Mana 
shunday umumiy qobiliyat turkumiga inson aqlini, ya‘ni intellektni kiritish
mumkin. Rahbar intellekti qanchalik yuqori bo‘lishi kerak, degan savol, albatta, 
bahsdan xoli emas. Ba‘zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘ta yuqori intellekt yuksak
rahbarlik malakalarini amalga oshirishga xalaqit berar ekan. Shunday deyishning 
asoslaridan biri - qaror qabul qilishda haddan tashqari aql ishlatish bu jarayonni
yanada cho‘zib yuborishi mumkin. Shuning uchun boshqa bir qator tadqiqotchilar, 
rahbarda nazariy aqldan ko‘ra, amaliy aql rivojlangan bo‘lishi kerak, degan
to‘xtamga kelishadi. Yaponiyalik olimlarning kuzatishlaricha, maktab va 
universitetda yuqori baholarda o‘qigan talabalar keyinchalik xizmat davomida
unchalik katta lavozimlarga erisholmaganlar. Tadqiqotchi T. Kono fikricha bunga 
sabab, a‘lochi talabalarning Yaponiya kompaniyalariga xos bo‘lgan guruh tabiatni
o‘zlashtira ololmaganliklaridadir. Aynan tashkilotchilik xislati ko‘pchilik 
menejerlarning lavozimda o‘sishlari uchun asosiy omil bo‘lgan. Intellektning


muvaffaqiyatli boshqaruvga ta‘sir etishida ko‘pgina oraliq omillar mavjuddir.


Ulardan eng asosiylari -boshqaruvga bo‘lgan ishtiyoqning mavjudligi, rahbarlik 
sohasidagi boy tajriba, shuningdek, yuqori bo‘g‘in rahbarlari va xodimlar
o‘rtasidagi ijobiy munosabat nazarda tutiladi.
Yuqori bo‘g‘inga mansub rahbar o‘z boshqaruv faoliyatida muvaffaqiyatga
erishishi uchun anchagina yuksak aqliy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi kerak. Bunday 
salohiyat kutilmagan vaziyatni tahlil etishda, muammoni hal qilish jarayonida bir
necha vazifani parallel ravishda boshqarish zaruratidan kelib chiqadi. Masalan, 
tashkilotchilik, masalaga oid yechimni taklif etish, tashkilot va guruh manfaatlari
haqida g‘amxo‘rlik va h.k. 
Lavozim talablari turli bo‘g‘in rahbarlari uchun turlicha aqliy salohiyat
zarurligini ta‘kidlaydi. Yuqori bo‘g‘in rahbarlari aniq ifodalangan ijtimoiy 
intellektga ega bo‘lishlari shart. Ular tashabbuskor, muloqotga boy, yuksak siyosiy
va ijtimoiy mavqyega ega, ishga aloqadar tanish-bilishlari ko‘p, intuisiyasi 
rivojlangan va tashkilot faoliyatining qayerga yo‘nalishini tezda payqab olishlari
kerak.

Har qanday tashkilotdagi asosiy og‘irlikni o‘ziga oluvchi o‘rta bo‘g‘in


rahbarlarida esa maxsus qobiliyat ko‘proq rivojlangan bo‘lishi lozim. Ular ishga 
diqqat-e‘tiborli, mas‘uliyatli, katta hajmdagi miqdoriy va sifat ma‘lumotlarini tahlil
etish qobiliyatiga ega shaxslardir.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə