1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə29/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

2.Samarali rahbar qiyofasi. 
Yuqorida samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shaxs 
xislatlarini keltirib o‘tdik. Bu xislatlarni bilish, rahbar ularni o‘zida shakllantirishga
intilishi, so‘zsiz, uning boshqaruv mahoratini yanada yuqori pog‘onalarga olib 
chiqadi va tashkilotning ko‘zlangan maqsadga yo‘nalishini tezlashtiradi. Lekin,
metodologiya nuqtai nazaridan rahbar shaxsi shunchaki xislat yig‘indisidan iborat 
emas, ayni vaqtda mazkur xislatlarni mujassamlashtirib, uyg‘unlashtirib turuvchi
yanada shiddatli kuchlar borki
ular ishtirokida xislatlarning ma‘lum
kombinasiyasidan iborat rahbar qiyofasi mavjud bo‘lishi mumkin.
Psixologiya fanida ushbu fikr shaxs strukturasi degan ibora orqali o‘z
mazmunini topgan. Hozirga kelib psixologiya fanida shaxs strukturasini 
ifodalovchi turlicha ta‘riflar mavjud bo‘lib, ularning qiyosiy tavsifini keltirishga
hojat yo‘q deb, o‘ylaymiz. Ulardan eng ahamiyatlisi sifatida quyidagi tahlil bayon 
etish mumkin. Shaxsdagi barcha psixologik xislatlar va ijtimoiy sifatlar quyidagi
tizim shaklida tasavvur etilishi mumkin (4.1-rasm):
4.1-rasm.
Tasvirlangan piramidaning tarkibiy qismlarini qatlamlar deb, qabul qilsak, 

yuqorida turgan tarkib o‘zidan pastda joylashgan qatlamlardan shakl topadi.


Demak, ushbu tizimning birinchi pog‘onasida turgan «xatti-harakatlar» deb, 
ataluvchi qatlam birlamchi hisoblanadi va uning asosida shaxsning yanada
yuksakroq tarkibiy sifatlari shakllana boshlaydi. Yuksak pog‘onada turuvchi 
tuzilmalarning sifati va ifodalanishi pastki o‘rindagi qatlamlar sifat mohiyati bilan
bog‘langan.
Shu nuqtai nazardan qaraganda insonda avval pastki qatlamlar (xatti-harakat
va ustanovkalar) shakllanadi, so‘ngra ular qadriyatlarning shakllanishiga asos 

bo‘ladi, qadriyatlar negizida insonning e‘tiqodi shakllanadi va e‘tiqodlar majumasi


inson missiyasi orqali birlashadi.
Endi, shu fikrga asoslangan holda yuqorida tasvirlangan piramidaning
tarkibiy bo‘laklari (qatlamlari) ustida alohida to‘xtalib o‘tamiz.


Missiya – eng oliy maqsad bo‘lib, inson butun umrini shu maqsadga intilish
uchun bag‘ishlaydi. Odatda missiya shakllanishi va inson tomonidan anglanishi
uning yetuk yoshlariga to‘g‘ri keladi. Missiya inson hayotining yo‘nalishini
ifodalaydi. Odatda har bir inson hayotida o‘z missiyasiga ega va hamma gap uni 
erta yoki kech anglanishidadir. Psixologiya fanida katta o‘rin egallagan gumanistik
yo‘nalish e‘tirof etadigan asosiy vazifalardan biri - insonga uning missiyasini 
anglashda yordam berishdan iboratdir.
Mavzuimiz mazmunidan kelib chiqqan holda shuni ta‘kidlash lozimki, har 
bir rahbar o‘z faoliyatini qanday missiya orqali ifodalanishini iloji boricha ertaroq
anglab olishi lozim. Masalan, missiya sifatida o‘z xalqiga xizmat qilish, o‘z 
vatanining ravnaq topishida ishtirok etish yoki butun xatti-harakatini oilasi
farovonligiga bag‘ishlash kabi sharafli burch bo‘lishi mumkin. Albatta, bunday 
iboralar ro‘yxati cheksiz va ular har bir shaxs uchun individualdir. Shaxs o‘z
missiyasini nafaqat 
anglashi,
balki, tashkilot 
umumiy maqsadi
bilan

uyg‘unlashtirishi lozimdir. Missiya o‘z shakliga binoan aniq va ravshan


ifodalanishi, shaxsdan «tashqarida» joylashishi, ya‘ni tashqi muhit ob‘yektlarida 
mujassamlashgan bo‘lishi lozim (masalan, kasbiy yo‘nalish, o‘zgalar manfaati,
xizmat sohasi va h.k.). Missiya o‘z mazmuniga ko‘ra shaxs e‘tiqodlaridan unib 
chiqadi.


Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə