1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


-MAVZU: BOSHQARUV USLUBLARINING PSIXOLOGIK



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə37/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

5-MAVZU: BOSHQARUV USLUBLARINING PSIXOLOGIK 

XUSUSIYATLARI

Reja: 

1.Boshqaruv uslubi ta’rifi. 

2.Rahbarlik uslubiga yondoshuvlar. 

3.Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari. 

4.Boshqarish tamoyillari. 




1.Boshqaruv uslubi ta‟rifi. 
Rahbar va xodim munosabatlari, guruhdagi psixologik muhit, mehnat 
jamoasi faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan rahbar qo‘llaydigan boshqaruv
uslubiga bog‘liq. Boshqaruv uslubi – rahbarning o‘z xodimlariga nisbatan, ular 
orasida ishni tashkil etish bo‘yicha qo‘llaydigan odatiy xatti-harakatlari
majmuasidir. Hozirga kelib boshqaruv fanida boshqaruv uslubini farqlashga turli 
yondoshuvlar mavjud bo‘lib, ularning hech biri boshqaruv vaziyatiga mos keluvchi
mukammal bir uslubni tavsiya etolmaydi. Har bir uslub albatta bironta 
cheklanishga ega. Quyida rahbarlik uslubiga turli yondoshuvlar haqida qisqacha
izoh berib o‘tamiz va bu matndan rahbar o‘z faoliyatida uchraydigan vaziyatdan 
kelib chiqqan holda, muvofiq keluvchi usullar majmuasidan birontasini qo‘llash
haqida xulosa chiqarishi mumkin. Tizimli yondoshuv tamoyiliga asoslanish 
boshqaruv uslubi mavzusiga bir muncha to‘la tahlil berishi mumkin. Bunga
binoan, qo‘llanilayotgan boshqaruv uslubi tashkilot hayoti, uning oldiga qo‘ygan 
maqsad va birlamchi ravishda amalga oshirilayotgan vazifalariga mos kelishi
kerak. Tizimli yondoshuvga binoan rahbar o‘zi boshqarayotgan tizimni yaxshi 
bilishi, uning holatini to‘g‘ri baholashi, kelajakdagi qiyofasini tasavvur eta olishi
hamda o‘zgarishlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlarni faollikka jalb 
eta olishi lozim.
Yuqorida aytib o‘tilganidek rahbarda tug‘ma qobiliyat bo‘ladi deb ham aytib 
bo‘lmaydi, ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib
ketaveradi, deb ham bo‘lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida ko‘plari rahbarlik 
uchun qulay va ma‘quldir. A.V. Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlardan bir
yarim mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, 
albatta bo‘lishi lozim bo‘lgan ayrim sifat, qobiliyatlar borki, ular haqida qisqacha
to‘xtalib o‘tmoq lozim. 
Avvalo, har qanday rahbarda intellekt — aql-zakovatning ma‘lum normasi
bo‘lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o‘rtadan yuqori bo‘lmog‘i maqsadga 
muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega bo‘lgan rahbar bilan ishlash
xodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishini, bunday aql -zakovat 
qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to‘siq bo‘lishini amaliyot va hayot
ko‘rsatdi. Rahbardagi o‘rtadan yuqori intellektni qoplab ketadigan yana boshqa 
muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. 
Chunki, ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yo‘l-yo‘riqlar
ko‘rsata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. 
Chunki mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik
xususiyatdir. 
Rahbarda mustaqillik bo‘lsa, unda o‘ziga ishonch ham bo‘ladi, bu esa o‘z
navbatida rahbardagi sub‘ektiv talablar darajasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. 
Ko‘pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi
rahbar avvalo o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishi kerak. O‘z-o‘zini baholash va 
shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muhim bir
omildir. 
Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo‘lgan hislatlardan yana biri tom


ma‘noda ‗‗ziyoli" bo‘lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo‘lishdir.


Boshliq o‘zidagi madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan bo‘ladigan 
kundalik muloqotlarda namoyon etmog‘i lozim. Muomala madaniyati — bu
o‘rinli, aniq, qiska, samimiy gapirish san‘ati va ikkinchi tomondan,
suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar o‘rtasida kelib
chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni to‘g‘ri 
yo‘sinda gapira olmaslik yotadi. O‘zganing o‘rniga tura olish, uning his-
kechinmalariga sherik bo‘lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-
toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir.
Jamoa faoliyatini va o‘z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun 
muhim bo‘lgan talablardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida o‘z -o‘zini
boshqara olish va boshqalarni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara 
olishni ta‘minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Rejalashtirish — bu
o‘ziga xos kelajakni ko‘ra olish qobiliyati, kelajak obrazi bo‘lib, bu narsa 
shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim
belgisidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u shaxsning o‘z diqqatini 
qanchalik omilkorona tarzda boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olishi,
vaqtdan tez foydalana olish, ortiqcha ishlardan o‘zini
tiyish, qo‘l ostidagilarga, 

imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish buyura olish va nihoyat,


buyurgan ishni o‘z vaqtida nazorat qilib, so‘rab olish imkoniyati bilan bog‘liq. O‘z 
ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan rahbar realistik tafakkurga ega
bo‘lmog‘i, ya‘ni har qanday sharoitlarda ham o‘sha muammo yoki ishga taalluqli 
barcha alternativ variantlardan eng to‘g‘risi va maqsadga muvofiqini tanlay
oladigan, ishni to‘g‘ri tashkil eta bilgan, ya‘ni eng kam kuch va vaqt sarflab ishni 
uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini to‘g‘ri yo‘lga
yo‘naltira oladigan odam bo‘lishi kerak Bundan tashqari, yaxshi rahbar uchun 
oldida turgan ishning har bir alohida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga
oshirishning barcha bosqichlari va vositalarini oldindan ko‘ra bilish qobiliyati ham 
zarur. Shunday taqdirdagina u ishga dadil kirishishi, o‘zgalarni o‘z ortidan
ergashtirishi va ishlab chiqarishda yuksak ko‘rsatkichlarga erishishi mumkin. 
Yuqorida aytib o‘tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki,
psixologik mahoratni talab etgani — odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa 
a‘zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, har bir
a‘zo psixologiyasini va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki 
‗‗o‘zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yo‘lidir", —
deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi 
vositasi — ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar
bilan ishlovchilar jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda 
tayyorlanmoqdalar.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə