1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə38/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

2.Rahbarlik uslubiga yondoshuvlar. 
Zamonaviy boshqaruvga oid fanlarda boshqaruv uslubini turli nuqtai
nazarlarda turib yoritiladi. Quyida ularning qisqacha izohini berib o‘tamiz. 


An‟anaviy yondoshuv. Boshqaruv uslubini farqlashdagi an‘anaviy
yondoshuvlardan biri Kurt Levin tomonidan kiritilgan tipologiyaga asoslanib, 

bunda rahbarlikning avtoritar, demokratik va liberal uslublari farqlanadi. Avtoritar 



uslubda rahbar hamma boshqaruv qarorlarini o‘z qo‘liga oladi, qaror ijrosini qattiq
nazorat ostiga oladi va yo‘l qo‘yilgan xatolar yuzasidan beshafqat jazolash 
shahdini namoyish etadi va xodimga inson sifatida qiziqish bilan qaramaydi.
Bunday sharoitda, doimiy nazoratning mavjudligi iqtisodiy jihatdan yuqori 
ko‘rsatkichni ta‘minlaydi. Lekin, psixologik nuqtai nazardan bunday uslubda qator
kamchiliklar kuzatiladi: 1) xatoga yo‘l qo‘yish ehtimoli oshadi; 2) tashabbusni, 
xodimlarning ijodiy faoliyatini so‘ndirish, ixtirolar joriy etishning sekinlashuvi,
xodimlarning sustligi; 
3) xodimlarning ishdan, jamoadagi mavqyeidan
qoniqmasliklari; 4) nosog‘lom psixologik muhit natijasida jismoniy va ruhiy 
zo‘riqishlar oshishi va sog‘liqka salbiy ta‘siri. Bunday uslub rahbar va xodim
orasidagi kasbiy malakalar farqi kattaligida, qattiq intizom va itoatgo‘ylik zarur 
bo‘lgan sharoitda maqsadga muvofiq va o‘zini oqlashi mumkin (avariya holatlari,
inqirozli, urush sharoitlari va h.k.). Yangi xodimlar ishlaydigan jamoada bunday 
boshqaruv uslubi moslashuv jarayoniga salbiy ta‘sir etadi, yosh xodimda kasbiy
malakalar sekin shakllanadi.


Demokratik uslub, ba‘zan sheriklik, hamkorlikka asoslangan boshqaruv
uslubi ham deb ataladi. Bunday uslub hukm surgan jamoada boshqaruv qarorlari 
xodimlar bilan muhokama qilish orqali, ularning fikri va tashabbusini hisobga
olgan holda qabul qilinadi. Shuningdek, qaror ijrosining nazorati ham rahbar, ham 
xodimlar tomonidan amalga oshiriladi, rahbar xodimga shaxs sifatida qaraydi,
uning ehtiyoj, manfaat va qiziqishlarini inobatga oladi. Boshqaruv pog‘onalarida 
qaror qabul qilish «pastdan tepaga» qarab boradi, ya‘ni avval quyi bo‘g‘in
rahbarlaridan yig‘ilgan fikrlar asosida yuqori bo‘g‘inda qaror ishlab chiqiladi. 
Rahbar jamoadagi norasmiy liderga tayanadi va kezi kelganda uning faolligi uchun
ham imkoniyat yaratadi. Hamkorlik tamoyiliga asoslangan rahbar vazifani 
bajarishning aniq ko‘rsatmasiga nisbatan umumiy yo‘nalishni belgilashni ma‘qul
ko‘radi, hamda xodimning o‘zi ijro etish rejasini ishlab chiqishi uchun imkoniyat 
yaratadi. Demoratik uslub eng samarali boshqaruv vositalaridan hisoblanib, uni
qo‘llashda to‘g‘ri qaror qabul qilish ehtimoli oshadi, mehnat samaradorligi 
ta‘minlanadi, bajarilayotgan ishdan va jamoaga a‘zolikdan qoniqish o‘sadi,
guruhning ahilligi oshib psixologik muhit ijobiylashadi. Bunday jamoada odatda 
mavjud yechimlarga tanqidiy ko‘z bilan qarovchi, xatoliklarni aniqlovchi xodim va
bu xatoliklarni bartaraf etish yo‘llarini taklif etuvchi mutaxassis hamkorligi 
mavjud. Bu tavsiflardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, demokratik
tamoyilga asoslangan jamoalarning ham bir necha darajasi bo‘lishi mumkin. 
Birlamchi darajadagi jamoalar asosan mehnat vazifasini bajarishga yo‘nalgan
bo‘lsa, yuksak pog‘onadagi jamoalar xizmat maqsadidan tashqari shaxslararo 
munosabatlarni ijobiylashtirish bo‘yicha faollikka ham egadirlar. Demokratik
uslubni amalga oshirish rahbarning aqliy, tashkiliy va kommunikativ qobiliyati 
yuqori rivojlangan sharoitda o‘rinlidir.


Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə