bunda rahbarlikning avtoritar, demokratik va liberal uslublari farqlanadi. Avtoritar
uslubda rahbar hamma boshqaruv qarorlarini o‘z qo‘liga oladi, qaror ijrosini qattiq
nazorat ostiga oladi va yo‘l qo‘yilgan xatolar yuzasidan beshafqat jazolash
shahdini namoyish etadi va xodimga inson sifatida qiziqish bilan qaramaydi.
Bunday sharoitda, doimiy nazoratning mavjudligi
iqtisodiy jihatdan yuqori
ko‘rsatkichni ta‘minlaydi. Lekin, psixologik nuqtai nazardan bunday uslubda qator
kamchiliklar kuzatiladi: 1) xatoga yo‘l qo‘yish ehtimoli oshadi; 2) tashabbusni,
xodimlarning ijodiy faoliyatini so‘ndirish, ixtirolar joriy etishning sekinlashuvi,
xodimlarning sustligi;
3)
xodimlarning ishdan, jamoadagi mavqyeidan
qoniqmasliklari; 4) nosog‘lom psixologik muhit natijasida jismoniy va ruhiy
zo‘riqishlar oshishi va sog‘liqka salbiy ta‘siri. Bunday uslub rahbar va xodim
orasidagi kasbiy malakalar farqi kattaligida, qattiq intizom va itoatgo‘ylik
zarur
bo‘lgan sharoitda maqsadga muvofiq va o‘zini oqlashi mumkin (avariya holatlari,
inqirozli, urush sharoitlari va h.k.). Yangi xodimlar ishlaydigan jamoada bunday
boshqaruv uslubi moslashuv jarayoniga salbiy ta‘sir etadi, yosh xodimda kasbiy
malakalar sekin shakllanadi.
Demokratik uslub, ba‘zan sheriklik, hamkorlikka
asoslangan boshqaruv
uslubi ham deb ataladi. Bunday uslub hukm surgan jamoada boshqaruv qarorlari
xodimlar bilan muhokama qilish orqali, ularning fikri va tashabbusini hisobga
olgan holda qabul qilinadi. Shuningdek, qaror ijrosining nazorati ham rahbar, ham
xodimlar
tomonidan amalga oshiriladi, rahbar xodimga shaxs sifatida qaraydi,
uning ehtiyoj, manfaat va qiziqishlarini inobatga oladi. Boshqaruv pog‘onalarida
qaror qabul qilish «pastdan tepaga» qarab boradi, ya‘ni avval quyi bo‘g‘in
rahbarlaridan yig‘ilgan fikrlar asosida yuqori bo‘g‘inda qaror ishlab chiqiladi.
Rahbar jamoadagi norasmiy liderga tayanadi va kezi kelganda uning faolligi uchun
ham imkoniyat yaratadi. Hamkorlik tamoyiliga asoslangan rahbar vazifani
bajarishning aniq ko‘rsatmasiga nisbatan umumiy yo‘nalishni belgilashni ma‘qul
ko‘radi, hamda xodimning o‘zi ijro etish rejasini ishlab chiqishi uchun imkoniyat
yaratadi. Demoratik uslub eng samarali boshqaruv
vositalaridan hisoblanib, uni
qo‘llashda to‘g‘ri qaror qabul qilish ehtimoli oshadi, mehnat samaradorligi
ta‘minlanadi, bajarilayotgan ishdan va jamoaga a‘zolikdan qoniqish o‘sadi,
guruhning ahilligi oshib psixologik muhit ijobiylashadi. Bunday jamoada odatda
mavjud yechimlarga tanqidiy ko‘z bilan qarovchi, xatoliklarni aniqlovchi xodim va
bu xatoliklarni bartaraf etish yo‘llarini taklif etuvchi mutaxassis hamkorligi
mavjud. Bu tavsiflardan kelib
chiqqan holda aytish mumkinki, demokratik
tamoyilga asoslangan jamoalarning ham bir necha darajasi bo‘lishi mumkin.
Birlamchi darajadagi jamoalar asosan mehnat vazifasini bajarishga yo‘nalgan
bo‘lsa, yuksak pog‘onadagi jamoalar xizmat maqsadidan tashqari shaxslararo
munosabatlarni ijobiylashtirish bo‘yicha faollikka ham egadirlar. Demokratik
uslubni amalga oshirish rahbarning aqliy, tashkiliy
va kommunikativ qobiliyati
yuqori rivojlangan sharoitda o‘rinlidir.
Dostları ilə paylaş: