1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə35/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Linda 

Djuell
o‘zining 
«Industrialno-
organizatsionnaya psixologiya» (2017 yil)dagi kitobida ijtimoiy psixologik 
xodisalardan muhimi bo‘lmish liderlik masalasiga o‘zining o‘ziga xos
yondashuvini bayon etgan. U bu muammoni aynan bizning sharoitimizdagi talqini, 
ya‘ni mardlik va jasorat ko‘rsatish uchun ochiq maydonlar yo‘q bo‘lgan sharoitda
liderlik xislatlarining namoyon bo‘lish xususiyatlarini ochishga urinadi. Uning 
fikricha, zamonaviy ishlab chiqarishning samaradorligi eng avvalo xodimlar rolini
oshirib, liderlarnikini aksincha, pastlashtirish, yoki aniqrog‘i, kamaytirish hisobiga 
ro‘y beradi. Shundagina rahbarlikda ortiqcha bo‘g‘inlarni kamaytirish mumkin.
Liderning, ya‘ni amerikaliklar rahbarni lider fenomeni doirasida tasavvur qilishadi, 
vazifasi – guruhning samarali faoliyat ko‘rsatish yo‘llarini belgilab berishdir.
Bu kitobda ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli bo‘lgan 

tushunchadan biri bu – «superlider» tushunchasidir. Superlider kim va qachon


oddiy lider superga aylanadi? Amerikalik tadqiqotchilar Mants va Simslarning 
fikricha, eng yaxshi lider – bu «superliderdir». Bu shunday shaxski, u o‘z
xodimlarining aksariyatini liderlarga, birinchi navbatda o‘zlari uchun liderlarga 
aylantira oladi. Bundagi asosiy g‘oya shundan iboratki, agar odam eng avvalo o‟zi 

uchun lider bo‟la olsa, o‘zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga etkaza
olsagina, bu odam uchun shunday vaqt-saot etib keladiki, jamoa o‘zi mustaqil 
ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo‘lmagan
mexanizmga aylanadi. Bu – superliderlikdir.
Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha bosqichlarda
kechadi (pr. ): 
I–o‘zi uchun lider bo‘lish, ya‘ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o‘zini o‘zi
kuzatish, o‘zini o‘zi rag‘batlantirish , hayoliy repititsiyalar va kognitiv tahlillar 
orqali o‘zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o‘zida boshqalarga o‘rnak
bo‘luvchi sifatlar borligini anglash; 
II – yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o‘zgalarga namoyish
etib, uning afzalliklariga ishontira olish; 
III – xodimlariga o‘zlarida tashabbus va o‘ziga ishonchni namoyon etish
uchun sharoit yaratish; 
IV–mustaqil qobilyat egalari bo‘lgan xodimlarni rag‘batlantirish, kerak
bo‘lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish; 
V–o‘z-o‘zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va
ishlarga xadeb aralashaverishdan o‘zini tiyish. 
Demak, samarali boshqaruv – aslida ijtimoiy ta‘sirni amalga oshirishning 

eng namoyishkorona ko‘rinishidir. Shu ma‘noda, liderlik – avval shaxsning


o‘ziga, so‘ngra o‘zgalarga bera oladigan ta‘sirida ko‘rinadigan fazilatlar 
majmuidir, deb ta‘riflanadi.





Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə