1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə32/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

5.Muammoni yecha olmaslik. Ayrim rahbar muammo ustida sifatli,
muntazam va aql-zakovat bilan ishlay olmaydi. U vazifa maqsadini aniqlash, 
ma‘lumot to‘plash, rejalashtirish va nazoratni amalga oshirish malakasiga ega
emas. Natijada hal etilmagan masalalar to‘planadi va rahbarning muammoni hal 
etish imkoniyati cheklanib qoladi.

6.Ijodiy yondoshuvning yetishmasligi. Ixtiroga moyilligi bo‘lmagan rahbar
yangi g‘oyalarni taklif etolmaydi, o‘zgalarda mehnatga bo‘lgan ijodiy yondoshuvni 
uyg‘ota olmaydi. Bunday rahbar tajribadan, jamoa hayotiga yangilik kiritishdan
o‘zini chetga oladi yoki yangiliklar ustidan kuladi. Yuksak ijodiylik to‘siqni 
yengib o‘tishni va qiyinchilikka bardosh berib maqsadga intilishni taqozo etadi.




7.Itoatidagi xodimlarga ta‟sir etolmaslik. Rahbar o‘z qo‘li ostidagi
xodimlarga ta‘sir etishi lozim. Lekin, ayrim rahbar o‘z xodimlariga suyanolmaydi 
va buning o‘rniga ular haqida salbiy fikrda yuradi. Bunday rahbar o‘z intilishida
muntazam emas, atrofdagilar bilan yaqin muloqotga kirishmaydi va o‘z ichki 
dunyosini yaxshi ifoda etolmaydi.

8.Boshqaruv faoliyati xususiyatini yaxshi bilmaslik. Boshqaruv faoliyati
samarasi haqida ma‘lumotga ega bo‘lmas ekan, rahbar o‘z malakasini shakllantira 
olmaydi. Boshqaruvga o‘z yondoshuvini tahlil etolmaydigan rahbar fikr va
topshirig‘ini ham xodimga tushuntirishi qiyin. Bunday rahbar xodimlari u haqda 
nima deb o‘ylashi bilan qiziqmaydi, o‘z xodimlarini tashabbusga chaqirishi
mushkul, ayniqsa topshiriqlar berishga qiynaladi.


9.Boshqaruv malakasining sustligi. Tashkilotdagi xodim va rusurslarni
boshqarish uchun ko‘pgina ko‘nikmalar zarur bo‘lib, ularni rahbarlik qobiliyatlari 
deyish ham mumkin. Boshqaruv sust bo‘lgan jamoada vaqtni behuda o‘tkazish,
xodimlarning o‘z imkoniyati darajasida ishlamasligi, mehnatdan qoniqmaslik kabi 
holatlar kuzatiladi. Bunday guruhda rol taqsimoti sust, mehnatni tashkil etishda
behudalik ko‘p, o‘zaro munosabatlar esa – qoniqarsiz. Bunday jamoada rahbarning 
mehnati qadrlanmaydi va psixologik muhit sog‘lom emas.


Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə