1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə28/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Shaxsiy xislatlar. Yuqorida
aytib o‘tilgan umumiy qobiliyatlar, 
muvaffaqiyatli boshqaruvni ta‘minlovchi zarur shaxs xislatlarini aniqlash, va ularni
rahbarlikda rivojlantirish masalasini dolzarb qilib qo‘yadi. Natijada nafaqat mazkur 
xislatlarni aniqlash, balki bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni tashkil etish bo‘yicha bir
qator vazifalarni hal etishni talab qiladi. Bu borada amaliy faoliyat olib boruvchi 
tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, rahbarlarni baholash kadrlar bilan ishlash
masalasining eng nozik qismiga aylangan. Ma‘lumki, rahbarlikka oid shaxs 
xislatlarini aniqlovchi bir qancha psixologik metodlar mavjud bo‘lib, ularni
muvaffaqiyatli qo‘llay olish bir tomondan tadqiqotchi malakasiga kelib taqalsa, 
ikkinchi tomondan ushbu metodikalarning ishchanligi va olingan ma‘lumotlarning
haqqoniyligi masalasi turadi.
Masalan, g‘arbda ishlab chiqilgan test va so‘rovnomalarni mahalliy
hududimizga, mentalitetimizga moslashtirish shu vaqtgacha dolzarb bo‘lib 
kelganiga guvohmiz.
Muvaffaqiyatli rahbarlikka oid shaxs xislatlarini talqin etarkanmiz, shu 
mavzu yuzasidan chet el olimlari tomonidan o‘tkazilgan ba‘zi bir tadqiqot
natijalariga murojaat etamiz. Amerika va Yaponiyalik 1500 menejerlarni o‘rganish 
asosida samarali rahbarlikka oid quyidagi xislatlar ajratib ko‘rsatiladi:
 strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi;
 ishchilarni, mehnat resurslarini taqsimlash bo‘yicha maqbul va o‘z vaqtida
qaror qabul qilish; 
 faoliyat doirasini kengaytirish yoki yuksak tartibda mehnat qilish evaziga
o‘z mas‘uliyatini oshirishga intilish; 
 xavfli sharoitda ijodiy va rasional qaror qabul qila olish;
 o‘z kuchiga cheksiz ishonch; 

 o‘z huquqlarini anglash va mas‘uliyatni his qilish;


 kezi kelganda qurbon berishga ham tayyor turish;
 muloqot malakalarini mukammallashtirishga intilish;
 murakkab va inqirozli vaziyatdagi jarayonlarni tahlil etish va intuitiv 
tarzda bashorat qila olish;
 mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarash va unga butun kuch-g‘ayratni 
safarbar etish;
 aybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilish, tavakkaldan 
qo‘rqmaydigan va mustaqil fikrdagi xodimlar bilan ishlash xohishi;
 amalga oshirilayotgan g‘oya va natijalarni ishlab chiqarishga, joriy etishga 
xuddi shaxsiy mulkdek qarash.
Yaponiyalik va Amerikalik menejerlarni qiyosiy o‘rganish natijasida olingan 
xulosalar shundan iborat bo‘ldiki, yapon menejerlari o‘z boshqaruv faoliyatida
ijtimoiy psixologik jihatlarga ko‘proq e‘tibor berishar ekan va jamoa faoliyatini 
tashkil etish qobiliyati yetakchi o‘rinda turar ekan.Amerikalik menejerlar esa
xodimlarda yakka tartibdagi tashabbusni ko‘proq rag‘batlantirishar ekan. 
Ma‘lumki, boshqaruvning ko‘p sohalarida muvaffaqiyatli rahbarlik
faoliyatini ta‘minlovchi shaxs xislatlarini aniqlashga doir ko‘plab tadqiqotlar olib 
borilgan. Jumladan, o‘tgan asrning 50 yillarida, har qanday sohada uddaburro
rahbar bo‘la olishlikka tegishli xislatlar mavzuida yuzdan ortiq tadqiqotlar 
o‘tkazildi. Natijada, boshqaruvni mukammal ijro etuvchi hamma rahbarlarga xos
fazilatlar umumlashtirilganda, atigi 5% xislat ko‘zga tashlandi. Bular quyidagicha: 
 aql-idrok, murakkab va mavhum muammolarni yechish qobiliyati
o‘rtadan baland, ammo juda yuqori bo‘lmasligi shart;
 tashabbus, harakatga ehtiyojni anglash va shunga taalluqli saloxiyatga
egalik;

 o‘ziga ishonch, o‘z mahoratini va intilishlarini yuksak baholash.


Lekin ko‘p tadqiqotchilar diqqat-e‘tiborlaridagi asosiy xususiyatlardan biri - 
rahbar shaxsiga xos dominantlik (ustunlik)ka intilishdir. Aynan shu sifat
rahbarning tashabbusni o‘z qo‘liga, guruhga yetakchilik qilishiga va murakkab 
vaziyatda mas‘uliyatni o‘z bo‘yniga olishiga zamin yaratadi. Shu munosabat bilan
tadqiqotchi R. Stogdill qalamiga mansub «Rahbar qo‘llanmasi»da dominantlik 
boshqaruvga zarur sifatlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Dominantlik so‘zi
bir necha ma‘noni anglatadi. Rahbarlik mavzusidan kelib chiqilsa, o‘zgalarga ta‘sir 
etish degan bir jumla mazmunan hamma gapga asos bo‘ladi. Yuqorida
ta‘kidlangan ma‘nodagi «ta‘sir etish» iborasi hissiyot tufayli o‘zgalarni o‘ziga jalb 
eta bilish, o‘zaro munosabat natijasida o‘ziga nisbatan xayrixohlik hissini
yaratishni anglatadi. Chunki tashkilotning ilg‘or faoliyati uchun rahbar o‘z 
zimmasidagi rasmiy majburiyat va vakolatlar o‘zi yetarli emas.
Boshqaruv sohasidagi mutaxassislar G. Kuns va S.O‘Donnelning fikricha 
«agar xodimlar rahbariyat tomonidan o‘rnatilgan tartib va qoidalargagina rioya etib
mehnat qilganlarida, ular o‘zlarining 60-65% imkoniyatlarini ishlata olar va o‘z 
majburiyatlarini bajarib, shunchaki ishdan bo‘shamasliklariga bahona topar edilar,
xolos. Xodimlarning qobiliyatlaridan to‘la foydalanish niyatidagi rahbar ularda 
shunga loyiq his tuyg‘uni uyg‘ota olishi lozim». Bu yerda gap rahbarning o‘z


liderlik qobiliyatini namoyish eta olishi, xodimlar orasidagi obro‘-e‘tibori haqida


borayapti. Tashkilot doirasidagi norasmiy munosabatlar tizimida peshqadam 
o‘rinni egallagan rahbargina o‘z xodimlari qobiliyatini 100% jamoa ishiga jalb eta
olishi mumkin.
Yuqorida zikr etilgan qo‘llanmada e‘tirof qilingan sifatlardan yana biri,
rahbarning o‘ziga ishonch hissidir. Sir emas, har birimiz rahbar o‘ziga ishongan va 
ishonmagan hollarda nafaqat qanday ish tutishini, hatto o‘zini qanday tutishini ham
ko‘rganmiz. Baxtga qarshi, o‘ziga ishonchi bo‘lmagan rahbar vaziyat o‘zgarishi 
bilan, o‘z qarorini o‘zgartirib turadi.
Bunday rahbar qo‘l ostida ishlaydigan xodimlar o‘z rahbari timsolida 
suyanchiq ko‘rmaydilar, tashkilotda o‘tkazayotgan kunlari vaqtinchalikdek
tuyuladi. Boz ustiga, bunday rahbar o‘zgalar bilan muzokaralar olib borishga ham 
qodir emas. Chunki o‘z shaxsiga va o‘z qobiliyatiga ishonmagan odam o‘zgalarda
ham ishonch uyg‘ota olmaydi.
Peshqadam rahbarga xos fazilatlardan biri – vazminlik va sabru
bardoshlikdir. Rahbar hissiyotini muvozanatlashganligi, uning ichki dunyosiga xos 
qarama-qarshi tuyg‘ularning tug‘yoniga yo‘l qo‘ymaslikda va kayfiyatdagi
sokinlikda ifodalanadi.
Ma‘lumki, rahbar odamlar orasida va ularga xos turli hissiyotlar og‘ushida
yashaydi. Binobarin, atrofdagilarning salbiy yoki ijobiy his-tuyg‘ulari o‘zaro 
kundalik muloqotda tez «yuqish» xususiyatiga ega. Shuning uchun rahbar qaltis va
ziddiyatli vaziyatlarda nafaqat boshqalarning hissiyoti ta‘siriga berilmaslik, balki 
atrofdagilarga o‘z muvozanati va jilovlangan his-tuyg‘usi bilan ta‘sir eta olishi
kerak. Shaxsning bu faziyalati bir tomondan asab tizimining tug‘ma xususiyati 
bilan belgilansa, ikkinchi tomondan orttirilgan hayotiy tajribaga bog‘liqdir.
Asab tizimining mo‘tadilligi uchun rahbar o‘z sog‘ligi haqida qayg‘urishi 
lozim. Mehnat faoliyatini rasional tarzda tashkil etish, ya‘ni mehnatdagi ijobiy
jihatlarga ko‘proq e‘tibor berish, noxush vaziyatlarni donolik bilan bartaraf etish, 
ko‘proq yaqin do‘stlar davrasida bo‘lish, jismoniy tarbiya va foydali
mashg‘ulotlarga ishqibozlik kayfiyatida vaqtni o‘tkazish, har qanday stressga 
qarshi tura olishni kuchaytiradi, shuningdek, organizmning ishchanlik qobiliyatini
qayta tiklashga xizmat qiladi.
Boshqaruv faoliyatini samarali bajarish uchun rahbarga zarur fazilatlardan
yana biri - muvaffaqiyatga intilishdir. Rahbar o‘z oldiga maqsad qo‘ya olishi va 
uni bajarishga urinishi lozim. Umuman olganda, insonga xos intilishni ikki toifaga
bo‘lish mumkin: 
1) muvaffaqiyatga intilish;
2) mag‘lubiyatdan qochish. Biron-bir qiyin va inqirozli vaziyat paydo 
bo‘lganda, ba‘zi birlar mazkur vaziyatni hal etish orqali muvaffaqiyatga erishish
haqida o‘ylasa, boshqa birov esa talofotga uchramaslik g‘amida o‘zini iloji boricha 
«ofat»dan olib qochadi.
Bu bir xil vaziyatga ikki xil yondoshuv bo‘lib, uning egalari turlicha 
xarakterdagi insonlardir. Boshqaruvni samarali olib boruvchi rahbar esa aynan
birinchi toifaga mansub bo‘lgani sababli, u muammolarni tez hal etadi va yanada 
o‘z maqsadi sari oldinga intiladi. Bunday toifa kishisi odatda tavakkalchilikka xam


borishi mumkin. Kezi kelganda u katta maqsadni kichik bo‘laklarga bo‘lib, har bir


kichik maqsad ortida turgan natijani oldindan tasavvur etadi. Biroq, bunday omilni 
hamisha amalga oshirish oson emas. Binobarin, rahbar tavakkalga bora oladigan va
xavf-xatardan qo‘rqmaydigan xarakterga ega bo‘lishi lozim. Mashhur bizesmen va 
menejer Li Yakokkaning ta‘kidlashicha: «Ba‘zida tavakkal ham ma‘qul, lekin yo‘l
qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida tuzatib ketish lozim». 
Maqsadga erishish ishtiyoqi bilan yashaydigan odam doim o‘z faoliyat
natijalari haqida xabardor bo‘lishni istaydi. Mehnat bilan bog‘liq vaziyat esa 
faoliyatidan ma‘lumot olish orqali o‘z hayot mazmunini tahlil etish imkonini
beradi. Aynan shu toifaga mansub shaxslardan birining aytishicha: «Men uchun 
biznes faqatgina boyish vositasi emas, boylik orttirish men uchun hyech qachon
maqsadga aylanmagan. Biznes shuning uchun ham menga rohatbaxshki, u har kun 
cheksiz muammolarni hal qilish maqsadida aql-idrokimni bir nuqtaga jamlashga
undaydi».
Bunday ibora ko‘pgina tadbirkorlarga xos bo‘lib, aniqlanishicha, maqsad
yo‘lida malakasi yorqin biznesmenlar uchun pul degan narsa unchalik katta 
qiymatga ega emasdir.
Samarali boshqaruv uchun yana bir zaruriy xislat – mas‘ullik va vazifani hal 
etishga qaratilgan ishonch. Iqtisodiy va ijtimoiy qalqish paytida o‘z hamkorida
ishonch uyg‘otish, navbatdagi ishga kafolat berish va boz ustiga, uni uddalash 
zamonaviy rahbar uchun muhim fazilatdir. Bu jarayonda rahbarlik tadbirkorlik
faoliyati bilan uyg‘unlashib ketadi va ishonch tushunchasi markaziy o‘ringa 
ko‘tariladi.
Rahbarning, nafaqat, obro‘sini oshiradigan, balki qiyin vaziyatda uni asosiy 
maqsad yo‘lidan yetaklaydigan fazilatlardan biri – mustaqillikdir.
Rahbar o‘z qarashi, mushohada layoqati va shaxsiy nuqtai nazariga egalikka 
intilishi lozim. To‘g‘ri, rahbar o‘z hamkasblariga, shuningdek, maslahatchilariga
quloq tutishi kerak, lekin qaror va uning ijrosi rahbar zimmasiga yuklatiladi. Shu 
bois fikrlash va xatti-harakatdagi mustaqillik samarali boshqaruvning asosiy
omillaridan biridir. Ammo, mustaqillik qaysarlik kayfiyatiga aylanmasligi lozim. 
Buning uchun rahbar hamisha o‘z tashabbusini tashkilot yoki jamoa maqsadlari
bilan uyg‘unlashtirib borishi lozim.
Navbatdagi zaruriy xislatlardan yana biri muloqotga moyillikdir.
Aniqlanishicha, rahbar o‘z kundalik faoliyatining to‘rtdan uch qismini turli-
tuman muloqotga sarflaydi. Muloqotning boshqaruvdagi ahamiyatini ko‘zdan
kechirar ekanmiz, beixtiyor Li Yakokka esdaliklariga duch kelamiz:
«Men avtomobil sohasida bir umr ishlagan odamni bilaman. U oliy
ma‘lumotli bo‘lib, o‘zini boshqarish qobiliyatiga ega, shuningdek, ajoyib strateg va 
o‘z kompaniyasining yirik mutaxassisi edi. Lekin, uni hyech qachon hyech kim
yuqori lavozimga tayinlamagan, chunki u o‘zga bilan muloqotda bo‘lishni bilmas 
edi».


Shunday qilib, rahbar faoliyatidagi samaradorlikni amalga oshiradigan shaxs


xislatlari bilan tanishib o‘tdik. Sir emaski, hyech bir inson ushbu ro‘yxatdagi 
xislatlar bilan birga tug‘ilmaydi. Bularning hammasi insonga ato etilgan layoqat,
shuningdek, 
ijtimoiy-tarixiy
yashash

sharoitlarining


mahsulidir. 
Bunday
xislatlarning rahbar faoliyatida namoyon bo‘lishi, shaxsdan muntazam tartib va o‘z 

ustida ishlashni, doimo o‘z idrokida namuna yaratish va unga taqlid etishni talab


qiladi.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə