1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Samarali boshqaruvga to‟sqinlik qiluvchi shaxs xislatlari



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə31/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

3.Samarali boshqaruvga to‟sqinlik qiluvchi shaxs xislatlari.
Biznes boshqaruvi sohasidagi olimlar M. Vudkok va D. Frensis bir qancha 
menejerlar faoliyatini o‘rganib va quyidagi ichki to‘siqlar menejer faoliyatining
samarasini pasaytiradi, deb hisoblaydilar: 


1.O‟z-o‟zini boshqara olmaslik. Rahbar hayoti hayajon va zo‘riqishlarga
to‘la. Bunday sharoitda xulqda aniq maqsadning yo‘qligi nafaqat jamoa 
faoliyatiga, balki rahbarning sog‘ligiga ham salbiy ta‘sir etadi.

2.Shaxsiy qadriyatlarning shakllanmaganligi. Rahbar doim qaror qabul
qilish vaziyatida bo‘ladi. Vaholanki, qaror samarasi shaxsiy qadriyatlar, kasbiy va 
hayotiy tamoyillarga asoslanadi, ularning shakllanganligi rahbar faoliyatining
mazmunini tashkil etadi. Masalan, zamonaviy boshqaruv samaradorlik, xodim 
imkoniyatlarini ochishga ko‘mak, tashkilotga yangilik olib kirishga moyillik kabi
qadriyatlarga asoslanadi. Mustahkam qadriyat va tamoyillarga asoslanmagan 
rahbar beqarorlik va maqsad yo‘lida irodasizlikni namoyon etadi.

3.Shaxsiy maqsadning aniq ifodalanmaganligi. Zamonaviy rahbar
muhimni nomuhimdan ajrata olishi, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlay 
bilishi kerak. Tashkilot maqsadini chuqur anglash yo‘lidagi birinchi qadam
rahbarning o‘z shaxsiy maqsadlarini yaxshi tushunib yetishidir. O‘z maqsadini 
aniq bilgan rahbargina uning faoliyatiga qo‘yilayotgan talablarni jonu diliga
singdira olishi mumkin. Shaxsiy maqsadning noaniqligi tashkilot manfaati 
yo‘lidagi maqsadlarni ham anglab olishga xalaqit beradi. Aniq maqsadning
yo‘qligi shaxsning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini pasaytiradi va demak, 
bunday rahbar, o‘zgalarning muvaffaqiyatini ham his eta olmaydi.

4.Kamolotga intilishning yo‟qligi. O‘z ustida ishlashdan bosh tortgan
rahbar qaltis vaziyatdan o‘zini olib qochadi, o‘z imkoniyat va qobiliyatini 
rivojlantirish ustida ishlamaydi, tavakkalga bormaydi va eski, odat tusiga kirgan
xatti-harakatlari dorasidan chiqolmaydi. 



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə