1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə24/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Rahbar shaxs xislatlari. Rahbar shaxsi tushunchasini tahlil etar ekanmiz,
unga xos xususiyatlarni uch guruhga bo‘lib o‘rganish taklif qilinadi: 
1.Biografik tavsif
2.Qobiliyat
3.Shaxs xislatlari
Rahbar shaxsining biografik jihatlariga uning yoshi, jinsi, ijtimoiy-iqtisodiy 
mavqyei va ma‘lumoti kiradi.

Rahbar yoshi. Boshqaruv faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning
rahbar yoshiga bog‘liqligi rivojlangan mamlakatlar tadqiqotlariga asoslanadi. 
Aniqlanishicha,
Yaponiya 
qayta
ishlab

chiqarish


yirik

kompaniyalari


rahbarlarining o‘rtacha yoshi 63,5 bo‘lsa, shu toifa amerikalik rahbarlarning yoshi 
59 da ekan. Yaponiya yirik kompaniya rahbarlarini o‘rganishda uchraydigan va
taajjublanarli jihatlardan biri, ularning yoshi ulug‘ligidir. Ba‘zi bir tashkilotlarda 
(masalan, «Soni korporeyshn») kompaniya prezidentining yoshi 65 deb cheklangan
bo‘lsa-da, lekin ko‘pgina avtomobil sohasidagi firma rahbarlarining yoshi 75 va 
undan yuqoriligi ajablanarli hol emas. Umuman olganda, Yaponiyada xodimning
korxonaga bir umr yollanish tajribasi qo‘llanadi. Ma‘lum bo‘lishicha, yuqori 
bo‘g‘in rahbarlarining ko‘pchiligi o‘z tashkilotida 30 yildan ortiq ishlaydi. Bu
sohada o‘tkazilgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, katta yoshli rahbarlar, agar 
ularning sog‘ligi ko‘ngildagiday bo‘lsa, ushbu tashkilot uchun katta tajriba
manbaidir. Rahbarning ulug‘ yoshi haqida gapirar ekanmiz, nafaqat uning biologik 
jihati, balki, ijtimoiy tomoni, hayotiy tajribasini ham nazarda tutishimiz darkor.
Zero, «Qari bilganni pari bilmas», deb xalqimiz bejiz aytishmagan. Biroq, ishlab 
chiqarishga zamonaviy texnologiyaning kirib kelishi, ularni o‘zlashtirishda ma‘lum
mahoratni talab qiladi. Baxtga qarshi, hozirgacha kompyuterda ishlashni 
o‘rganolmayotgan katta yoshli rahbarlarni uchratish qiyin emas. Shu jihatdan
olganda, yosh rahbar ko‘pincha tashkilotga ilg‘or texnologiya va tezkorlik olib 
kiruvchi omil sifatida qabul qilinadi.
Yosh rahbar boshqaradigan tashkilotdagi xodimlarning o‘rtacha yosh 
ko‘rsatkichi ko‘pincha past bo‘ladi. Yoshlik (30-35 yosh atrofida) bu yangilik va
kashfiyotlarga moyillik, ijodiylik, qo‘rqmaslik va o‘zguruvchan muhitga 
moslashuvchanlik bilan ifodalanadi. Afsuski, bunday tashkilotda katta yoshdagi
(40-45 dan yuqori) xodimlarga, hatto, shubha bilan qarashadi. Lekin, 
aniqlanishicha, inson 35-55 yoshlarida o‘z kasbining mohir ustasiga aylanadi, o‘z
sohasidagi bilimni yaxshi egallaydi va ixtirolarni joriy etishga o‘zida ishtiyoq 
sezadi. Shu bilan birga, unda vaziyatni sovuqqonlik bilan tahlil etish, vazminlik
kayfiyati shakllanadi. 
Albatta, hamma yosh rahbar ilg‘or texnologiya tarafdori va shunga moyil
deb aytish qiyin, lekin yoshlarga zamonaviylik xos. Bu esa o‘z navbatida, yosh 
rahbarning zamonaviy va ilg‘or ishlab chiqarish uslublariga murojaat etish
ehtimolini kuchaytiradi. Xalqimizda, yoshi katta bo‘lsa ham ko‘ngli yosh degan 
ibora bor. Demak, zamonaviy rahbar yoshidan qat‘i nazar ilg‘or texnologiyalar
tarafdori, tashkilot miqyosida zamonaviy ishlab chiqarishni joriy etishga qobiliyatli 
bo‘lishi lozim. Bu esa o‘tish davri talabidir.





Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə