1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Tashkilot hayotining xodim motivasiyasiga ta‟siri



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə21/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

5.Tashkilot hayotining xodim motivasiyasiga ta‟siri.
Tashkilotlar o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi, mahsulot ishlab chiqarishda 
yangi ixtirolarga talab oshishi sharoitida xodimlardan iloji boricha faollik va
tashabbus kutiladi. Bunday vaziyatda xodimning ichki motivasiyasini kuchaytirish 
tashkilot oldida turgan vazifalarni hal etishdagi asosiy omildir.
Qator tadqiqotlar asosida tashkilotdagi mavjud turli omillarning xodim 
motivasiyasiga ta‘sirini 107 betdagi chizma ko‘rinishida bayon etish mumkin.
Chizmadan ko‘rinib turganidek tashkilotda qator omillar borki, ular xodim 
motivasiyasini kuchaytiradi. Bular orasida eng ahamiyatlisi xodimni mutaxassis
sifatida tan olish, u bilan maslahatlashish, xodimga o‘z kasbi ustasi maqomida 
unga ishonch bilan qarashdir. Bajarayotgan ishidagi yuqori natijalar xodimning
g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi va faolligini oshiradi. Bu borada xodim qobiliyatiga 
mos vazifa berish va uni muvaffaqiyatli ado etishni ta‘minlash juda muhimdir.


Xodim tomonidan tashkilot maqsadini aniq tasavvur etish va bu maqsadni qabul


qilish kuchli motivasiya omili hisoblanadi.
Ushbu ro‘yxatning pastki qismida xodim motivasiyasiga salbiy ta‘sir etuvchi
omillar o‘zining ta‘sirchanligi bo‘yicha foiz ko‘rsatkichida keltirilgan.
Ular qatoriga – xodimni tanqid qilish va uni tan olmaslik; malakasiz
boshqaruv faoliyati;
-xodimning tashkilot hayotidan bexabarligi;
-haddan tashqari xajmdagi ish bilan ta‘minlash yoki aksincha, ishning 
kamligi tufayli bo‘sh qolishlar;
-vazifani bajarish mobaynidagi muvaffaqiyatsizlik;
-xizmat yuzasidan o‘z majburiyatlarini aniq bilmaslik va maqsadning
yo‘qligi kabi sabablar kirar ekan. 



6.Iqtisodiy xulq psixogigiyenasi. 


Tayanch iboralar: Iqtisodiy xulq, shaxs, psixogigiyena, ijtimoiylashuv,


faoliyat, inson, motivasiya, maqsad, maqsadga muvofiqlik darajalar, Real ―Men‖, 
Ideal ―Men‖, Chidamlilik, Javobgarlik, Id qatlami, Ego qatlami, Superego qatlami.
Mashg‗ulotning maqsadi: Iqtisodiy psixolpgiya fanining zamonaviy sohasi 
bo‘lmish iqtisodiy xulq psixogigiyenasini mazmunan talabalarga o‗qitish, aynan
iqtisodiy ta‘lim berish orqali yosh avlodni ongiga iqtisodiy xulq psixogigiyenasiga 
doir nazariy va amaliy bilimlarni singdirshdan iborat. Ushbu iqtisodiy xulq
psixogigiyenasiga oid bilimlar kelgusida talabalarni to‘g‘ri iqtisodiy faoliyat olib 
borishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy psixolpgiya fanining alohida sohasi bo‘lmish iqtisodiy xulq 
psixogigiyenasi iqtisodiy ta‘lim berish orqali yosh avlodni ongiga singdirilib
boriladi. Bu esa o‘z navbatida talabalarga iqtisodiy muammolarni o‗qitish, 
iqtisodiy tamoyillar bilan o‗quvchilarni tanishtirish, ularda iqtisodiy bilim,
iqtisodiy ko‗nikma va iqtisodiy malakalarni hosil qilishni o‗rgatadi va ularni 
iqtisodiy munosabatlarga kirishlariga zamin yaratadi. Jumladan, iqtisodiyotning
o‗zi makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot, ishlab chiqarish omillari, mulkiy 
munosabatlar, jamg‗arish va iqtisodiy o‗sish, tovar va pul munosabatlari, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga doir bilimlarni o‘zlashtirish hamda 
amalda qo‘llay bilish, moliya va kredit munosabatlari, soliqdorning o‗rni va
ahamiyati, marketing va menejment tushunchalari, nihoyat asosiy hisoblangan 
bozor iqtisodiyoti haqida umumiy va yaxlit tushunchalarni o‗rganadi.
Iqtisodiy xulq psixogigiyenasi va psixoprofilaktikasi deganda, shaxsga 
ko`rsatiladigan psixologik yordamning shunday yo‘nalishini nazarda tutamizki,
uning maqsadi normadagi mehnat sharoitlarida faoliyat ko‘rsatayotgan insonlarga 
noo‘rin ishlar qilib qo‘ymaslik, agar xatti-harakatlarning salbiy ko‘rinishlari yuz
bergan taqdirda uni bartaraf etish, ruhan iztirob chekmaslik vositalari yordamida 
xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi.
«Shaxs» qismi ostidagi komponent. Bandura o‗z o‗zini harakat qildirish 
konsepsiyasini o‗rgandi. O‗zining-tasirchanligi tushunchasi ular maqsadlarga
erishish yo‗lida muvaffaqiyatli bo‗lishi mumkin degan xalq etiqodini anglatadi. 
O‗z o‗zini harakat qildirish bir xil emas. Izzat o‗z qadr-qmmatimizni, bizning
xukmlarini anglatadi, xolbuki, o‗z o‗zini harakat qildirish shaxsiy qobiliyatni 
bizning xukmlari nazarda tutadi. Siz ishonmaydigan narsalaringizga harakat
qilmang. 
XX asr psixologi va filosofi Erix Fromm shaxs tushunchasiga shunday ta‘rif
berganki – shaxsda shunday yaxlit tug‘ma va ortirilgan psixik xususiyatlar borki, u 
individni xarakterlab beradi va qaytarilmasligini ifodalaydi. Shaxs xususiyatlari o‘z
ichiga temperament, qobiliyat, xissiy-irodaviy sifatlar va xarakterni oladi. 
Inson – ijtimoiy mavjudot. U tug‘ilgan kunidan boshlab o‘ziga o‘xshash
insonlar qurshovida bo‘ladi va uning butun ruhiy imkoniyatlari ana shu ijtimoiy 
muhitda namoyon bo‘ladi.
Odam o‘zining birinchi ijtimoiy tajribasini gapirmasdan oldin egallaydi. Bu 
tajriba ijtimoiy ta‘sir natijasida sub‘ektiv ravishda egallanadi va u shaxsning
ajralmas qismidir. 

Ijtimoiylashuv – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot,


faoliyat jarayonida uni faol o‘zlashtirish jarayonidir. 
Ijtimoiylashuv jarayoni birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi
ijtimoiylashuv jarayoniga bilish jarayonini egallashnigina emas, balki undan ko‘ra 
ko‘proq narsani tushunish kerak. Ikkilamchi ijtimoiy jarayoniga mehnat faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgan bilim va tajribalar kiradi. 
Ijtimoiy moslashuv turli faoliyat va muloqot sohalarida insonning samarali
ijtimoiylashuvi natijasi va omili hisoblanadi. Harqanday ijtimoiylashuvi iqtisodiy 
tomondan inson hayotiga ta‘sirchanligi asosida hosil qilinadi. Chunki inson
ehtiyojlarini qondirish mobaynida jamiyat bilan, atirofdagi narsa va hodisalarga 
moslashadi. Ijtimoiy moslashuv jarayonida insonda o‗z individualligini
shakllantirish ehtiyoji paydo bo‗ladi.
Inson uni ifodalash usullari va vositalarini izlaydi. Shunday qilib, ijtimoiy
rivojlanish ikki yo‗nalishda - ijtimoiylashuv (tajriba orttirish) va individuallashuv 
(mustaqillikka erishish) yo‗nalishlarida yuz beradi. Agar bu ikki jarayon o‗rtasida
muvozanat o‗rnatilsa, ya‘ni, bir tomondan, inson mazkur jamiyatda qabul qilingan 
xulq-atvor me‘yorlari va qoidalarini o‗zlashtirsa, boshqa tomondan esa o‗zining
muayyan tuzatishlarini kiritsa, shaxs va jamiyatning o‗zaro boyishi yuz beradi. Bu 
muayyan shaxsiy fazilatlarning shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Inson faoliyati ongli va maqsadga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Faqat 
insongina o‘z oldiga anglangan maqsadni qo‘ya oladi va unga erishish maqsadida
o‘z harakatlarini shu asosda yuzaga keltiradi. Shuni aytish lozimki, ba‘zida inson 
impulsiv (beixtiyor), xatti – harakatni sodir etadi. Faoliyatdan farqli o‘laroq,
impulsiv xatti – harakat bevosita ehtiyojlar va hissiyot bilan idora qilinadi. U 
individning qattiq hayajonga tushushini va maylinigina ifoda etadi va shuning
uchun ham ko‘pincha egoistik va jamiyatga zid xarakterga ega bo‘ladi. Jumladan, 
g‘azabnok yoki to‘xtab bo‘lmaydigan darajada ehtirosga berilgan kishi impulsiv
harakat qiladi. Bu holatda kishi shaxsiy motivining maqsadda ifodalangan ijtimoiy 
mazmuni emas, balki faqat uning shaxsiy motivi anglanilgan bo‘ladi, o‘sha motiv
uning xatti – harakatini yo‘naltiradi. 



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə