1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


3.Xodim yoshi va motivasiyalash xususiyatlari



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə19/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

4

3.Xodim yoshi va motivasiyalash xususiyatlari. 
Tashkilotdagi xodimlarning xohish va ehtiyoji turlicha bo‘lib, ularning jinsi 
va yoshi, ijtimoiy mavqyeidan kelib chiqib u yoki bu tadbirni qo‘llash kifoya,
degan umumiy maslahatni berish juda qiyin. Lekin, shaxsning ishchanlik 
xususiyati ko‘p hollarda ayrim qonuniyatlarga mos kelishi ham mumkin. Masalan,
ba‘zi bir olimlar ta‘kidlashicha inson yigitlik davrida (25-30 yosh) o‘z-o‘zini 
tasdiqlashga intiladi, ilk kattalik davrida (30-45 yosh) lavozimda o‘sishga, yetuk
davrida (45-65 yosh) esa erishgan yutuqlarini saqlab qolish niyatida bo‘ladi. 
Bunday oddiy sxemalar psixologiya fanida mavjud va ayrim paytda ulardan
rag‘batlantirish tizimini shakllantirish maqsadida foydalanish mumkin. 
Xodimlarni nafaqat taqdirlash, balki yo‘l qo‘yilgan xato uchun jazolash ham
kuchli motivasiya omilidir. o‘z vaqtida va adolatli berilgan tanbeh xodimni o‘z 
mehnat natijalarini yaxshilashga undaydi. qanday muhitda tanbeh berish ham katta
ahamiyatga ega. «Agar mehnat intizomini buzsangiz qayerda ogohlantirish olishni 
ma‘qul ko‘rardingiz?» degan savolga berilgan javoblar quyidagicha: 77,4% - o‘z
bo‘limimda (brigadada), 18% sexda, 4,3% ishchilar esa tashkilot miqyosida degan 
javobni tanlashgan. «o‘z mehnat yutuqlaringiz haqidagi tashakkurnomani qayerda
4.Rubinfeld I., Daniel L. Microeconomics. - Copyright 2017, Macmillan Publishing Company, a
division of Macmillan, Inc. –P.-3. 

eshitishni hohlardingiz?» degan savolga olingan javoblar esa quyidagicha


ko‘rinishga ega: 5,4% bo‘limda (brigadada), 39,7% sexda va 54,9% xodimlar esa 
tashkilot miqyosida deb tanlashgan. Ushbu ma‘lumotlar rahbarga tashkilotda
rag‘batlantirish va jazolash uslublarini oqilona tarzda qo‘llay olish uchun 
imkoniyat yaratadi.
Xodim ruhiyatini tashkilot qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish - umumiy 
maqsadni shakllantirishdagi faoliyat ham xodimni yuksak ko‘rsatkichlar bilan
mehnat qilishidagi tadbirlardan biridir.
Bajarilayotgan ishga qiziqish uyg‘otish, mehnatdan qoniqish olish bo‘yicha
harakatlar, bajarilayotgan mehnatning xodim qobiliyatlariga moslashtirish, hamda 
xodimni qaror qabul qilish jarayoniga jalb etish ham uning tashkilot miqyosidagi
faolligini oshiruvchi omildir.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə