1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Biografik jihatlar qatoriga shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei va uning



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə26/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Biografik jihatlar qatoriga shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei va uning 

ma’lumoti darajasini kiritish mumkin. Boshqaruv faoliyatini muvaffaqiyatli
amalga oshirishda mavqye va ma‘lumot ham muhim omil sanaladi. Biznes 
boshqaruvi sohasidagi olim R. Stogdill muallifligidagi «Boshqaruv qo‘llanmasida»
ta‘kidlanishicha, muvaffaqiyatli boshqaruv va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy 
mavqyei o‘rtasidagi bog‘liqlik 94% ga teng hamda ma‘lumoti o‘rtasidagi
bog‘liqlik esa, 88% ga tengdir. Yaponiyalik tadqiqotchi T. Kono ma‘lumotiga 
ko‘ra, oddiy yapon menejeri, albatta, muxandislik mutaxassisligi yoki ijtimoiy
fanlar bo‘yicha universitet diplomiga ega bo‘lishi shart. Ko‘p hollarda menejerlar 
ikki mutaxassislik diplomiga ega bo‘lsa, bir qator yetakchi biznesmenlar va yirik
rahbarlarning biografik tahlili ularning yuqori ma‘lumotga ega ekanliklaridan 
dalolat beradi.
Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqyei rahbarlik faoliyatini bajarishida kuchli 
omil hisoblanadi. Buning ahamiyati ayniqsa, sharq madaniyati misolida yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Hududimizdagi oddiy fuqaro rahbar shaxsida nufuzli, o‘ziga 
to‘q va to‘la-to‘kis insonni ko‘rishni xohlaydi. Rahbar mayda iqtisodiy
muammolarni bemalol hal qila olishi, katta ijtimoiy aloqalarga molik ekanligi bilan 

hamda o‘z aqliy qobiliyati, tajribasi bo‘yicha boshqa xodimlardan ustun turishi


lozim.

Rahbarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqyei dastlabki paytlarda yetakchi rolini


o‘ynaydi. Keyinchalik esa u haqdagi bo‘lgan jamoa tasavvuri rahbarning 
vazifalarni ado etish qobiliyatiga borib taqaladi. Ammo, shaxs shakllangan
muhitning rahbarlikka, shuningdek, oilaviy an‘analarning boshqaruv qobiliyati 
rivojlanishiga ta‘sirini o‘rganish ham o‘ta ahamiyatlidir. Haqiqatan, rahbar oilasida
tug‘ilish, ulg‘ayish davomida ota tajribasini o‘zlashtirish dominantlikka, ya‘ni 
ustunlikka moyillikning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Biznes boshqaruvi
sohasidagi olim F.Fidler ta‘rifi bo‘yicha «kompaniya prezidenti bo‘lishning eng 
ishonchli omili – kompaniyaga egalik qiladigan oilada tug‘ilishdir». Lekin, Li
Yakokka kabi buyuk menejerning biografiyasi tamoman yuqoridagi ta‘rifni inkor 
etadi. Binobarin, bu shaxs ra hbarlikning past qatlamlaridan, uning eng yuqori
cho‘qqilariga ko‘tarildi.
Bir qator mashhur tadbirkorlar o‘tmishini tahlil etish natijasida aniqlandiki,
ularning ko‘pchiligi oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib o‘sishgan.
Darhaqiqat, oilada to‘ng‘ichlik o‘z mavqyeiga ko‘ra ma‘lum mas‘uliyat ham
demakdir. O‘zbek oilalaridagi ko‘pbolalik sharoiti to‘ng‘ich farzandga ota-onaga 
madadkor bo‘lish, kichiklarga rahnamolik qilish va nazoratni o‘z bo‘yniga olishini
taqozo etadi. Bu esa shakllanayotgan shaxsning tashkilotchilik va nazoratga 
bo‘lgan imkoniyatini yanada oshiradi, kelgusi faoliyatida o‘z-o‘zini idora eta olish
qobiliyatini shakllantiradi.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə