1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Itoatidagi xodimlarda mehnat malakasini shakllantira olmaslik



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə33/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

10.Itoatidagi xodimlarda mehnat malakasini shakllantira olmaslik. Har
bir rahbar vaqti-vaqti bilan ustoz sifatida xodimga ish xususiyatini o‘rgatadi. 
Xodimning kasbiy qobiliyatini rivojlantira olmaydigan rahbar, o‘z jamoasi
mehnatini yuksak darajaga olib chiqolmaydi. Bu holda xodim o‘z mehnati natijasi 
haqida rahbardan hyech qanday fikr eshitmaydi, rahbarning bahosi va tavsi yasi
rasmiy tus oladi. 


11.Jamoa tashkil etishdagi sust qobiliyat. Maqsadga erishish uchun
rahbar, xodimlar bilan birlashishi va ularning malakasidan foydalanishi lozim. 
Ishchi guruhi malakali va unumli jamoaga aylanmasa, rahbar mehnati qiyin
kechadi va faoliyati ham unumsiz bo‘ladi. Bunday jamoalarda unumli mehnat 
mexanizmlari shakllanmaydi va nosog‘lom muhit hukm suradi.

4.liderlik va boshqaruv. 
Lider so‘zining izohiga oid. Umuman olganda adabiyotda «lider» so‘zini 
«yetakchi» atamasi bilan almashtirish hollari ko‘p uchraydi.
O‘ylashimizcha, «yetakchi» atamasi «lider»ga xos bo‘lgan psixologik 
tavsifni to‘la ifodalay olmaydi. «Yetakchi» so‘zi guruhga munosabat sifatida,
uning a‘zolariga ta‘sir o‘tkazuvchi va maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan 
ishlatiladi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish
orqali aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin liderga xos bo‘lgan fazilatni 
ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina
tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda liderga xos bo‘lgan asosiy jihatlardan yana biri 
– shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish
zarurati tug‘iladi. Biron-bir muammoli vaziyatda paydo bo‘lgan qiyinchilikni 
bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik va mohirlik liderga xos fazilatlardir.


Muammoni yechish bilan bog‘liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan


o‘zining ilg‘orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, o‘zbek tilida 
aynan shu ikki ibora – «peshqadam» va «yetakchi» so‘zlari majmuasi lider
mohiyatini to‘la ifodalashi mumkin. 
Nazarimizda, «Yetakchi» so‘zi shaxsning guruhni yetaklashga, boshchilik
qilishga bo‘lgan ishtiyoqi mavjudligidan kelib chiqadi. «Peshqadam» iborasi esa 
ma‘lum fazilatlarga ega bo‘lgan shaxs ketidan guruhning ergashishini, jamoaning
o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zi ishongan odam borayotgan yo‘lni tanlashini anglatadi. 
Aynan shu xolat «lider» iborasiga nisbatan ham ishlatilishi zarur. Liderning bu
xususiyati uning hissiy jozibadorligida, o‘zgalarni o‘ziga jalb etish fazilatida 
namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, «lider» so‘zini faqat «yetakchi» atamasi bilan almashtirish 
liderlik holatining psixologik talqinini tor doiraga kiritib qo‘yadi. Ushbu
mulohazadan kelib chiqqan holda qo‘llanmamiz matnida «lider» so‘zidan 
foydalanishni ma‘qul deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, «lider» so‘zidagi izohiy
ma‘noni anglab olish o‘zbek kitobxoni uchun tanish holdir.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə