7.Itoatidagi xodimlarga ta‟sir etolmaslik. Rahbar o‘z qo‘li
ostidagi
xodimlarga ta‘sir etishi lozim. Lekin, ayrim rahbar o‘z xodimlariga suyanolmaydi
va buning o‘rniga ular haqida salbiy fikrda yuradi. Bunday rahbar o‘z intilishida
muntazam emas, atrofdagilar bilan yaqin muloqotga kirishmaydi va o‘z
ichki
dunyosini yaxshi ifoda etolmaydi.
8.Boshqaruv faoliyati xususiyatini yaxshi bilmaslik. Boshqaruv faoliyati
samarasi haqida ma‘lumotga ega bo‘lmas ekan, rahbar o‘z malakasini shakllantira
olmaydi. Boshqaruvga o‘z yondoshuvini tahlil
etolmaydigan rahbar fikr va
topshirig‘ini ham xodimga tushuntirishi qiyin. Bunday rahbar xodimlari u haqda
nima deb o‘ylashi
bilan qiziqmaydi, o‘z xodimlarini tashabbusga chaqirishi
mushkul, ayniqsa topshiriqlar berishga qiynaladi.
9.Boshqaruv malakasining sustligi. Tashkilotdagi
xodim va rusurslarni
boshqarish uchun ko‘pgina ko‘nikmalar zarur bo‘lib, ularni rahbarlik qobiliyatlari
deyish ham mumkin. Boshqaruv sust bo‘lgan jamoada vaqtni behuda o‘tkazish,
xodimlarning o‘z imkoniyati darajasida ishlamasligi, mehnatdan qoniqmaslik kabi
holatlar kuzatiladi. Bunday
guruhda rol taqsimoti sust, mehnatni tashkil etishda
behudalik ko‘p, o‘zaro munosabatlar esa – qoniqarsiz. Bunday jamoada rahbarning
mehnati qadrlanmaydi va psixologik muhit sog‘lom emas.
Dostları ilə paylaş: