1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Boshqaruv jarayonini tashkil etishning psixologik omillari



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə6/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

4.Boshqaruv jarayonini tashkil etishning psixologik omillari. 
Muayyan tashkilotni boshqarish faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, uning turli
sohalaridagi samarali rahbarlik faoliyati turlicha yondoshuv va malakali 
mutaxassislar ishtirokini talab qiladi. Tashkilot miqyosidagi boyliklarni ikki asosiy
guruhga bo‘lgan holda – moddiy va nomoddiy ko‘rinishlarni qayd etishimiz 
mumkin.
Nomoddiy boyliklarga shu tashkilot miqyosidagi nafaqat aqliy salohiyat
balki inson omili bilan bog‘liq bo‘lgan hamma yutuqlar kiradi.
Muayyan tashkilotda faoliyat yurituvchi barcha shaxslar - «personal» 
atamasi bilan nomlanadi. Psixolog olim T.Yu. Bazarov ta‘rifi bo‘yicha
«Tashkilotdagi barcha inson resurslari yig‘indisi - personaldir. Bunga tashkilot 

xodimlari, biron loyihani joriy etishda qatnashuvchi hamkorlar, tadqiqot o‘tkazish


uchun, strategiya ishlab chiqish, biron tadbirni amalga oshirishda qatnashishga 
taklif etilgan ekspertlar ham kiradi».
Tashkilotdagi inson resursi - boshqaruvga oid fanlarning diqqat markazida 
turuvchi mavzu bo‘lib, tashkilotning asosiy maqsadiga qay tarzda erishish aynan
personalni malakali boshqarish bilan bog‘liqdir. Birorta tashkilotning texnologik 
jarayonini boshqarish masalasi - personal boshqaruvidan ajralgan holda tahlil
qilina olmaydi. Shu o‘rinda, mashhur tadbirkor Endryu Karnegining quyidagi 
so‘zlarini eslab o‘tish o‘rinlidir:
«Menga fabrikalarimni qoldirib, xizmatchilarimni olib keting va yaqin orada 
zavodlarim hududida o‘tlar o‘sib ketadi. Fabrikalarimni olib qo‘yib, odamlarimni
qoldiring va yaqin orada avvalgilaridan yaxshiroq, yangi zavodlarni quramiz».
Odatda biror korxonada personalni boshqarishning huquqiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va psixologik jihatlarini farqlash mumkin. Quyida shu jihatlar haqida 
qisqacha ma‘lumot berib o‘tamiz.

Personalni boshqarishning huquqiy jihatlari. Mehnat jarayonida o‘zaro
munosabatga kirishuvchi odamlar ma‘lum qoida, me‘yor doirasida harakat 
qilishadi. Jamiyat uchun ahamiyatli bo‘lgan mehnat munosabati, odatda qonun
orqali mustahkamlanadi. o‘zaro munosabatlarning turli me‘yoriy jihatlari ushbu 
tarmoq, xudud, tashkilot, korxona bo‘limi, alohida xodim darajasida o‘z
xususiyatini topadi. Personal boshqaruvi rahbariga shunday me‘yoriy hujjatlarni 
bilish, ularni amalda qo‘llay olish, ular asosida mustaqil chizgilar ishlab chiqish,
ularni ommaviylashtirish, tashkilot xodimlariga, ularning mazmunini tushuntira 
olish majburiyati yuklanadi.
Har bir tashkilot miqyosida amal qiluvchi me‘yoriy hujjatlarga -kasbga oid 
tavsifnomalar, ushbu tashkilot hayotiga oid ichki tartib-qoidalar, personal haqida
holatlar, tashkilot bo‘limlari haqida Nizom, Mansab yo‘riqnomalari, «Shartnoma» 
kabilar kiradi.
Ushbu me‘yoriy hujjatlar personal bilan ishlovchi menejerlarning nazorat va 
baholash faoliyatini ancha yengillashtiradi hamda xodimlar va guruhlar o‘z-o‘zini
boshqaruvi imkoniyatini yanada oshiradi.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə