1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha


Yuklab jo`natilgan tayyor mahsulotlar hisobi



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə74/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

3. Yuklab jo`natilgan tayyor mahsulotlar hisobi
Korxona ombordan tayyor mahsulotlarni yuklab jo`natish buyruq-nakladnoy hujjati bilan rasmiylashtiriladi, bu hujjatda ikki hujjat mujassamdir: omborga buyruq va mahsulot chiqarishga yuk xati. Bunga asosan schet-faktura yoziladi, unda yuklab jo`natilgan mahsulotning soni va summasi, bu mahsulot uchun olinadigan summa ko`rsatiladi. Yuklab jo`natilgan lekin hali puli to`lanmagan mahsulotlar hisobi 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” schetida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotishda ularning tannarxi 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9130 ’’Bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlarning tannarxi” schetlarning debetida, xarajat hisobi schetlari bilan korrespondentsiyada 2810 “Tayyor mahsulotlar”, 2910 “Tovar” schetlarida aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9110 “Sotilgan mahsulotlarning tannarxi”, 9120 “Sotilgan tovarlarni tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlarning tannarxi” schetlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” scheti bilan yopiladi:
- sotilgan mahsulotlarning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi:
Dt_____ “Sotilgan mahsulotlarning tannarxi”
Kt______ “Tayyor mahsulotlar”
- yuklab jo`natilgan tovarlar haqiqiy tannarxiga, savdoda:
Dt ______ “Sotilgan tovarlarning tannarxi”
Kt ______ “Tovarlar”
- bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmatlar haqiqiy tannarxiga:
Dt ______ “Bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlarning tannarxi”
Kt _____“Asosiy ishlab chiqarish”
- hisobot davri oxirida 9110-9130 schetlari 9910 schetiga yopiladi:
Dt _____ “Yakuniy moliyaviy natija”
Kt_____ “Sotilgan mahsulotlarning tannarxi”
Kt _____ “Bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlarning tannarxi”
4. Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotish hisobi
Sotish jarayoni ikki amalni o`z ichiga oladi. Bir tomondan – bu mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmatlarni xaridorlarga berish jarayoni bo`lsa, ikkinchi tomondan mahsulotlar, ish xizmatlar uchun to`lovni amalga oshirish jarayonidir. Bu jarayonlar bir-biriga vaqt jixatidan to`g`ri kelavermaydi. Korxona sotish jarayonida daromad oladi, buni to`g`ri hisoblash va o`z vaqtida hisobga olish kerak bo`ladi, chunki bundan soliq summasi kelib chiqadi va korxona budjetga to`lashi kerak bo`ladi.
Mahsulotlar (ish va xizmat) sotishdan olingan daromad 2-son BHMS “Asosiy faoliyatdan olingan daromad” bilan tartibga solinadi. Mahsulot, ish va xizmatlar sotish, 9000 “Asosiy (operatsion) faoliyatining daromadlarini hisobga oluvchi schetlar” schetida hisobga olinadi. Bu schetlar guruhida tayyor mahsulot, tovar, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar, shunindek sotilgan tovarlarning qaytishi, sotish va baholardan chegirmalar to`g`risidagi axborotlarni umumlashtiriladi.
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatishdan daromadlar” schetlarining kreditida korxonaning asosiy faoliyati (tayyor mahsulotlar, tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatish)dan daromadlar olinadigan schetlar va pul mablag`larini hisobga oluvchi schetlar bilan bog`langan holda aks ettiriladi, biroq, oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo joriy hisobot davriga tegishli bo`lgan daromad summalari 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” scheti bilan bog`langan holda aks ettiriladi.
Mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatishdan daromadlar” schetlarida sotishdan tushgan sof tushum summasi aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatishdan daromadlar” schetlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” scheti bilan yopiladi.
Boshqa alohida schetlarda asosiy vositalar (9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”) va boshqa aktivlar (9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”)ni sotish natijalari aniqlanadi va hisobga olinadi. Korxonalar o`z mahsulotlariga turli xil kafolatlar berishadi, agar xaridorlarga yuklab jo`natilgan mahsulotlarning sifati talabga javob bermasa, ular mahsulotlarni qaytarib yuborishlari mumkin. Bu holda 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” scheti sotilgan mahsulot va tovarlarning qaytishini hisobga olish uchun mo`ljallangan. Bu schet asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schetlar (9000) guruhiga kontr­passiv schet hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlar sotishdan daromadni kamaytiradi. 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” schetining debetida qaytarilgan tovarlar qiymati, tegishli: pul mablag`larini hisobga oluvchi schetlar bilan – xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan qaytarilgan tovarlarning qiymati; olinadigan schetlar bilan – qaytarilgan tovarlar bo`yicha bekor qilingan debitorlik karzlari summasi; to`lanadigan schetlar bilan – mazkur tovarlar uchun xaridorlar va buyurtmachilardan olingan to`lovlar va bo`naklar bo`yicha vujudga kelgan qarz summasi aks ettiriladi. Bunda ilgari hisoblangan qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i bo`yicha budjetga to`lovlar bo`yicha qarzlarni hisobga oluvchi tegishli schetlarning debeti va pul mablag`larini hisobga oluvchi schetlar, olinadigan schetlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi. Qaytarilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxi TMZlarni hisobga oluvchi tegishli schetlarning debetida va sotilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxini hisobga oluvchi tegishli schetlarning kreditida aks ettiriladi:
Dt _____ “Sotilgan tovarlarning qaytishi”
Kt____ “Hisob-kitob scheti”
- agar xaridorlardan pul mablag`lari olinmagan bo`lsa, qaytarilagan tovarlar bo`yicha bekor qilingan debitorlik qarzlari summasiga:
Dt_____ “Sotilgan tovarlarning qaytarishi”
Kt_____ “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schetlar”
- ilgari hisoblangan qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i summalariga:
Dt _____ “Budjetga to`lovlar bo`yicha qarzlar”
Kt ____yoki 4010
- qaytarilgan mahsulotlar va tovarlar tannarxi summasiga:
Dt _____ “Tayyor mahsulotlar”
Dt _____ “Tovarlar”
Kt _____ “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
Kt _____ “Sotilgan tovarlarning tannarxi”
- hisobot davri oxirida 9040 “Sotilgan tovarlar qaytishi” scheti yopiladi:
Dt ______ “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”
Kt _____ “Sotilgan tovarlarning qaytishi”
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” scheti shartnoma shartlariga muvofiq berilgan sotuv chegirmalari, shuningdek sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larda aniqlangan yaroqsizliklar va hokazolar natijasida berilgan narx chegirmalarni hisobga olish uchun mo`ljallangan. Ushbu schet asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schetlar (9000) guruhiga kontr-passiv schet hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlarni sotishdan, ish bajarishdan va xizmat ko`rsatishdan daromadlarni kamaytiradi. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schetining debetida sotuv va narxlardan berilgan chegirmalarning summasi tegishli olinadigan schetlar bilan bog`langan holda aks ettiriladi. Berilgan chegirmalar summalariga buxgalteriya yozuvi:
Dt 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”
Kt 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”


MISOL. Korxona o`zining mahsulotlarini sotishga shartnoma tuzdi 3000 ming so`m va 15% bo`nak oldi, ya’ni 450 ming so`m. Olingan bo`nak summasiga buxgalteriya o`tkazmasi tuzamiz:
Dt _____ “Hisob-kitob scheti”
Kt____ “Xaridorlardan olingan bo`naklar” 450 ming so`m
- ortib yuborilgan tovarlarga schet-fakturaga asosan o`tkazma:
Dt _____ “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schetlar”
Kt_____ “Tayyor mahsulot sotishdan daromadlar” 3000 ming so`m
- oldindan olingan bo`nak summasiga:
Dt _____ “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo`naklar”
Kt ______ “Xaridorlardan olinadigan schetlar” 450 ming so`m
- xaridorlarning qolgan qarzlari hisob-kitob schetiga olinganda:
Dt _____ “Hisob-kiob scheti”
Kt _______ “Xaridorlardan olinadigan schetlar” 2550 ming so`m

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə