1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə75/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

5. Tovarlarni hisobga olish
Savdo korxonalarida tovarlarni qabul qilishda mol yetkazib beruvchining ilova hujjatlariga savdo korxonasining muhri va moddiy-javobgar shaxsning imzosi bilan rasmiylashtiriladi. Ulgurji savdoda tovarlar hisobi sotib olish baholarida olib boriladi.


MISOL. Mol yetkazib beruvchilardan tovarlar kelib tushdi 20 mln. so`m. Savdo ustamasi 20%, ya’ni 4 mln. so`m, demak sotish bahosi 24 mln. so`m. Schetlarda bu operatsiya quyidagicha taqsimlanadi:
- tovarlarning kelib tushishi:
Dt _____“Ombordagi tovarlar”
Kt _____ “Mol yetkazib beruvchilar” 20 mln. so`m
- tovarlarni sotishda:
Dt _____ “Xaridorlardan olinadigan schetlar”
Kt _____ “Tovarlarni sotishdan daromadlar” 24 mln. so`m
- sotilgan tovarlarni hisobdan chiqarish:
Dt ______ “Sotilgan tovarlarning tannarxi”
Kt _____ “Ombordagi tovarlar” 20 mln. so`m
- hisobot davri oxirida daromad schetining yopilishi:
Dt ______“Tovarlarni sotishdan daromadlar”
Kt ______ “Yakuniy moliyaviy natija” 24 mln. so`m
- hisobot davri oxirida tovarlarning tannarxi schetining yopilishi:
Dt ______ “Yakuniy moliyaviy natija”
Kt ______ “Sotilgan tovarlarning tannarxi” 20 mln. so`m
- moliyaviy natija aniqlanadi va schet yopiladi:
Dt _______ “Yakuniy moliyaviy natija”
Kt______ “Taqsimlanmagan foyda” 4 mln. so`m

Chakana savdo tashkilotlarida, odatda, tovarlar hisobi sotish baholarida olib boriladi, shuning uchun savdo ustamasi 2810 “Savdo ustamasi” schetining kreditida ko`rsatilgan.


Chakana savdoda tovarlarni sotish hisobi. Chakana savdoda sotilgan tovarlarning tannarxini aniqlash o`ziga xos xususiyatlarga ega. Chakana savdo asosan xalqqa tovarlarni sotish bilan shug`ullanib, sotilgan tovarlarning haqiqiy tannarxini aniqlash qiyin bo`ladi, ayniqsa bu hol mayda tovarlar sotadigan do`konlarda uchraydi. Shuning uchun chakana savdoda tovarlarning kelib tushishi “Tovarlar” schetining debetida sotish qiymatida hisobga olinadi. Ustama hisobi uchun kontraktiv “Savdo ustamasi” schetidan foydalaniladi, bu schetning kreditida kelib tushgan tovarlarning ustama qiymati aks ettiriladi. Sotilgan tovarlarga savdo ustamasi summasi o`rtacha foiz bo`yicha quyidagi formula orqali aniqlanadi:


Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə