1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha


KORXONANING FONDLARI VA MOLIYAVIY NATIJALARI HISOBI



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə78/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

KORXONANING FONDLARI VA MOLIYAVIY NATIJALARI HISOBI

1. Ustav kapitali hisobi


2. Moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi va taqsimlanmagan foyda hisobi


1. Ustav kapitali hisobi
Ustav kapitali – bu ta’sis hujjatida belgilangan doiradagi faoliyatni ta’minlash uchun ta’sischilarning (ishtirokchilarning) korxona mulkiga qo`ygan mablag`lari (ulushlari, aksiyalar nominal qiymatida va hokazolar)ning pul ifodasidagi yig`indisidir. Ustav kapitalini shakllantirish jarayoni korxona tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq ravishda O`zR qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Ustav kapitali ro`yxatdan o`tkazilgan hajmda yoki to`langan aksiyalarning nominal qiymati yig`indisi miqdorida aks ettiriladi. Ustav kapitalining hajmi ro`yxatdan o`tkazilgan ta’sis hujjatlaridagi summadan oshib ketishi mumkin emas. Korxona ustav kapitalining ko`payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilarning qarori asosida va ta’sis hujjatlariga tegishli o`zgartirishlar kiritilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin. Korxona ustav kapitalining holati va harakati to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schetlarda amalga oshiriladi:
8310 “Oddiy aksiyalar”;
8320 “Imtiyozli aksiyalar”;
8330 “Pay va ulushlar”
8310 “Oddiy aksiyalar” scheti oddiy aksiyalarni o`zida mujassamlashtirgan aksiyadorlik kapitalining holati va harakati to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo`ljallangan. Aksiyadorlik jamiyati davlat ro`yxatidan o`tkazilgandan keyin uning ustav kapitali emissiya prospektida ro`yxatga olingan summada 8310 “Oddiy aksiyalar” schetining krediti va 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar bo`yicha ta’sischilarning qarzlari” schetining debetida aks ettiriladi. Korxonaning aksiyadorlik kapitali hisobda ro`yxatdan o`tgan, lekin emissiyasi tugallanmagan miqdorda hisobga olinishi sababli e’lon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan), chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan obuna amalga oshirilgan) va muomaladagi oddiy aksiyalarning har qaysi emissiyasi bo`yicha alohida analitik hisob yuritish talab etaladi. Ushbu muomalalarni 8310 “Oddiy aksiyalar” schetiga ochilgan analitik hisob registrlarida qayd qilish zarur.
8320 “Imtiyozli aksiyalar” scheti imtiyozli aksiya ko`rinishida chiqarilgan aksiyadorlik kapitalining holati va harakati to`g`risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo`ljallangan. Aksiyalar 8310 “Oddiy aksiyalar” va 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schetlarda nominal qiymatlari bo`yicha hisobga olinadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə