1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha


Ustav kapitalining hajmi ro`yxatdan o`tkazilgan ta’sis (nizom) hujjatlaridagi summaga teng bo`lishi kerak



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə79/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

Ustav kapitalining hajmi ro`yxatdan o`tkazilgan ta’sis (nizom) hujjatlaridagi summaga teng bo`lishi kerak.
Oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning aksiyalar nominal qiymatidan oshgan miqdori ko`rinishidagi qo`shilgan kapital naqdligi va harakati to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish 8410 “Emissiya daromadi” schetlarda amalga oshiriladi. 8410 “Emissiya daromadi” scheti aksiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablag`lar to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo`ljallangan. Ushbu mablag`lar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” schetida kreditlanib, xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymati o`rtasidagi farq qoplanganda esa ushbu schet debetlanadi. 8410 “Emissiya daromadi” scheti bo`yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalardan olingan daromadlar bo`yicha alohida yuritiladi.
Korxona ta’sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan shakllantiriladigan rezerv kapitali (fond), mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyatsiya rezervlari, pul mablag`laridan tashqari tekinga olingan mulklar to`g`risidagi axborotlarni va umumlashtirish uchun:
8510 “Mulkni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar”;
8520 “Rezerv kapitali (fondi)”;
8530 “Tekinga olingan mulk” schetlari qo`llaniladi.
8510 “Mulkni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar” schetida mulklarni qayta baholash natijasida vujudga kelgan o`zgarishlar hisobga olinadi. Mulklarni qayta baholash natijasida rezerv kapitalining shakllanishi va to`ldirilishi 8510 “Mulkni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar” schetining kreditida qayta baholash natijasida qiymati oshgan mulklarni hisobga oluvchi schetlar bilan bog`langan holda aks ettiriladi. Agar qayta baholash natijasida mulklarning qiymati kamaysa, kamaygan summa o`sha mulkning navbatdagi qiymati oshishi hisobiga to`ldiriladi va u 8510 “Mulkni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar” schetining debetida aks ettiriladi. Shu mulkning avvalgi qayta baholashdagi qiymatidan oshgan arzonlashtirilgan summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schetida aks ettiriladi. Mulkni qayta baholash bo`yicha jamlangan summaning ta’sischilar o`rtasida taqsimlanishi 8510 “Mulkni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar” schetning debetida 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo`yicha qarzlar” scheti bilan aks ettiriladi.
8520 “Rezerv kapitali (fondi)” scheti korxona tomonidan ta’sis hujjatlari va O`zR qonunlariga muvofiq tashkil etilgan rezerv kapitalining holati va harakati to`g`risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo`ljallangan. Rezerv kapitali (fondi) mablag`lari korxona zararlarini qoplash va boshqa qoplash manbalari bo`lmagan boshqa maqsadlarga sarflanishi mumkin.
Rezerv kapitali (fondi)ning shakllanishi 8520 “Rezerv kapitali (fondi)” schetining kreditida 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” scheti bilan bog`langan holda aks ettiriladi.
8530 “Tekinga olingan mulklar” scheti korxona tomonidan tekinga olingan mulkni hisobga olish uchun mo`ljallangan. Tekinga olingan mulklar 8530 “Tekinga olingan mulklar” schetining kreditida korxona mulklarini hisobga oluvchi schetlar bilan bog`langan holda aks ettiriladi. Tekinga olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida umumiy korxona umumiy daromadiga qo`shiladi. Tekinga olingan mulklarni soliqqa tortish soliq qonunchiligi bilan tartibga solinadi.



Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə