1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha


Moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi va taqsimlanmagan foyda hisobi



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə80/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

2. Moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi va taqsimlanmagan foyda hisobi
Korxonalarning moliyaviy natijalarini aniqlash tartibi O`zR “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonunda, buxgalteriya hisobi schetlar rejasida, “Mahsulotlar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risida”gi nizomlari bilan tartibga solinadi. Yuqorida keltirilgan hujjatlarga asosan xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko`rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o`rtasidagi tafovut sifatida:
YaF = SST - IT
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan olingan sof tushum;
IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
- asosiy faoliyatdan ko`rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o`rtasidagi tafovut va plus asosiy faoliyatdan ko`rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YaF - DX + BD - BZ
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatday olingan boshqa daromadlar;
BZ – asosiy faoliyatdan ko`rilgan boshqa zararlar;
- xo`jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plus moliyaviy faoliyatdan ko`rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF = AFF + MD - MX
UF – umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;
- soliq to`langungacha olingan foyda umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda plus favqulodda (ko`zda tutilmagan) vaziyatlardan ko`rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF = UF + FP - FZ,
STF – soliq to`langungacha olingan foyda;
FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko`rilgan zarar;
- yilning sof foydasi soliq to`langandan keyin xo`jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o`zida foydadan to`lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to`lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to`langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF - DS - BS
SF – sof foyda;
DS – foydadan to`lanadigan soliq;
BS – boshqa soliqlar va to`lovlar.



Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə