1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə81/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

MISOL. “Sanam” kichik korxonasi hisobot yilida quyidagi daromadlar va xarajatlarni amalga oshirdi. Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromad 50000 ming so`m, asosiy vositalarning chiqib ketishdan daromad 30000 ming so`m, ijobiy kurs farqi 4000 ming so`m, sotilgan mahsulotlar tannarxi 370000 ming so`m, ma’muriy xarajatlar 74000 ming so`m, salbiy kurs farqi 18000 ming so`m.
- daromadlar schetlarni yopish:
Dt _____ “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”
Kt ______ “Yakuniy moliyaviy natija” 500000 ming so`m
Dt _____ “Asosiy vostalar chiqib ketishdan foyda”
Kt______ “Yakuniy moliyaviy natija” 30000 ming so`m
Dt ______“Valuta kurslari farqidan daromadlar”
Kt _____ “Yakuniy moliyaviy natija” 4000 ming so`m
- xarajatlar schetlarini yopish:
Dt ______ “Yakuniy moliyaviy natija”
Kt ______ “Sotilgan mahsulotlar tannarxi” 370000 ming so`m
Dt ______ “Yakuniy moliyaviy natija”
Kt_____ “’Ma’muriy xarajatlar” 74000 ming so`m
Dt ______ “Yakuniy moliviy natija”
Kt _____ “Valutalar kurslari farqidan zararlar” 18000 ming so`m
9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schetning debet va kredit farqlarini aniqlaymiz. Agar bu schetning debet aylanmasi ko`p bo`lsa, farq summasi qoplanmagan zarar hisoblanadi:
Dt ______ “Taqsimlanmagan foyda”
Kt _____ “Yakuniy moliyaviy natija”
Agar korxona hisobot yilida qoplanmagan zarari bo`lsa, taqsimlanmagan foyda schetning debet qoldig`i balansning passiv tamoni kapital bo`limida manfiy summa yoki qizil rang bilan aks ettiriladi. Agar kredit aylanmalari yuqori bo`lsa, farq hisobot yilidagi sof yoki taqsimlanmagan foydani aks ettiradi. Misolda korxona 72000 ming so`m foyda oldi. Bu foydaga buxgalteriya buxgalteriya o`tkazmasini beramiz:
Dt ______ “Yakuniy moliyaviy natija”
Kt _____ “Taqsimlanmagan foyda” 72000 ming so`m
Taqsimlanmagan foydadan rezerv kapitalini shakllantirishda foydalanish mumkin. Rezerv kapitali O`zR qonunlarida yoki ta’sis hujjatlarida ko`rsatilgan holdagina tashkil qilinadi. Odatda u aksiyadorlik jamiyatlarida tashkil qilinadi, chunki ularda imtiyozli aksiyalar mavjud bo`lib, ularga dividendlar qayd qilingan summalarda to`lanadi, hisobot yilida foyda olindimi yoki olinmadimi qat’iy nazar korxonalar bu aksiyalarga dividendlar to`lashi lozim. Rezerv kapitalini shakllantirishga buxgalteriya o`tkazmasini beramiz:
Dt _____ “Taqsimlanmagan foyda”
Kt _____ “Rezerv kapitali”
Taqsimlanmagan foydadan korxona ta’sischilariga dividendlar to`lash uchun foydalaniladi. Odatda yil oxirida taqsimlanmagan foyda summasi aniqlanganda uni tahlil qilib, foydaning qaysi qismini dividendlar to`lash yo`li bilan aksiyadorlar o`rtasida taqsimlash aniqlanadi. Dividendlar hajmi aksiyadorlar yoki ta’sischilarning umumiy yig`ilishda tasdiqlanadi yoki e’lon qilinadi. Dividendlar e’lon qilingan kuni buxgalteriyada hisoblanadi:
Dt ______ “Taqsimlanmagan foyda”
Kt ______ “To`lanadigan dividendlar”
Dividenlar to`lash, odatda, ma’lum vaqt o`tgandan keyin amalga oshiriladi, bu muddat ichida aksiyadorlar ro`yxatdan o`tishlari kerak bo`ladi. Dividendlar to`lash uchun quyidagi buxgalteriya o`tkazmasi beriladi:
Dt _____ “To`lanadigan dividendlar”
Kt _____ “Pul mablag`lari” yoki 5110 “Hisob-kitob scheti”
Aksiyadorlik jamiyatlari dividendlarni aksiyalar ko`rinishda ham berishlari mumkin. Bunda aksiyadorlar uchun qo`shimcha aksiyalar chiqariladi, bu o`z o`rnida taqsimlanmagan foydani kapitalizatsiyalashga olib keladi.


MISOL. “Idrok XXI asr” AJ muomalada nominal qiymati 10000 so`m bo`lgan 10 mingta oddiy aksiyalarga ega. Har bir aksiyaning bahosi 15000 so`m, 10% lik dividendlarni aksiyada to`lashni e’lon qildi. Dividendlar soni 10000x10%=1000 dona, aksiyalar summasi 1000x15000=15000000 so`m:
Dt ______ “Taqsimlanmagan foyda” 15000 ming so`m
Kt ______ “Oddiy aksiyalar” 10000 ming so`m
Kt ______ “Emissiya daromadi” 5000 ming so`m

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə