1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha


O`r % = Boshlang`ich savdo ustamasi + Kelib tushgan tovarlar savdo ustamasi



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə76/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

O`r % =

Boshlang`ich savdo ustamasi + Kelib tushgan tovarlar savdo ustamasi

Hisobot davrida tovar aylanmasi + Davr oxiriga tovarlar qoldig`i



MISOL. 2015 yil 1 sentabr kuni “Diyora” do`konining schetlardagi tovarlar qoldig`i sotish bahosida 180000 ming so`mni tashkil qildi. Savdo ustamasi 27000 ming so`m. Sentabr oyida quyidagi operatsiyalar bo`lib o`tdi:
- mol yetkazib beruvchilardan 480000 ming so`mlik tovarlar xarid qilindi, shu jumladan savdo ustamasi 84000 ming so`m
Dt_____ “Chakana savdodagi tovarlar” 480000 ming so`m
Kt_____ “To`lanadigan schetlar” 396000 ming so`m
Kt _____ “Savdo ustamasi” 84000 ming so`m
- tovarlar naqd pulga sotildi, summasi 440000 ming so`m
Dt ______ “Kassa”
Kt ______ “Chakana savdodan daromad” 440000 ming so`m
- o`rtacha foiz:

O`r % =

27000+84000

x 100 % = 16,8 %

440000+220000(180.0+480.0-440.0=220.0)

- sotilgan tovarlar savdo ustamasi va tannarxi: 440000x16,8%=73920 so`m va
440000-73920=366080 ming so`m
Dt_____ “Savdo ustamasi” 73920 ming so`m
Dt _______“Sotilgan tovarlarning tannarxi” 366080 ming so`m
Kt ______ “Chakana savdodagi tovarlar” 440000 ming so`m
- sotish schetining yopilishi:
Dt _______ “Tovarlar sotishdan daromad”
Kt______ “Yakuniy moliyaviy natija” 440000 so`m
- tannarx schetining yopilishi:
Dt ______ “Yakuniy moliyaviy natija”
Kt______ “Sotilgan tovarlar tannarxi” 366080 so`m

Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bo`g`liq bo`lmagan sotish xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlarga ta’luqli 9410-9430 “Davr xarajatlari” schetida olib boriladi. Bu schetning debetida oy davomida savdo tashkilotining xarajatlari to`planadi. Oy oxirida bu xarajatlar quyidagi buxgalteriya o`tkazmasi bilan yopiladi:


Dt _____ “Yakuniy moliyaviy natija”
Kt _____ “Davr xarajatlari”

Tijorat do`konlarida, sotish uchun xalqdan olingan tovarlar hisobi balansdan tashqari 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schetida olib boriladi. Qabul qilishda tovarlar qiymati bu schetning debetida, tovarlar sotilganda esa bu schetning kreditida ifodalanadi. Tovarlarni sotishga topshirgan korxonalar komitent deb ataladi. Har bir komitentga kartochka ochilib, olingan tovarlarga nakladnoy rasmiylashtiriladi. Sotish bahosida sotilgan tovarlarga buxgalteriya o`tkazmasi beriladi:


Dt _____ “Milliy valutadagi pul mablag`lari” 24 ming so`m
Kt ____ “Tovarlar sotishdan daromadlar” 4 ming so`m
Kt _____ “Boshqa majburiyatlar” 20 ming so`m
- kassadan komitentga berildi:
Dt _____ “Boshqa majburiyatlar”
Kt ____ “Milliy valutadagi pul mablag`lari” 20 ming so`m
- do`kon daromadi quyidagi buxgalteriya o`tkazmasi bilan ifodalanadi:
Dt _____ “Tovarlarni sotishdan daromadlar”
Kt _____ “Yakuniy moliyaviy natija” 4 ming so`m
6. Korxonaning boshqa daromadlari hisobi
Boshqa daromadlarga asosiy faoliyatning boshqa daromadlari kiradi:
- shartnoma shartlarini buzganligi uchun qarzdorlardan undirilgan jarima, penya va ustamalar hamda keltirilgan zararlarni qoplashdan kelgan daromadlar;
- hisobot yilida aniqlangan o`tgan yil foydasi;
- asosiy vositalar va boshqa mulklarni sotishdan daromadlar;
- da’vo muddati o`tib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar;
- tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam;
- korxonaning asosiy faoliyati bo`yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatish bilan bog`liq bo`lmagan boshqa operatsiyalar bo`yicha daromadlar (korxona balansida bo`lgan sog`liqni saqlash ob’ektlari, bolalar bog`chalari, uy-joy kommunal xo`jaliga, madaniyat va sport ob’ektlaridan olinadigan daromadlar)
- boshqa operatsion daromadlar.
Hisobot davri mobaynida yuqoridagi daromadlar 9300 “Asosiy faoliyatining boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schetlar”ning debetida aks ettirilib, hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natija bilan yopiladi.
MISOL. Korxona hisobot davrida quyidagi boshqa daromadlarga ega bo`ldi:
- shartnoma majburiyatlarini bajarmagani uchun mol yyetkazib beruvchidan 114 ming so`m jarima summasi olindi;
Dt _____ “Hisob-kitob scheti”
Kt_____ “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” 114 ming so`m
- xaridor b-n tuzilgan shartnomada o`tgan yil foydasi aniqlandi 40 ming so`m;
Dt_____ “Xaridorlardan olinadigan schetlar”
Kt _____ “O`tgan yil foydalari” 40 ming so`m
- da’vo muddatli o`tgan kreditorlik qarzlari hisobdan chiqarildi 6 ming so`m;
Dt _____ “Boshqa majburiyatlar”
Kt _____ “Kre va dep qarz his chiq-dan daromad” 6 ming so`m
- inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha tayyor mahsulotlar kirim qilindi 10 ming so`m:
Dt _____ “Tayyor mahsulotlar”
Kt _____ “Boshqa operatsion daromadlar” 10 ming so`m
- hisobot davr oxirida boshqa daromadlar hisobi schetlari yopiladi:
Dt ____ “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” 114 ming so`m
Dt ____ “O`tgan yillar foydalari” 40 ming so`m
Dt ____ “Kred qarz his chiq daromad” 6 ming so`m
Dt _____ “Boshqa operatsion daromadlar” 10 ming so`m
Kt ______ “Yakuniy moliyaviy natija” 170 ming so`m



Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə