1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


I tip. Aktiv moddalaridagi o‘zgarish (aktivda ko‘payish va aktivda kamayish) – balans jami o‘zgarmaydi. II tip



Yüklə 295,67 Kb.
səhifə38/54
tarix30.12.2023
ölçüsü295,67 Kb.
#164964
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi-fayllar.org

I tip. Aktiv moddalaridagi o‘zgarish (aktivda ko‘payish va aktivda kamayish) – balans jami o‘zgarmaydi.
II tip. Passiv moddalaridagi o‘zgarish (passivdagi ko‘payish va passivdagi kamayish) – balans jami o‘zgarmaydi.
III tip. Aktiv va passiv moddalarida ko‘payishga olib keluvchi o‘zgarishlar (aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi).
IV tip. Aktiv va passiv moddalarida kamayishga olib keluvchi o‘zgarishlar (aktiv va passiv bir xil summaga kamayadi).
Shunday qilib, har qanday xo‘jalik muomalasi ushbu ko‘rsatilgan to‘rt tip o‘zgarishlardan birining sodir bo‘lishiga olib keladi.


3.3. Buxgalteriya balansi – korxonalarning moliyaviy ahvolini
o‘rganish uchun axborot manbai ekanligi

Buxgalteriya balansi axborotlarga boy manba bo‘lib, ularga asoslanib xo‘jalik yurituvchi subekt moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. Aynan mana shunday muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi bois buxgalteriya balansi buxgalteriya hisoboti shakllari ichida birinchi o‘rinda turadi. Undagi axborotlarning mazmunini bilish uchun nafaqat buxgalteriya balansi tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, balki ayrim ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi mantiqiy va o‘ziga xos bog‘liqliklarni ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining mazmunini bilishda uni o‘qish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega, shuningdek, faqat buxgalteriya balansiga xos bo‘lgan ayrim cheklashlarni albatta bilish zarur.
Balansga xos ichki o‘zaro bog‘liqliklar axborotdan foydalanuvchilar ehtiyojining qondirilish darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi va quyidagilardan iborat:
1. Aktivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisi passivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisiga teng bo‘lib, bu balansning mohiyati bilan izohlanadi.
2. Xususiy kapitalning hajmi (passivdagi birinchi bo‘lim) uzoq muddatli aktivlar (aktivdagi birinchi bo‘lim) hajmidan ko‘p bo‘ladi. Bunday xulosa isbot talab qilmaydi. Chunki, xo‘jalik yurituvchi subektning asosiy faoliyati joriy aktivlarsiz mumkin emas deb qabul qilingan. Shuning uchun xususiy kapitalning tarkibi uzoq muddatli va joriy aktivlar shakllanishini doimo nazarda tutadi. Milliy iqtisodiyotdagi tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlari aktivdagi mulklar nisbatiga har xil ta’sir ko‘rsatadi.
3. Uzoq muddatli aktivlar (balans aktivining birinchi bo‘limi) asosan o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanishini e'tiborga olib, ularning miqdori xo‘jalik yurituvchi subekt normal faoliyat ko‘rsatgan sharoitda, majburiyatlar (balans passivining ikkinchi bo‘limi) summasidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ularning nisbati 6/4 va undan yuqori bo‘lishi normal holat deb tan olinadi.
4. Balansda barcha aktivlar va passivlar juda batafsil beriladi. Bu uning aktivi va passivi bo‘yicha ayrim moddalari, natijada, ayrim mulklarni qoplash manbalari o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatishga imkon beradi. Masalan, uzoq muddatli va qisqa muddatli quyilmalarni qoplash manbalari bo‘lib, maxsus mo‘ljallangan har xil fondlar va rezyerv kapitali hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya balansining eng umumiy sharhi, uning ma'lum cheklashlarida (statiklik, baholash tamoyilining realligi va h.k.), undan foydalanuvchilarga, eng avvalo mulkdorlarning moliyaviy barqarorligi to‘g‘risida zarur axborotlarni taqdim etadi.

Yüklə 295,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə