1-Mavzu: Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining predmeti vazifalari va rivojlanish tarixi


-MAVZU: TABIIY RESURSLARNI MUHOFAZA QILISH



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix28.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#137468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ekologiya va tabiatni muhafaza qilish

5-MAVZU: TABIIY RESURSLARNI MUHOFAZA QILISH 
REJA: 


l. Tabiiy resurslar haqida tushuncha. 2. 
Tabiiy resurslarning turlari.
3. Tabiiy resurslarni himoya qilish.
4. Tabiatni muhofaza qilish aspektlari. 
Tayanchso'zlar: Tabiiy resurs, iqtisodiy aspekt, tarbiyaviy 
aspekt, soglomlashtirish aspekti, estetik aspekt, ilmiy aspekt.
TABIIY RESURSLAR: tushunchasini ta'riflashdan oldin, bu 
tushunchani ko'pchilik mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinishi 
haqida aytib o'tish kerak. Akademik I.P.Gerasimov bilan professor 
D.A.Armond tabiiy resurslarga eng to

liq ta'rif beradilar. «Tabiiy 
resurslar kishilar bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashlari 
uchun zarur bo

lgan xilma-xil vositalardir». Iqtisodiy geograf pofessor 
Y.G.Saushkin elektr energiya olish, oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab 
chiqarish uchun foydalanishi mumkin bo

lgan komponentlarni va 
sanoat uchun xom-ashyoni tabiiy resurslarga kiritadi. Yana bir 
geografik A.A.Mints bu haqda boshqacharoq fikr bildiradi. U tabiiy 
resurslardan foydalanish formalari va yo'nalishlariga qarab, ularni 
iqtisodiy jihatdan klassifikatsiya qilishni birinchi o'ringa qo

yadi. 
Bu klassifikatsiyada tabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarishning 
asosiy sektorlaridan ishlab chiqarishdan tashqari sferada 
foydalanishga qarab gruppalarga ajratilgan. Tabiiy resurslarni yana 
shu tariqa klassifikatsiya qilish K.Marks asarlarida uchraydi. Shunday 
qilib tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur manbalari va 
mehnat 
vositalari 
manblariga 
bo'linadi. 
Mukammalroq 
klasifikatsiya qilinganda tabiiy resurslar quyidagilarga bo'linadi: a) 
moddiy ishlab chiqarish resurslari -sanoatda yoqilg'i, metallar, suvlar, 
yog'och-taxta, baliq, qishloq xo'jaligida sug'orish uchun suv, 
ovlanadigan hayvonlar. b) ishlab chiqarishdan tashqari sfera 
resurslari, ichimlik suv, daraxtlar, kishilarni davolash uchun iqlim 
resurslari va hakozolar. Tabiiy jismlar va kishilar foydalanadigan
energiya turlari RESURS lar deyiladi. Resurs so

zi fransuzcha
so'z bo'lib «yashash vositasi» degan ma'noni bildiradi. Tabiiy
resurslar kishilarning yashashi uchun zarur bo

lgan shunday 
vositalarki, bu vositalar jamiyatga bevosita emas balki ishlab 
chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish vositalari orqali ta'sir etadi. 


Tabiiy resurslar - ovqatga ishlatiladigan yovvoyi o

simliklar va 
hayvonlar, kishilar ichadigan va boshqa ko'p maqsadlarda 
foydalanadigan suvlar, metallar olinadigan rudalar, uylar 
quriladigan yogoch taxtalar, energiya va yoqilg'i manbalari 
bo

lgan kumir, neft, tabiiy gazlardir. Tabiiy resurslardan to'g'ri 
foydalanish va ularni muhofaza qilish uchun klasifikatsiya qilish zarur. 
Tabiiy resurslar ikki turga bulinadi: tugaydigan va tugamaydigan 
resurslarga.
Tugaydigan resurslar o'z navbatida 2 gruppaga bo'linadi - 
tiklanadigan va tiklanmaydigan. Tiklanmaydigan tabiiy resurslar yoki 
foydalanayotgan darajadan yuz ming marta va million - million 
marta sekin tiklanadigan 
tabiiy resurslar birinchi gruppaga kiradi. Butunlay yo'q bolib 
ketadigan va juda kamayib qoladigan yer osti boyliklari, foydali 
qazilmalar shular jumlasidandir. Demak, bunday resurslarni tiklab 
bo'lmas ekan, mineral resurslardan ratsional foydalanish ularni 
tejab-tergab ishlatish va qazib olayotganda xo'jalikning boshqa 
sohalariga, chunonchi yerlarga zarar etkazishga yo'l qo'ymaslik 
kerak. Havo, suv resurslari, energiya (quyosh energiyasi, yadro, 
geotermal, shamol, tcf Iqin energiyalari) Er osti qazilmalari (ko

mir, 
neft, gaz, ruda va h.k) Tuproq, o

simlik va hayvonlar, ba'zi mineral 
resurslar Tiklanadigan tabiiy resurslar butunlay yo'q bo

lib
ketmaydi va qaytadan tiklanadi. Tirik mavjudotlar, o

simlik va
hayvonlar, shuningdek, tuproq ana shunday resurslardandir.
Chunonchi, tuproq yo'q bo

lib ketmaydi balki, asosiy xossasini 
umundorligini yo'qotadi. Bunday resurslardan foydalanayotganda
shuni esda tutish kerakki, muayyan tabiiy sharoitning buzilishi 
ularning qayta tiklanishiga halaqit berishi mumkin. Masalan, hozirgi 
vaqtda butunlay qirib yuborilgan ko

pgina hayvon va o

simlik turlari, 
shuningdek erroziya natijasida butunlay buzilgan tuproqlar 
qaytadan tiklanmaydi. Bunda tiklanadigan tabiiy resurslarning paydo 
bo'lish protsessi muayyan tezlikda bo'lishini esda saqlash kerak. 
Masalan, otib tashlangan hayvonlarning qaytadan paydo bo'lishi 
uchun bir yil yoki bir necha yil kerak. Daraxtni kesib tashlagan 
o'rmon kamida 60 yildan keyin qayta tiklanishi mumkin. Tarkibi 
o'zgargan tuproqning yaxshilanishi uchun esa bir necha ming yil vaqt 
kerak. Shuning uchun ham tabiiy resurslarni ishlatish sur'atiga to'g'ri 


kelishi kerak.
Tiklanadigan tabiiy resurslarga zaruriy sharoit yaratib berilsa 
kishilarga abadiy xizmat qilish mumkin. 
Tugamaydigan tabiiy resurslarga - suv, iqlim va kosmik resurslar kiradi. 
Suv resurslari- suv barcha jismlar orasida eng ajoyibdir. Suv tabiatda 
uchta fizik holatda: qattiq, suyuq va bug'simon holatda uchraydi. 
Dunyodagi suvlarning 92-94 % okeanlardadir. Bevosita foydalanishga 
yaroqli suv barcha suv zahirasining 1% iga ham etmaydi. Biroq 
bitmas tuganmas hisoblangan dengiz suvlari ham o'ta ifloslanishi 
xavfi ostida turibdi. Chuchuk suv esa miqdor jihatidan tugaydigan 
resurs hisoblanadi, chunki kishilarga ishlatish uchun yaroqli suv 
kerak. Yer sharining ko'pgina joylarida suvdan noratsional 
foydalanishi, daryolarning sayozlanib qolishi va boshqalar oqibatida 
chuchuk suv miqdori keskin kamaymoqda. Xolbuki, sugorish sanoat 
va kommunal xo'jalik uchun suvga bo

lgan ehtiyoj yildan yilga ortib 
bormoqda. Iqlim va kosmik resurslar quyosh radiatsiyatsiyasi yorug'lik 
va issiqlik, atmosfera havosi, shamol erroziyasi ham, iqlim 
resurslariga kiritiladi. Planetamizga kelgan quyosh nurlarining 
yarmidan ko

prog'i energiyaning boshqa turiga aylanadi. Quyosh 
nurlarining muayyan qismi tuproq, suv va havoni isitishga sarf bo

ladi 
va asta sekin havoga tarqaladi. Bir qismi o

simliklar tomonidan 
o'zlashtiriladi. 
Quyoshning nurli energiya manbai milliard-milliard yilga etishi 
mumkin. Shuning uchun ham quyosh energiyasi bitmas 
tuganmasdir. 
Atmosfera havosi kishilar, hayvonlar o^simliklarning nafas olishi 
uchun zarur. Havo bitmas tuganmas lekin uning tarkibi o

zgarishi 
mumkin. Havoni ifloslash ishiga sanoat korxonalari va transport 
mashinalaridan chiqayotgan gazlar sabab bo'lmoqda, bu esa inson 
organizmi uchun zararlidir. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə