1-mavzu. Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli



Yüklə 93,06 Kb.
səhifə18/26
tarix19.10.2023
ölçüsü93,06 Kb.
#128278
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Fals-fayllar.org

7. Fan falsafasi. Fan falsafasi turli xil o’ziga xos falsafiy tushunchalar orqali boshqa fan namoyondalarining kognitiv25 faoliyat va fanni rivojlantirshining muayyan modellarini taklif qilishi bilan metodologik, qolaversa evristik, prognostik ahamiyat kasb etadi. Uning maqsadi va vazifalari boshqa fanlarning o’rni va ahamiyatini, uni bilish faoliyatining boshqa bilish turlaridan ajratib turadigan xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lib,ilmiy ijod ahlini mantiqan to’g’ri xulosalar chiqarishiga olib keladi.
Fanlar tabiatshunoslik yoki ijtimoiy sohani o’rganishga yo’naltirilganligidan qat’i nazar, ulardan farqli o’laroq fan falsafasi tarixiy, ijtimoiy-madaniy bilim maqomiga ega bo’lib,uning namoyondalari mazkur sohalarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, «kashfiyotlar algoritmi», ilmiy bilimlarning rivojlanish dinamikasi, tadqiqot faoliyati usullari bilan qiziqadi. Fan falsafasi, garchi u boshqa fanlarning oqilona rivojlanishidan manfaatdor bo’lsa-da, shunga qaramay, ularning oqilona rivojlanishini to’g’ridan-to’g’ri emas, balki ko’p qirrali uslub va uslubiyot bilan ta’minlashga qaratilganligi bilan ifodalanadi. Bunda boshqa fanlarning asosiy maqsadi haqiqatni ochish bo’lsa, unda fan falsafasi insoniyat uchun o’z aql-idrokini qo’llashning eng muhim sohalaridan biri sifatida «haqiqatga qanday erishish mumkin?», degan savolga javob topish bilan shug’ullanishga qaratilgan bo’ladi.
Fan falsafasi birinchidan barcha fanlarning differentsiallashuv va integrallashuv jarayonlarini mantiqiy jihatdan tushuntirib berish bilan bir qatorda, falsafa fanining ham shu jarayonni o’z boshidan kechirishini ham metodologik jihatdan asoslab beradi
Falsafa fanining differentsiallashuvi – bu muayyan davrda ob’ektiv olamdagi narsa,hodisa, voqealarning rivojlanish mantig’idan kelib chiqqan holda mustaqil fanlarga ajralib ketishidir. Masalan, XVII asrda yuz bergan tabiiy-amaliy fanlar inqilobi natijasida falsafadan, matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlar ajralib chiqib, mustaqil fan darajasiga ega bo’ldilar. Buni falsafa fanining tashqi tomondan differentsiallashuvi sifatida tushunish kerakligini unutmagan holda, uning ichki tomondan ham etika,estetika,huquq, din kabi ijtimoiy ong shakllariga ajralib ketishi, bu jarayonning hozirgi kungacha ham dialektika, sinergetika, germenevtika, epistomologiya, aktsiologiya, valeologiya, akmeologiya kabi shakllarda davom etayotganligini ko’rish mumkin.
Differentsiallashuv jarayonida mustaqil bo’lib ketgan fanlar olam sirlarini bilishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishib, jamiyat hayotidagi moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirib yubordilar. Natijada ishlab chiqarish jarayonini yangi sifatiy bosqichga ko’tarish masalasi, fanlar o’rtasidagi umumiy, xususiy, alohida aloqalar o’rnatish orqali hal etish zarurligi ko’zga tashlanib qoldi. Shu tariqa falsafa fanining ob’ektiv olamning birligi, undagi mavjud narsalarning o’zaro aloqadorligi to’g’risidagi nazariy xulosasi XX – XXI asrga kelib yanada teranroq tarzda o’z ifodasini topa boshladi. Qisqa qilib aytganda, mavjud reallikni o’rganayotgan har bir fan, boshqa fanlar bilan ham o’zaro aloqa o’rnatishi tufayli fanlarning chuqur integratsiyalashuvi sodir bo’ldi. Natijada,masalan biofizika, biokimyo, agrokimyo kabi o’nlab, yuzlab yangi fanlar yuzaga keldi. Endilikda bu fanlar o’zlarining erishgan yutuqlarini tushunish va tushuntirishga ehtiyoj seza boshladilar. Bu masalaga metodologik jihatdan javob topish ishiga mas’ul bo’lgan falsafa ilmi ham ular bilan integrallashib? yangicha shakl va mazmundagi integrallashgan falsafa fanlarining paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi.
Falsafa fanining integrallashuvi – bu ob’ektiv olamdagi mavjud barcha narsalarning u yoki bu tomonini o’rganayotgan aniq fanlarning o’zaro qayta birlashishi natijasida paydo bo’lgan va faoliyat yuritayotgan fanlar tizimidir. Masalan, tibbiyot falsafasi, texnika falsafasi, informatsion texnologiyalar falsafasi, tarix falsafasi, adabiyot falsafasi, til falsafasi va boshqalar. ( 00-chizmaga qarang)
9-sxema

Yüklə 93,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə