1-mavzu. Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli


Dunyoqarashning asosiy xususiyatlari



Yüklə 93,06 Kb.
səhifə2/26
tarix19.10.2023
ölçüsü93,06 Kb.
#128278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Fals-fayllar.org

3. Dunyoqarashning asosiy xususiyatlari. Dunyoqarash inson tafakkurining atributi sifatida o’ziga xos xususiyatlarga egadir.
Dunyoqarashning birinchi muhim xususiyati shundan iboratki,bunda butun olam bilan bog’liq bo’lgan muammolarning nazariy yechimini amalda isbotlab bo’lmaydi. Masalan, olamning makon va zamonda cheklangan va cheklanmaganligini amaliyotda isbotlash amri mahollir. Shuning uchun ham, bu muammolarni yechishda turli va qarama-qarshi xulosalarga kelish tabiiy holdir. Falsafa tarixiga nazar tashlasak, Qadimgi Xitoy falsafasida butun olam to’g’risidagi qarashlarda «dao» olamdagi barcha narsalarnish bosh ibtidosi va ham intihosidir. Shu bilan birga «dao» butun olamning umumiy qonuni, yo’li. Olamlagi barcha narsalar bu qonun bo’yicha o’zgaradi. Hatto bir odamning axloqiy-siyosiy faoliyati ham bu qonunga bo’ysunadi. «Dao» abadiy va cheksiz, yaratilmagan va hamma yerda mavjud. Agarda xudo mavjud bo’lsa, uning ham kelib chiqishi «dao» bilan bog’liq.
Qadimgi Gretsiyada ham olamning kelib chiqishi, nechtaligi, o’zgarishi, mohiyati va boshqa tomonlari to’g’risida ko’plab qarashlar yaratilgan edi. Masalan, pifagorchilar olamning kelib chiqishi,tarkibiy tuzilishi va mohiyatini matematik nuqta, son va geometrik shakllar bilan bog’liqligini isbotlar edi. Masalan, «I» raqami olamdagi barcha narsa va xudolarning ham bosh ibtidosi deb qabul qilingan. Ko’rinib turibdiki,olam to’g’risida yozilgan dunyoqarashga taalluqli qarashlar nihoyatda ko’pdir.
Dunyoqarashning ikkinchi muhim xususiyati shundan iboratki, dunyoqarashda olam bir butun (yaxlit) deb qabul qilinadi. Dunyoqarash bo’yicha olamda nimaiki mavjud bo’lmasin, ular bir-biri bilan bevosita yoxud bilvosita bog’liqdir. Shuninig asosida, dunyoqarash bo’yicha olam tabiat, jamiyat va odam birlikda bir butunlikni tashkil qiladi.
Bu butunlik dunyoqarashda quyidagicha talqin qilinadi. Ma’lumki, dunyoqarash har bir odam ongining o’ta muhim bir qismidir. Bu muhimlik shundan iboratki, odam o’z-o’zini bilib olishda uning dunyoqarashi asosiy va betakror uslubiy vosita sifatida xizmat qiladi. Umuman olganda, dunyoqarashning olam, tabiat, jamiyat va odamning bir butunligi to’g’risidagi g’oyasi, har bir odam o’z-o’zini anglab olishida tayanch nuqtasi rolini bajaradi. Shu bilan birga faqat odam o’z-o’zini anglab olishi jarayonida, ya’ni o’zini ana shu xilqatning ajralmas bir bo’laga siftida idrok etishi mazkur g’oyaniig to’g’riligiga shaxsan o’zi ishonch hosil qiladi.
Dunyoqarashning uchinchi muhim xususiyati uning hamma vaqt insonning tafakkur qilish darajasi bilan bog’liqligidir. Bunda shuni alohida ta’kidlashimiz joizki, har bir odam o’z-o’zini anglashi orqali o’zining mohiyati odamzod mohiyatidan kelib chikishini, tabiat va butun olam mohiyati ham odamning mohiyatida o’z ifodasini topishini ham bilib oladi. Har bir odamning mohiyatini odamzod, tabiat va olam mohiyati to’liq belgilaydi deb tushunish noto’g’ri bo’lar edi. Chunki kishining insoniy xususiyatlari, ma’lum darajada, uning hayotiy tajribasi asosida shakllanib borib, tarbiyasi, madaniyati, ma’naviyati va bilimiga ham bog’liq bo’ladi. Umuman olganda, har bir odamning mohiyatini tashkil qilgan xususiyatlarining bir qismini odamzod, tabiat va olam mohiyatlari belgilasa, qolgan qismini esa, odamning hayotiy tajribasi va uning kamoloti belgilaydi. Shuning asosida har bir odamning o’ziga xos mohiyati boshqacha aytganda insoniylik xususiyatlari mavjud. Bu fikrlardan, dunyoqarashning har bir odam uchun zarurligi to’g’risida ikkita muhim xulosa kelib chiqadi.
Har bir odam o’zining dunyoqarashi asosida chinakam insonga xos bo’lgan xususiyatlarni bilib oladi va shu orqali jamiyatda o’z o’rnini topib olib haqiqiy baxtga rishadi, uning oliy maqsadlari va ezgu niyatlari amalga oshadi.
Agarda bir odamning dunyoqarashi tor va mazmunan ham qashshoq bo’lsa, u o’z-o’zini yetarli darajada anglab ololmayli va shu bilan uning insoniy xislatlarining shakllanishi sekinlashadi va kamol topmaydi. Shuning natijasida, u odam o’zining ijtimoiy va shaxsiy faoliyatida ko’plab xatolarga yo’l qo’yadi va bisyor hayotiy qiyinchiliklarga duch keladi.
Dunyoqarashning to’rtinchi muhim xususiyati, uning hamma vaqt yalpi umumiylik ahamiyat kasb etishidir. Shu sababli dunyoqarashni yalpi umumiylik to’g’risidagi ta’limotdir, ham deyishadi. Dunyoqarashda eng yoxud yalpi umumiy bo’lgan xossa, zaruriyat, aloqadorlik va hokazolar to’g’risida fikr yuritiladi. Dunyoqarashning bilish ob’ekti yalpi umumiylik xarakteriga ega, boshqacha aytganda, dunyoqarashda ifodalanadigan xossa, aloqalar va boshqalar olamning har bir qismida mavjud. Masalan, miqdor bilan sifat o’rtasidagi aloqadorlikni olaylik. Bu aloqadorlik elektron, atom, molekula, hujayra, o’simlik, hayvon, odam, millat, davlat, jamiyat, bilish jarayonida, Quyosh tizimi, Koinot va hokazolarga xosdir.
Yalpi umumiyliklariing soni va turlari juda ham ko’p bo’lishi mumkin. Bunday umumiyliklar to’g’isidagi bilimlar dunyoqarash negizini va asosiy mazmunini tashkil qiladi. Yalpi umumiyliklarni kashf etish va ular to’g’risida fikr yuritish nihoyatda murakkab ilmiy- nazariy jarayondir. Faqat qomusiy bilimga ega bo’lan buyuk iste’dod sohiblarigina dunyoqarashning har taraflama ravnaq topishiga o’z hissasini qo’shishi mumkin.
Yer kurrasidagi yashayotgan har bir odamning o’ziga xos bo’lgan xususiyat va mohiyatlari bo’lmasin, ularning barchasi umumiy bir mohiyatga ega. Ana shu mohiyat asosida har bir odam «inson», «odamoxun» va shu kabi ulug’ va mo’’tabar nomlarga ega bo’ladi. Bu mohiyat har bir odamning muhim va zaruriy xislat va fazilatlaridan tashkil topadi, uni jamiyat, xalq va odamzodga ko’proq foyda keltiruvchi sifatida ta’riflaydi Ana shu barcha odamlarga xos bo’lgan umumiy mohiyat dunyoqarashda o’z ifodasini topadi.

Yüklə 93,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə