1-mavzu. Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli


Diniy dunyoqarashga xos bo’lgan xususiyatlar



Yüklə 93,06 Kb.
səhifə9/26
tarix19.10.2023
ölçüsü93,06 Kb.
#128278
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Fals-fayllar.org

Diniy dunyoqarashga xos bo’lgan xususiyatlar:
  • e’tiqod, ya’ni xudoning bor ekanligiga ishonish, unga aql va bilim bilan itoatda bo’lish;


  • qandaydir g’ayri tabiiy kuchlarga, ular tomonidan sodir etilajak mo’’jizalarga ishonish va e’tiqod qilish;


  • diniy ibodatlarning borligi;




  • diniy «muqaddas yozuv – kitob»larning mavjudligi;
  • cherkov, machitlarning diniy tashkilot sifatida faoliyat olib borishi bilan ifodalanadi.




Diniy dunyoqarashning mifologik dunyoqarashdan farqi:
a) diniy ongning o’z ob’ekti va sub’ektni qat’iy tarzda ajrata olishi, mifning esa odamni tabiatdan ajrata olmasligi;
b) dinning olamni jon va tana, ruh va vujud, Yer va osmon, tabiiy va g’ayri tabiiy sohalarga ajratishi, mifning esa o’z afsonaviy shaxslarining faqat mavjud moddiy olam qo’ynida yashaydi deb tushunishi;
v) dinda e’tiqodning amaliy xatti-harakatlar bilan chambarchas bog’liqligi, mifda esa uning hali amaliy e’tiqod darajasiga ko’tarilmaganligi;
g) dinda odamning Xudo bilan ruhan birlashuvi masalalarining aniq ifoda etilganligi, mifda individning o’z qarindosh-urug’lari bilan birlashuvining tasvirlanishi bilan belgilanadi.
Diniy dunyoqarashni teologiya ( «teo» – xudo, «logos» – ta’limot) deb ataladigan fan o’rganadi.
Dunyoqarashning navbatdagi rivojlangan tarixiy tipi falsafa hisoblanadi.
3. Falsafiy dunyoqarash: ta’rifi va xususiyatlari. Falsafiy dunyoqarash – bu olam va odam munosabatlaridagi tabiat,jamiyat va insonning eng umumiy o’zaro bog’lanish, aloqadorlik va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish asosida kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadigan va rivojlanadigan bir butun olam haqidagi ilmiy, tarixiy, mantiqiy, universal, maqsadli, g’oyaviy, nazariy bilim va amaliy xatti-harakatlarning yaxlit tizimidir.

Yüklə 93,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə