1-mavzu. Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli



Yüklə 93,06 Kb.
səhifə6/26
tarix19.10.2023
ölçüsü93,06 Kb.
#128278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Fals-fayllar.org

7. Dunyoqarashning tasnifi. Dunyoqarashni tasniflash deb ularning umumiyligi, egallagan o’rni, shakllarii, nazariy yetukligi darajalar, sohiblariga qarab bir nechta turlarga ajratishga aytiladi.
Bunda dunyoqarashni quyidagi:
1) umumiyligi bo’yicha: individual; jamoaviy; umuminsoniy;
2) tarixiy shakli bo’yicha: mifologik; diniy; falsafiy;
3) tarixiy o’rni bo’yicha: antik-qadimgi; o’rta asr; zamonaviy;
4) nazariy yetukligi bo’yicha: kundalik ommaviy; nazariy turlarga ajratish mumkin.
8. Dunyoqarashning darajalari. Dunyoqarashning darajasi har bir odamning ongida sifati bo’yicha qanday dunyoqarash qaror topganligini bildiradi. Odamning dunyoqarashini uning darajasi bo’yicha asosan hayotiy-tajribaviy va ilmiy-nazariy turlarga bo’lish mumkin.
Har bir odam o’ziga xos va o’ziga mos bo’lgan dunyoqarashga ega bo’ladi. Bir odam barcha fanlar asoslarini teran bilmasa-da, olam, tabiat, jamiyat, odam, ong va hokazolar mohiyatlarini o’zining ko’p yillik shaxsiy va ijtimoiy hayoti, mehnat tajribasi asosida birmuncha bilib oladi. Ko’p umr ko’rgan odamlarning dunyoqarashi o’z hayoti tajribasidan olgan bilimlarga boydir. Shuning uchun ham xalqimiz orasida «Qari bilganini pari bilmas» va «Qari bor uyda pari bor», degan gaplar bejiz keng tarqalmagan. O’zbek xalqining eng nodir udumlaridan biri ham qariyalarni e’zozlash va ularning pand- nasihatlari bo’yicha yashashdir. Halqimizning bir necha ming yillik hayotiy tajribasidan kelib chiqqan dunyoqarashga taalluqli nihoyatda boy va nodir fikrlari mavjud. Respublikamiz mustaqil va suveren davlat bo’lishi tufayli halqimiz bunday ziyo va durdona aql sarchashmasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi. Shu bilan birga ulug’ avlod-ajdodlarimiz bizga benihoya katta ma’naviy boylik qoldirib ketgan. Respublikamiz taraqqiy etgan davlatlar qatoriga tezda o’tib olishi uchun xalqimiz bu ma’naviy boylikdan bemalol bahramand bo’lishi kerak.
Hayotiy-tajribaviy dunyoqarashning ahamiyati va salohiyati ancha cheklangan, chunki u borlikning ob’ektiv qonunlari va odamlarning o’zgaruvchan mohiyatlariga asoslanmaganligi sababli, kelajakni oldindan bilish va jamiyatni ilmiy asosda boshqarishga imkon bermaydi.
Dunyoqarashning ilmiy-nazariy darajasi olam, tabiat, jamiyat, odam, ong va hokazolarning mohiyati va barcha fanlarda erishilgan tabiat va jamiyat to’g’risidagi bilimlarga asoslangan bo’lib, har bir odamning shaxsiy va ijtimoiy hayotida eng to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi vosita sifatida xizmat qiladi. O’zining ilmiy-nazariy dunyoqarashiga asoslanib, har bir odam o’zligini bilib va haqiqiy inson bo’lib etishi uchun jamiyata o’z o’rnini topib olishi mumkii. Albatta, bunday odamlar o’z Vatani va xalqining haqiqiy jonkuyariga aylanadi.

Yüklə 93,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə