1-mavzu. Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli



Yüklə 93,06 Kb.
səhifə4/26
tarix19.10.2023
ölçüsü93,06 Kb.
#128278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Fals-fayllar.org

5. Dunyoqarashning komponent5lari. Dunyoqarash individual va ijtimoiy ongning murakkab, sintetik, integrallashgan birikmasi bo’lib, uni tuzilishi bo’yicha to’rtta asosiy komponentga ajratib o’rganish mumkin:
1. Bilish komponenti. Bu asosan odamlarning har kuni olgan oddiy ma’lumotlari, shuningdek, professional aql-zakovati, ilmiy izlanishlari orqali hosil qilingan individual va ijtimoiy bilish natijalarini tizimlashtirish orqali dunyoning ilmiy universal va konkret-ilmiy manzrasini tasavvur etishga asos bo’ladigan tarkibiy qismidir.
2. Me’yoriy (normativ6) - qadriyatlar komponenti. Dunyoqarash faqat oddiy yoki ilmiy tarzda hosil qilingan bilimlar tizimidangina iborat emas, balki odamzodga xos bo’lgan ishonch, e’tiqod, ideal, maqsad, vijdon kabi jamiyatni tartibga solib turivchi me’yoriy (normativ) qadriyatlar tizimidan ham iboratdir. Inson – oliy qadriyat, uning tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, jarayonlarga insoniylik nuqtai nazaridan qadriyatli tarzda munosabatda bo’lishi ham dunyoqarashning tarkibiy tuzilishidagi ustunlaridan biri hisoblanadi.
3. Hissiy-idrok komponenti. Bilim, qadriyat va o’rnatilgan me’yorlarni amalda bajarish uchun, eng avvalo, ularni har bir odam chin qalbdan his etishi orqali o’zining ishonchiga, maslagiga aylantirishi, shundan so’ng esa biron-bir harakatlarni sodir etishi uchun hissiy-ruhiy jihatdan tayyor ekanligiga ko’rsatma berishi kerak bo’ladi. Shakllangan ana shu hissiy-idrok jarayoni dunyoqarashning tarkibiy tuzilishidagi muhim qismlardan biri bo’lib, usiz dunyoqarash yetarlicha shakllanmay qoladi.
4. Amaliy komponent. Dunyoqarash bu shunchaki bilim, qadriyat, ishonch va boshqalarning umumlashmasigina emas, balki odamning muayyan sharoitda o’zining xulq-atvoriga qarab amalda harakat qilishi hamdir. Amaliyotda foydasi tegmagan dunyoqarash – abstraktlikdan o’zga narsa emas. Garchand, bu komponent odamlarning aniq ish jarayonida bevosita ishtirok etmasa-da, biroq, uning optimal yo’lini ko’rsatish, shuningdek, rag’batlantirish omili bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 93,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə