1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə121/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

Biologik va ijtimoiy omillar.

Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat deganda bolalar genetik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga o’tilishi tushuniladi.

Nasldan bola inson organizmi, inson asab tizimi, inson miyasi va sezgi a’zolarini oladi.

Ota-onalardan bolalarga tana tuzilishi xususiyatlari, soch rangi, ko’z, teri rangi kabi bir insonni boshqa insondan farqlaydigan tashqi omillar o’tadi. Nasldan asab tizimining ba’zi bir xususiyatlari ham o’tadi. Bular asosida asab faoliyatining ma’lum bir turi rivojlanadi.

Inson rivojlanishida intellektual xislatlarning o’tishi masalasi juda muhimdir. Filolog va psixologlar tadqiqotlariga ko’ra qobiliyatlar nasldan o’tmaydi, faqat qobiliyatlarni rivojlantirish uchun potentsial imkoniyatlar hisoblangan qobiliyat nishonalari o’tadi.

Bola rivojlanishida irsiyat ahamiyati haqida gapirganda irsiy tabiatga ega bo’lgan bir qator kasallik va patologiyalarning mavjudligini e’tiborga olish lozim. Masalan, psixik buzilishlar (shizofreniya), qon kasalligi (gemofiliya), endokrin buzilishlar (pakanalik). Ota-onalar alkogolizmi va giyohvandligi nasl uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tashqi omillar bo’lgan atmosferaning, suvning ifloslanishi, ekologiyaning buzilishi ham bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy kamchilikli (ko’rlar, karlar, tayanch-harakatlantiruvchi apparatning buzilishi kabi kamchiliklarga ega bolalar tug’ilishi ko’paymoqda. Shunday bolalar uchun muloqotda bo’lish jamiyatga «kirish» ancha murakkabdir. Bular bilan maxsus tayyorlangan pedagoglar shug’ullanadi.

Ijtimoiy omillar. Inson bo’lib yetishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o’zi kifoya emas. Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o’zaro ta’sirda shaxs bo’lib yetishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo’la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o’sgani yanada mustahkamlaydi.

Inson bo’lib tug’ildi, lekin inson bo’la olmadi.

Hozirgi kunda inson tsivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar bor. Rim asoschilari Romul va Rem bo’ri onasi bilan emizilgan edi (shunday deb afsonada gap yuritiladi), maugli bo’rilar to’dasida tarbiyalangan edi. Inson bolalarini bo’rilar bilan boqilganining 15 holati, ayiqlar -5 ta holati, maymunlar – 10 ta holati, leopard – 1 holati, qo’y – 1ta holati ma’lum.

1920 yili Hindistonda doktor Sing bo’rilar uyasida bo’ri bolalari bilan birga ikkita qizchani (biri 2 yoshda, ikkinchisi 7-8 yoshlarda) topgan. Kichigi Amala, kattasini Kamala deb nomlashdi.

Boshida ular o’zini yovvoyi hayvonlardek tutdi. Tunda emaklab yurishardi va yugurishardi, kunduzi uxlashardi, qo’ldan foydalanmay chapillatib ovqatlanishardi. Kichik qizcha tezda o’lib qoldi, kattasi 10 yilga yaqin yashadi.

SHu yillar ichida doktor Sing Kamalani kuzatish kundaligini batafsil olib bordi. Qiyinchilik bilan o’qirdi. 2 yil uni tik turishga o’rgatishga to’g’ri keldi. 6 yildan so’ng yura boshladi, lekin ilgaridek emaklab yugurardi. Birinchi 4 yillar ichida 6 ta so’zni o’zlashtirdi. 7 yildan so’ng so’z boyligi 45 ta so’zga, 3 yildan so’ng esa 100 gacha yetdi. SHuni o’zida til jarayoni to’xtadi. Bu vaqtga kelib Kamala inson jamiyatini yaxshi ko’rdi, yorug’likdan qo’rqmay qoldi, qo’l bilan ovqatlanishga va stankandan ichishga o’rgandi. 17 yoshga yetgach Kamala rivojlanishi darajasiga qaraganda 4 yoshlik boladek edi.

Bu hol shuni ko’rsatadiki, odam oxir-oqibatda insonlar jamiyatiga tushib qolganida ham odam darajasiga yetmagan. Nima o’zi odamni odam qiladi?

Biologik individni ijtimoiy sub’ektga aylanishi odam sotsializatsiya jarayonida, uning jamiyatga «kirishida», turli xil ijtimoiy guruh va tuzilmalarga qadriyatlar, ko’rsatmalar, ijtimoiy o’zini tutish me’yor va namunalarini o’zlashtirish orqali «kirishida» sodir bo’ladi.

Sotsializatsiya – uzluksiz va ko’p qirrali jarayon. Bu jarayon ayniqsa, bolalik va o’smirlikda jadal kechadi. Agar bu jarayonni obrazli qilib uy qurilishi deb tasavvur qilsa, unda aynan bolalikda butun binoga poydevor qo’yiladi va quriladi. Keyinchalik butun umr davomida faqatgina pardozlash ishlari olib boriladi.

Bola sotsializatsiyasi jarayoni, shaxs sifatida uning shakllanishi va rivojlanishi atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirda sodir bo’ladi.




Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə