1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj va zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari. Reja



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#90177
1   2   3   4   5
1-мавзу ижм.пед.

 
 




oila 
ta'lim
madaniyat 
din 
 
 J 




А 

 
 


1.1-rasm. Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya 
(ijtimoiylashuvi) 
Fan sifatida ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini tushunish uchun u nimani 
o‘rganishini aniq ob’ekti va Mavzui. Biz ularni bu yangi ilmiy soha ajralib chiqqan 
pedagogika bilan solishtirishda aniqlaymiz. Yodimizdaki, pedagogikani o‘rganish 
ob’ekti – bola, Mavzui ‘sa bola tarbiyasi va ta’limi qonuniyatlari hisoblanadi. Unda 
ijtimoiy pedagogika ob’ekti bo‘lib ham bola, uni o‘rganish mavzusi bola 
ijtimoiylashuvi (sotsializatsiyasi) hisoblanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
1.2-rasm. Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika va sotsiologiya bilan o‘zaro 
ta’siri chizmasi 
 
Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifasi
- pedagogik sotsiologiya 
faning maqsadi jamiyatdagi har bir shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy 
muammolarni bartaraf etish va hal qilishdan iborat. Ta’lim va tarbiya masalalari 
bilan shug’ullanish, keksalar, qariyalar, kasal va boquvchisini yo’qotganlar, 
mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olish. Shu jumladan 
foxishabozlik, narkomaniya va qonunbizarlikka qarshi ko’rashish. Bu illatlardan 
jamiyatni, ayniqsa kelajak avlodni himoya qilish zarur. 
sotsiologiya 
IJTIMOIY 
PЕDAGOGIKA 
pеdagogika 


Ijtimoiy pedagogika faning vazifasi quyidagi 4 bosqichni o’z ichiga oladi. 
1.
Bolani va o’smirni haqiqatgo’y qilib tarbiyalash va voyaga yetkazish; 
2.
Shaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni mustaqil 
ravishda hal qila olishi va o’z munosabatini bildirishi
3.
Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy holda muomala qilishni orgatish; 
4.
Hayotdagi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda 
tushunishga o’rgatish; 
O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga 
ko’tarish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish, bu sohadagi ilmiy 
bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish bu jarayon davomida yo’zaga keladigan 
muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish ham katta ro’l o’ynaydi. 
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarining rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng 
avvalo, ularni odamlarga alohida g’amshurlik va e’tibor talab etadigan madaniy- 
tarixiy anana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda raxm- 
shavkat, «hayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda ko’p ishlatiladi. Ammo 
ularning aniq ifodalangan o’ziga xos jihatlari ham bor, mamlakatimizning 
dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namayon 
bo’ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohasida rivoj topdi, 
ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida ta’kidlanganidek, ta’lim tizimida va yoshlar 
ishlari bo’yicha qo’mita muassasalarida rivojlandi. Ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy 
xodimlar faoliyati asta-sekin kengayib, biri ikkinchisini to’ldira bordi. Ishlarini 
uzviy ravishda qilish, ya’ni ma’naviy-mafko’raviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika 
bilan birga olib borish uchun zarur haroit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika 
sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo’lib, tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yishda 
haqiqiy jo’shqinlik kasb etadi. 
Ko’pgina mustaqil fanlarning birlashib bir obektni har xil nuqtai nazardan 
o’rganganda integratsiya muammosi ko’zatiladi. Masalan, pedagogikaning boshqa 
fanlar bilan tiknashishi natijasida yana mustaqil fanlar yo’zaga keldi. Falsafa bilan 
ta’lim falsafasi, sotsiologiya bilan ta’lim va tarbiya sotsiologiyasi, psixologiya 
bilan pedagogik psixologiya. 


Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi. Uning kuzatuv markazida 
pedagogikada o’rganladigan barcha jarayonlar namoyon bo’ladi. 
Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida bolaning ijtimoiy 
muhitda rivojlanishi (sotsiumda rivojlanishi) bilan shug’ullanadi. 
Sobiq Sho’ro’lar davrida ijtimoiy pedagogika tushunchasi deyarli 
qo’llanilmadi. Ijtimoiy pedagogikani ijtimoiy falsafada inson, muhit va tarbiya, 
shaxsning shakllanishi, o’qitish, insonning tug’ilganidan to umrining oxirigacha 
faqat tashqi omillar ta’sirida bo’ladi deb tushintiriladi. 
Ijtimoiy pedagogika tarbiyalash jarayonini, shaxs sotsialogiyasin amaliy va 
nazariy tomonidan ko’rib chiqadi. U inson xulq-atvorining tashqi muxit ta’sirida 
o’zgarishini yoki mos kelishini o’rgatadi, bu shaxsni ijtimoiylashtirish deyiladi. 
Hozirgi davrda ijtimoiy pedagogika - «bu barcha yoshdagi va ijtimoiy 
tabaqadagi odamlarni, maxsus Ushbu maqsad uchun tashkil qilingan 
muassasalarda ijtimoiy tarbiyalashni o’rganadigan pedagogikaning sohasi 
hisoblanadi» (A.V.Mudrik). 
V.D. Semyonov ta’kidlashicha, «ijtimoiy pedagogika yoki muxit 
pedagogikasi yondosh fanlarning ilmiy yutuqlarini o’zaro bog’laydigan va ularni 
ijtimoiy tarbiya amaliyotida foydalanadigan ilm sohasi hisoblanadi». 
Ijtimoiy pedagogika yosh davrlar pedagogikasi, pedagogika tarixi, ijtimoiy 
falsafa, ijtimoiy psixologiya fanlari bilan chambarchas ravishda rivoj topmoqda. 
«Ijtimoiy pedagogika» talim sotsialogisi, tarbiya sotsialogiyasi va hozirgi 
davrdagi jamiyatdagi tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishni o’z ichiga 
oladi. 
Ho’zirgi davr ijtimoiy pedagogikasi, insonparvarlik, bolalarga bo’lgan talab 
va hurmatning birligi, ya’ni birga ishlashish bo’lib hisoblanadi. Shaxsga yordam 
berish, zo’ravonliklarni oldini olish ijtimoiy pedagogikaning asoslaridan biri 
hisoblanadi. 
Bola rivojlanishi haqida tushuncha

Inson rivojlanishi – juda murakkab
jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki kuchlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Tashqi 
omillarga insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdek bolalarda 


muayyan xislatlarni shakllantirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat kiradi. 
Ichki omillarga ‘sa biologik, irsiy omillar kiradi.
 
Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o‘yin, 
mehnat, o‘quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona 
kishilar va b. bilan). Bunda u o‘ziga xos bo‘lgan faollikni namoyon ‘tadi. Bu 
muayyan bir ijtimoiy tajribani ‘gallashga yordam beradi. 
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, 
etakchisi bo‘ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning 
yangi turi oldingisining ichida yuzaga keladi. 
Bola tug‘ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim
ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o‘zlashtirib 
olishi mumkin. Bu o‘z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bilish va 
o‘zlashtirishda etakchi vazifani bajaradi. 
SHaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib bola ehtiyoji va uni 
qoniqtirish imkoniyati o‘rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi. 
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan
ikki parallel chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo‘shilib 
ketadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi 
asosida ikki o‘ta muhim bo‘lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va 
muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə