1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj va zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari. Reja



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#90177
1   2   3   4   5
1-мавзу ижм.пед.

 
bo’lishi kerak;
 
-
ijtimoiy pedagog faoliyat metodikasi va texnologiyasi; asotsial oilaga 
ijtimoiy - pedagogik yordamning asosiy shakllari; ijtimoiy pedagog faoliyatida 
ishontirish metodlari, korrektsiya, mashqlarini qo’llash; kasbiy faoliyatda 
sotsiologik metodlardan foydalanish; ijtimoiy pedagogik texnologiyalarini 
qo’llash; xavotirli oila ijtimoiy maqomini tavsiflash; xavotirli oila bilan ishlash 
metodlarini qo’llash
 
ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; 
-
ota-ona vasiyligisiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib 
borish; deviant xulqli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish va 
olib borish
 
malakalariga ega bo’lishi kerak.
 
Ijtimoiy pedagogika nazariyasi fani mutaxassislik fani hisoblanadi. Dasturni 
amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy 
(O’zbekiston tarixi, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy nazariya, politologiya, 
madaniy antropologiya), matematik va tabiiy (yosh fo’ziologiyasi va gigiena), 
umumkasbiy (pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi, oila pedagogikasi, xalq 
pedagogikasi, umumiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya), ixtisoslik 


(pedagogik konfliktologiya, pedagogik valeologiya) fanlari bilan o’zaro aloqada 
olib boriladi. 
Kelajakda O’zbekistonni yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina 
emas, balki bilimdan, ma`naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil 
qilish lozim. Komil inson-yyetuk shaxsning shakllanishida Kadrlar tayyorlashning 
milliy modeli va dasturi hal qiluvchi ro’l o’ynaydi. 
Milliy model va dastur maqsad va vazifalarini amalga oshirish o’z Vataniga 
fidokor, istiqlol va demokratiya g’oyalariga sadoqatli shaxsni shakllantirishga 
xizmat qiladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy 
jarayonlarga faol ta’sir ko’rsatadigan. O’z mamlakatni taqdiri uchun ma’sul 
bo’lgan shaxsni tarbiyalash-Kadrlarni tayyorlash milliy dasturining bosh 
maqsadlaridan biridir. 
Miliy istiqlol g’oyasi, o’z mohiyatiga ko’ra, xalqimizning asosiy 
maqsadlarini ifoda etadigan, uning o’tmishi bilan kelajagini bog’laydigan, uning 
asriy orzu- umidlariga yetishishga xizmat qiladigan g’oyalar tizimidir. 
Milliy istiqlol g’oyasi: 

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarga, demokratiya prinsplariga asoslanadi; 

Xalqning asrlar davomida shakllanib kelgan yuksak ma’naviyatini, 
uning an’analari va odatlarini, buyuk ajdodlarimizning umrboqiy merosini o’z 
ichiga oladi; 

Ezgulik, adolat va haqiqat, ozodlik va mustaqillik g’oyalarini, xalq 
ishonchi va e’iqodini ifodalaydi; 

Vatanning gullab - yashnashiga, Vatanda tinchlik ta’minlanishiga, 
xalq farovonligi oshishiga xizmat qiladi; 

Jamiyatning hamma a’zolarini, barcha aholi qatlamlarini milliy g’oya 
–O’z bekistonning buyuk kelajagi maqsadlariga erishishga safarbar qiladi; 

Millatidan, tili va dinidan qatiy nazar, har bir fuharoda milliy iftixor 
va qadr - qimmat tuyg’ularini, Vatanga muhabbatni, o’zaro hurmatni, mustaqillik 
g’oyasi va demokratiyaga sadoqatni tarbiyalashi kerak; 



Marifatparvarlik orqali jamoatchilik ongida taraqqiyyot, erk va milliy 
istiqlol g’oyalarini shakllantiradi. 
Milliy istiqlol g’oyasi har bir vatandoshimiz, uning oilasi, butun jamiyat 
uchun Vatan oldidagi burch va mas’uliyatini bajarishning ma`naviy mezonidir. 
Milliy istiqlol g’oyasi ana shu talablarga javob berganidagina quyidagi asosiy 
vazifalarini bajarishga qodir bo’ladi: 

Fuqaro’larning yot g’oyalardan mustaqil dunyoharashini va erkin 
tafakkurini, progressiv ijtimoiy ongni shakllantirish; 

Ijodiy, erkin fikrlaydigan, o’z bilimlari va kuchlariga ishonadigan 
shaxsni tarbiyalash; 

Odamlarning, ayniqsa yoshlarning, yuksak ozodlik va taraqqiyot 
ideallariga ishonchini mustashkamlash, chinakam gumanistik e’tiqodlar 
mustashkamlanishiga xizmat qiladigan yuksak axloqiy muhitni yaratish; 

Vatandoshlarimizning o’zligini anglashi, ayniqsa milliy iftixor va qadr 
- qimmat tuyg’ulari, tarixiy xotiraga sadoqat, vatanparvarlik, muqaddas 
qadriyatlarimizga avaylab munosabatda bo’lish tuyg’ulari o’sishiga yordam berish; 

Xalqda or -nomus va halollik, saxiylik, kamtarlik va boshqa shu kabi 
axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; 

Ko’p millatli xalqimiz ongida "O’zbekiston - umumiy Vatanimiz'' 
degan e’tiqodini shakllantirish va rivojlantirish. 
Mamlakatimiz kelajagi uchun Oliy majlisning IX sessiyasida qabul qilingan 
Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasto’rning amalga oshirilishi juda muhim 
ahamiyatga ega-deydi 
1-Prezidentimiz I.A.Karimov. Bu dasturni bajarish uchun javobgar kishilar 
oldiga men quyidagi vazifalarni qo’ymoqchiman: 
Ta’im tizimida mazkur tajriba qanday o’tayotganini va uning dastlabki 
natijalarini chuqur tahlil etib, ta’im andozalari, o’quv rejalari va dasturlari 
mazmuniga islohatlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, ya’ni yangi 
avlodni kamol toptirishga qaratilgan zarur tuzatishlar kiritish darkor. 


Ana shu vazifalarni bajarish ijtimoiy munosabatlarni uygunlashuviga xizmat 
qiladi, davrning tobora oshib borayotgan talablariga javob berishga qodir bo’lgan 
mutlaqo yangicha tipdagi shaxsning shakllanishini ta’minlaydi. Milliy g’oyani 
ro’yobga oshirish jarayonida uzluksiz ta’im tizimlarini, Ko’proq xalq 
pedagogikasida, o’yinlarda va shu kabilarda o’z aksini topgan progressiv milliy, 
ma`naviy - axloqiy qadriyatlar va me’yorlarni qayta tiklash, rivojlantirish hamda 
hozirgi hayotga, o’quv - tarbiya ishlariga joriy etish bilan chambarchas bog’liqdir. 
Har bir insoning shaxsi ta’im, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada 
u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo’lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy ro’lni 
o’zlashtirib oladi, o’zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko’radi, 
jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa 
shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi. Ijtimoiy pedagogika ma`naviy – ma’rifiy 
faoliyatning alohida sohasi sifatida uning ommaviyligi, barcha aholi o’rtasida 
milliy istiqlol g’oyalarini targ’ibot - tashviqotini keng olib borish imkoniyatini 
beradi. 
Ijtimoiy pedagogika predmeti sa’natdan shaxsga ta’sir etadigan g’oyaviy - 
emostional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi. 
Ijtimoiy pedagogika O’zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham 
o’zoq va chuqur an’analarga ega. Shunga qaramay sovet davrida ijtimoiy 
pedagogika yutuqlari e’tiborga olinmadi. Bunday muammolarni shaxsga, 
hamkorlik an’analariga, rahm-shavqatga, milliy an’analarga befarq bo’lish holatlari 
bilan izoxlash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya sohasi mutaxassislari oldida turgan 
vazifalarni murakkalashtirib yuboradi. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogikani 
rivojlantirish va mazkur yonalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb 
etadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat 
ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshharmalarinigina 
emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek, ijtimoiy- pedagogik 
faoliyatining ilmiy-tadqiqot bazasinni ham o’z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogika 
yaqin kelajakda oqituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, 
chunki ayrim olamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma`naviy -axloqiy 


og’ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi ko’rashga nisbatan ancha 
osondir. 
Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchun uning 
tadqiqot obekti xususiyatlarini o’rganmoq lozim. Shu sabab fanda tadqiqot obekti 
va predmeti tushunchasi mavjud. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obekti va 
predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining o’ziga ahamiyat 
bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika so’zlaridan tashkil topib ularni 
ma’nosini o’zida jamlayadi. Bu birlik fanda differentsatsiya va integratsiya 
xodisalari bilan birgalikda namoyon bo’ladi.Yangi bilimlarni o’sishi ilmiy fikrlarni 
real hayotga tatbiq etilishi, yangi mualimmlarni yuzaga kelishi jamiyatni ilmga 
yoshtiyojini yo’zaga keltirish darajasi fanning differentsnatsiyasi va 
maxsuslashtirish tendentsiyasi ko’zatiladi.Asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi 
xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek, bir qator muammolarni hal qilishda 
to’plam nuqtai nazardan bir obektni o’rganuvchi mustaqil fan birligini o’zida 
namoyon qiluvchi integratsiya hodisa ko’zatiladi. 
Masalan: pedagogikani boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil 
obektlari alohida ko’zatiladi: falsafa bilan birgalikda talim falsafa psixologiya bilan 
o’zaro munosabatda psixolo- pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda. Bunday 
misollarni ko’plab keltirish mumkin. Pedagogikada keyingi vaqtda differentsiya 
xodisasi yetarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi 
tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, pro`lessional 
pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ijtimoiy pedagogika shular 
jumlasidandir. 
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obyekti pedagogika o’rganadigan jarayon 
va voqelik bo’lib, u masalani muayyan, o’ziga xos aspektda ko’radi. Uning o’ziga 
xosligi esa «ijtimoiy» degan so’zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning obyekti 
insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, 
madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o’z nazariyasini, 
metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi.


Ijtimoiy pedagogiki davlat va jamiyat institutlarining ma`naviy ma’riy 
markazlari faoliyati sohasidir, bu yerda yangi qadriyatlar san’ati shakllantiruvchi 
va birlashtirib turuvchi faoliyat jamlanadi. «Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning 
birga yashashi bilan bog’liq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning muloqati va 
o’zaro aloqalari turli shakllarda bo’ladi.
Demak, pedagogika o’sib kelayotgan avlod tarbiyasi va talimi to’grisidagi 
fan bo’lib, ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va unga talim 
berish to’g’risidagi fandir. 
Ijtimoiy pedagogika jarayon va hodisalarni ma’lum spetsifik aspektda o’rganadi. 
Pedagogik bilimlarning bu yangi tarmog’i spetsifikasi «ijtimoiy» so’zida namoyon 
bo’ladi. «umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning o’zaro 
muloqat» formalari bo’lgan narsa-hodisalarni o’zida jamlaydi. Shunday qilib, 
pedagogika yosh o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalovchi va talim beruvchi fan 
asoslari ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning jamiyat hayotiga 
kiritishni ta’minlaydigan aspektni tadqiq etadi. 
Insonni atrofidagi muhit bilan o’zaro aloqasiga ta’siri asosida rivojlanishini 
uning ijtimonylashish jarayoni deb ta’kidlash mumkin. 
Ijtimoiy me’yor -madaniyat qadr-qimmatlar egallashi lozim shuningdek, bu 
jamiyatda insonni o’z qobiliyatlarini realizatsiya qilinish, nazorat qilish ijtimoiy
tajribani egallash (bilimlar qadr-qimmat xulq-atvor qoidalari jarayoni ijtimoiy 
hodisa deb nomlanadi. Bolani ijtimoiylashtirish murakkab va davomli hodisadir. 
Bir tomondan har qanday jamiyat o’zining rivojlanish yetapida ma’lum ijtimoiy, 
ma`naviy qadr- qimmat, o’zini tutishi, axloqiy qonun-qoidalar, me’yorlar ishlab 
chiqadi. 
Jamiyat bir avlod shu jamiyatdagi qonun-qoidalarni egallab uning teng huquqli 
a’zosi sifatida yashab, faoliyat ko’rsatishni ko’zda tutadi. Buning uchum jamiyat 
ta’im-tarbiya me’yori orqali shaxsga ta’sir kursatadi Ikkinchi tomondan, atrofdagi 
olamda sodir etilayotgan turli hodisalar uning shakllanishga ta’sirini ko’rsatmay 
qolmaydi. Jamiyat o’zaro munosabatda bo’lgan o’zaro harakatlanadigan xilma-xil 
ijtimoiy institutlarni o’zida namoyon qiladi. Shular orqali bola tomonidan ijtimoiy 


me’yorlarni egallash jarayoni amalga oshadi. Bulardan bazilari bolani rivojlanishi 
va ijtimoiy shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlarini 
shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday ijtimoiy institutlar qatoriga 
oila,ta’im, madaniyat va din kiradi. 
O’z qobiliyatini inson tomonidan jamiyatda ko’plab quydagi jarayonlarda 
amalga oshadi; 
A)
Insonlarni insonni jamiyat bilan stixiyali o’zaro munosabatda va uning hayotiy 
jabhalariga stixiyali ta’lim jarayonida. 
B)
u yoki bu kategoriyasiga davlat tomonidan pedagogika nimani o’rgatadi. 
Ijtimoiy pedagogika insonlarning butun egalayotganayotgan davom etayotgan 
amalga oshiradigan ijtimoiy tarbiyani tadqiq ta’ sir ko’rsatish jarayonida. 
V) Inson rivojlanishi, uni tarbiyalash uchun qulay shart—sharoitlar yaratish. 
G) Inson o’zini tarbiyalashi va rivojlantirish jarayonida. 
Shunday qilib, rivojlanish insonni shakllanish jarayoni, ijtimoiylashtirish- konkret 
ijtimoiy sharoitlar asosida rivojlantirishdir. 
Inson tarbiyasi asosan oilada amalga oshiriladi. Bu holatda biz oilaviy 
pedagogika ob’ekti bo’lgan oilaviy xususiy tarbiyalarida muloho’za yuritamiz. 
Tarbiyalash diniy idoralar orqali amalga oshadi. Bunda konfessional tarbiyaga 
duch kelamiz. Tarbiyalash davlat va jamiyat tomonidan shu maqsadida tashkilotlar 
orqali yo’zaga keladi. Bu ijtimoiy pedagogika tadqiqot obekti bo’lgan ijtimoiy 
tarbiyalash jarayoni hususida fikrlaymiz. Ijtimoiy tarbiyalash siyosatshunoslik, 
ijtimoiy: jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika matnda uni 
ijtimoiylashtirish bilan borish oldida o’rganadi ya’ni, planeta, mamlakat 
maktablardagi inson tarbiyasiga ijtimoiy omillar ta’sir etish ishlab chiqarish 
tarbiyasida oila, ommaviy axborot vositalar, atrofda odamlar bilan muloqot o’rnini 
ko’rib chiqadi. 
Ijtimoiy pedagogikani nima uchun o’rganish lozim: Ijtimoiy pedagogika - 
fanning shunday tarkibiki uning vositasida: Birinchidan inson hayotda ma’lum 
sabablar asosi ichida yu’zaga kelgan xodislar o’rganiladi. 


Ikkinchidan insonning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishni ko’zda 
tutadi. Uchinchidan ta’sir etuvchi hodisalarni oldini oladi. 
Ijtimoiy pedagogika o’quv predmeti sifatida ijtimoiy pedagogik faoliyat 
tasvirini harakterlaydigan vazifasini amalga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirish 
ijtimoiy pedagogikani o’rganish jarayonida talabalar tomonidan bir qator 
maqsadlarni amalga oshirshni ko’zda tutadi: mal’um doiradagi nazariy bilimlarni 
egallash va bularni amalda qo’llash muammoni oldindan ko’rish va yechishga 
sub’ekt va ijtimoiy jarayonga ko’ra ijtimoiy gumanitik munosabatlarni 
shakllantirish. 
Demak, ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy tarbiya va bilim berish 
ishchanglikning o’ziga xos alohida usullarga ega bo’lgan pedagogikaning bir qismi 
hisoblanadi. 
Ijtimoiy pedagogika usullari shaxsga uning o’z-o’zini shakllantirishga, 
tarbiyalashga, tashkil qilish va mustaxkamlashga qaratilgan bo'ladi. Ijtimoiy 
pedagogika nimani o’rgatadi ? 
Ijtimoiy muhit, birinchidan keng ijtimoiy haqiqatlik, jamiyat davlat, 
ikkinchidan, bolaning shakllanishiga batafsil ta’sir ko’rsatadigan uni qurshagan 
atrof-muxit bo’ladi. 
Ijtimoiy tarbiya- bu ko’p ma’noga ega tushunchalardir. Bu jamiyatning kelajak 
avlod hayolidagi g’amho’rligi, jamiyat, jamoa va boshqa odamlar tomonidan uni 
qo’llash, oila va hayot munosabatlarida shakllangan axloqiylik munosabatlarini 
o’zlashtirish va hosil qilishda, huquqiy, iqtisodiy, fuqoralik va hayotiy 
munosabatlarni qabul qilishda insonga yordamlashish bo’ladi. 
Haqiqiy tarbiya bolaning ruxiyatini, bilim, tajriba va qiziqishini teran 
tushunishni talab qiladi. Muayyan yutuqqa erishishi uchun bolani o’rgatish, nazorat 
qilish harakterlariga tanqidiy ko’z bilan qarash,uning yashayotgan sharoitini bilish 
atrof-muxitning unga ta’sirini bilish zarur bo’ladi. 
Ijtimoiy tarbiya insonga, uni shakllantirishda muayyan turmush sharoitlarida 
yutuqqa erishishda, ijtimoiy munosabatlardagi yo’nalishlarini ko'cha-ko’yda klub 
va maktabdan tashqari maktabdan tashhari muassasalarida amalga oshiriladi. 


Ijtimoiy ish termini insonga, guruhga, ularning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga 
yordam beradigan kasbiy ishchanglikni anglatadi. 
Ijtimoiy pedagogika ishchanlik- bola (o’spirimga) o’zining psixik holatini 
tashkil qilishni, oilada, maktabda, jamiyatda yaxshi munosabatlarni joriy etishga 
yordamlashishga yo’naltirilgan. 
Hozirgi davrda bolani (o’spo’rinni) ijtimoiylashtirish amalga oshirilmoqda. 
Uni jamiyatda azob berishga, huquq buzishga, yo’lg'onchilikka alkogolchilikga, 
narkomaniyaga, ota-onaning qattiq qo’lliliga qarshi turishiga yordam berish kerak. 
Shuningdek, jamiyatda o’zini yaxshi tomonidan ko’rsatishga, o’z-o’zini 
tarbiyalashga, axloqiy munosabat odobini bilishga o’rgatish kerak. 
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogika asosida shaxsni tarbiyalash (jamiyatda 
va jamiyat uchun) bo’lar ekan, ijtimoiy pedagogikaning vazifasi erkin, ijodkor, 
insonlar bilan yaxshi munosabatda bo’lishga moyil, o’z sog'ligi va vaqti uchun 
javobgarchilik xissini sezadigan fuqorani shakllantirishdan iboratdir. 
Ijtimoiy pedagogikaning obekti davlat, ijtimoiy va shaxsiy ta’lim 
muassasalaridagi talim va tarbiyadir. 
Hozirgi sharoitda bu ijtimoiy pedagogikaning nazariy va amaliy 
munosabatlari: bolalarni ijtimoiy tomonidan muxofaza qilish har xil tarbiya va 
talim muassasalari, oila, pedagogik jamoalarning bolalar bilan olib boriladigan 
ijtimoiy ishchangligining nazariy va metodik masalalari hisoblanadi. 
Ijtimoiy pedagogika tarbiya jarayonida oila tarbiyasining xususiyatini, 
milliy, dini va jamoa tarbiyasining o’ziga xosligini hisobga oladi. Ijtimoiy 
pedagogikaning faoliyati (funksiyasi): 
1.
Bolaning (o’spirinning) axvolini, oiladagi, maktabdagi, mahalladagi, 
jamoadagi munosabatini ziddiyatli sharoitlarini o’rganishdan iborat. 
2.
Og’ir sharoitga tushgan bolaga yordam berish. Inqirozdan chiqish yo’lini, 
variantlarini topish, og’ir haroitlarida uni qo’llab-quvatlash. 
3.
Bolani qurshagan muxit va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillarning va 
ijtimoiy tarbiyaning ahvolini bilish, talqin qilish. 


4.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy tarbiyani talqin qilish umumiylashtirish va 
tashviqot qilishni amalga oshiradi. 
5.
Ijtimoiy pedagog bolaning muammolari bilan mashshur bo’lgan 
mutaxassislar tashkilotlarning harakatlarini yo’naltiradi. 
6.
Ijtimoiy pedagogika har xil ijtimoiy tarbiya muammolarini tadqiqot 
qilishni va har xil pedagogik markazlarining ishlarini talqin qiladi va 
tashkillashtiriladi. 
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogika funksiyalari (faoliyati) quyidagilardan 
iborat: 
-tarbiyaviy.-ijtimoiy huquqiy,-ijtimoiy- davolovchi. Tarbiyaviy faoliyat bolani 
kurshagan atrof-muxitga kiritish uni ijtimoiylashtirish jarayonidandir. Uning 
tarbiya va ta’lim jarayonida moslashishidan iborat bo’ladi. 
Ijtimoiy-huquqiy davlatning bolalarga g’amxo’rligini, ularni huquqiy himoya 
qilishni anglatadi. Ijtimoiy davolovchi faoliyat- majrux bolalar, jismoniy yoki 
psixik jihatdan kamchiligi bor bolalar bilan o’tkaziladigan ta’lim- tarbiyaviy ishlar 
bo’lib, bunda pedagog asosiy ijtimoiy faoliyatini bajaradi.
Ijtimoiy pedagogikaning amaliy masalalari shundan kelib chiqadi: 
1.
Bola ongida olijanoblik, adolatlilik yaqinlariga barcha tirik jonzodga 
hurmat qilish tushunchalarini tarbiyalash. 
2.
Inqirozdan chiqish (mustaqil ravishda), hayotning maqsadi va 
mazmunini aniqlash. 
3.
Qurshagan atrof (muxitni odamlarning jismoniy va dini 
o’zgachaligini, jamiyatdagi huquq va vazifani xis qilishni rivojlantirish). 
4.
O’zining obro’sini erkinligini ishonchini rivojlantirish. 
5.
Bolaga insonlar bilan o’z tengqurlari bilan qanday munosatda bo’lish 
ko’nikmasini singdirish. 
6.
Insonlar orasidagi harama-qarshilikni shaxs va jamiyatdagi 
ziddiyatlarini yechishda axloqiy va huquqiy me’yorlarga asoslanish kerakligini 
tushunishga o’rgatish. 


Ushbu amaliy vazifaning mazmuni shuki har bir narsaga shurmat bilan 
harash, o’z hayotini tashkil qilishga o’rgatish, bilish qiziqishlarini rivojlantirish, 
o’zining shaxsiy imkoniyatlaridan foydalanishga o’rgatishga iboratdir. 
Ijtimoiy pedagogika predmeti va ob’ekti-
 
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida 
pedagogikadan ajralib chiqdi. Uni o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pedagogika 
fani tomonidan o‘rganadigan, biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish 
jihatdan tadqiq qilinadi. Pedagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi 
“ijtimoiy” so‘zida namoyon bo‘ladi.
 
“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning 
birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va bir-biriga ta’sirining 
turli xil shakllari birlashtiradi.
Pedagogika – bu fan sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limi 
haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ‘sa tarbiya va ta’limning bolalar 
hayotining jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga 
“kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga ‘ga bo‘lishi (bilim, boylik, o‘zini 
tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi. 
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har 
qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy 
qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me’yor va qoidalariga ‘ga bo‘lishi, shu jamiyatda 
yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo‘lishga intiladi. 
Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro 
ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi 
hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini 
o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini 
o‘zlashtiradi. SHunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash 
mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi. 
Oila – ijtimoiylashishning etakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy 
bilimni ‘gallaydi, ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va ‘ng 


yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, hayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan 
oladi. 
Ta’lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay 
oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi 
hayotga moslashadi. 
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan 
moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish 
jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning 
ta’siri tegadi. 
Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ‘ga. Bir butunicha 
tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va 
sig‘inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, 
islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g‘amxo‘rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, 
mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar 
bolaning jamiyatdagi ahloqiy me’yorlari ta’sir ‘tishi mumkin. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə