1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj va zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari. Reja



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix28.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#90177
1   2   3   4   5
1-мавзу ижм.пед.

Biologik va ijtimoiy omillar- 
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni 
inson qiladigan umumiylikni hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli 
qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat deganda bolalar genetik dasturiga 
kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga o‘tilishi 
tushuniladi.
 
Nasldan bola inson organizmi, inson asab tizimi, inson miyasi va sezgi 
a’zolarini oladi. 
Ota-onalardan bolalarga tana tuzilishi xususiyatlari, soch rangi, ko‘z, teri 
rangi kabi bir insonni boshqa insondan farqlaydigan tashqi omillar o‘tadi. Nasldan 


asab tizimining ba’zi bir xususiyatlari ham o‘tadi. Bular asosida asab faoliyatining 
ma’lum bir turi rivojlanadi. 
Inson rivojlanishida intellektual xislatlarning o‘tishi masalasi juda 
muhimdir. Filolog va psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra qobiliyatlar nasldan 
o‘tmaydi, faqat qobiliyatlarni rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlar 
hisoblangan qobiliyat nishonalari o‘tadi. 
Bola rivojlanishida irsiyat ahamiyati haqida gapirganda irsiy tabiatga ega 
bo‘lgan bir qator kasallik va patologiyalarning mavjudligini etiborga olish lozim. 
Masalan, psixik buzilishlar (shizofreniya), qon kasalligi (gemofiliya), endokrin 
buzilishlar (pakanalik). Ota-onalar alkogolizm iva giyohvandligi nasl uchun salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi omillar bo‘lgan atmosferaning, suvning ifloslanishi, 
ekologiyaning buzilishi ham bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy 
kamchilikli (ko‘rlar, karlar, tayanch-harakatlantiruvchi apparatning buzilishi va b) 
bolalar tug‘ilishi ko‘paymoqda. 
SHunday bolalar uchun muloqotda bo‘lish jamiyatga “kirish” ancha 
murakkabdir. Bular bilan maxsus tayyorlangan pedagoglar shug‘ullanadi. 
Ijtimoiy omillar 
Inson bo‘lib etishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o‘zi kifoya emas. 
Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan 
o‘zaro ta’sirda shaxs bo‘lib etishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, 
ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo‘la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, 
ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o‘sgani yanada mustahkamlaydi. 
Inson bo‘lib tug‘ildi, lekin inson bo‘la olmadi. 
Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar 
bor. Rim asoschilari Romul va Rem bo‘ri onasi bilan ‘mizilgan ‘di (shunday deb 
afsonada gap yuritiladi), maugli bo‘rilar to‘dasida tarbiyalangan edi. Inson 
bolalarini bo‘rilar bilan boqilganining 15 holi, ayiqlar -5 holi, maymunlar – 10 
holi, leopard – 1 holi, qo‘y – 1 holi ma’lum. 


1920 yili Hindistonda doktor Sing bo‘rilar uyasida bo‘ri bolalari bilan birga 
ikkita qizchani (biri 2 yoshda, ikkinchisi 7-8 yoshlarda) topgan. Kichigi Amala, 
kattasini Kamala deb nomlashdi. 
Boshida ular o‘zini yovvoyi hayvonlardek tutdi. Tunda emaklab yurihardi va 
yugurihardi, kunduzi uxlahardi, qo‘ldan foydalanmay chapillatib ovqatlanihardi. 
Kichik qizcha tezda o‘lib qoldi, kattasi 10 yilga yaqin yashadi. 
Shu yillar ichida doktor Sing Kamolani kuzatish kundaligini batafsid olib 
bordi. Qiyinchilik bilan o‘qirdi. 2 yil uni tik turishga o‘rgatishga to‘g‘ri keldi. 6 
yildan so‘ng yura boshladi, lekin ilgaridek emaklab yugurardi. Birinchi 4 yillar 
ichida 6 ta so‘zni o‘zlashtirdi. 7 yildan so‘ng so‘z boyligi 45 ta so‘zga, 3 yildan 
so‘ng ‘sa 100 gacha etdi. SHuni o‘zida til jarayoni to‘xtadi. Bu vaqtga kelib 
Kamala inson jamiyatini yaxshi ko‘rdi, yorug‘likdan qo‘rqmay qoldi, qo‘l bilan 
ovqatlanishga va stankandan ichishga o‘rgandi. 17 yoshga etgach Kamala 
rivojlanishi darajasiga qaraganda 4 yoshlik boladek edi. 
Bu hol shuni ko‘rsatadiki, odam oxir-oqibatda insonlar jamiyatiga tushib 
qolganida ham odam darajasiga etmagan. Nima o‘zi odamni odam qiladi? 
Biologik individni ijtimoiy sub’ektga aylanishi odam sotsializatsiya 
jarayonida, uning jamiyatga “kirishida”, turli xil ijtimoiy gurux va tuzilmalarga
qadriyatlar, ko‘rsatmalar, ijtimoiy o‘zini tutish me’yor va namunalarini 
o‘zlashtirish orqali “kirishida” sodir bo‘ladi. 
Agar bola ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirmasa (muhit negativ 
ta’siri natijasida), unda tarbiyachilar va mutaxassislar harakatlari ijtimoyi 
moslashuvga (ijtimoiy muhit hart-haroitlariga moslashish) yo‘naltirilgan bo‘lishi 
lozim. 
Agar ijtimoiy ahamiyatga e‘ga xislatlarning shakllanmaganligi shunchalik 
yuqori bo‘lsa, bolani ijtimoiy muhit shart-haroitlariga moslashishiga halaqit bersa, 
ya’ni uning ijtimoiy qarshi moslashuvi sodir bo‘lsa, bu holda bola bilan 
yo‘qotilgan ijtimoiy aloqa va munosabatlarni tiklashga yo‘naltirilgan maxsus 
choralar tizimini tadbiq etishni ko‘zda tutadigan ijtimoiy tiklanish zarur. 


Shunday qilib, rivojlanish jarayonida bola sotsiumda ijtimoiy moslashuvni 
o‘z ichiga oladigan uning sotsializatsiyasi amalga oshirilishi kerak. Agar bu sodir 
bo‘lmasa, boshqa hol - qarshi moslashuv holi kuzatiladi, unda bolani ijtimoiy 
qayta tiklash zaruriyati yuzaga keladi. 
5 Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati haqida fikr 
yuritishdan ilgari «Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Zero 
unda mustaqil “Ijtimoiy”, “Pedagogika” yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mustaqil fan 
mujassamlashgandir. Bir necha fanlarning bunday birlashuvi tasodifiy xol 
bo‘lmasdan balki, u ixtisoslashuv jarayonlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat fan 
olamida keyingi yillarda ixtisoslashuv jarayoni bir muncha rivojlandi. Buni birgina 
pedagogika fani misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, «Maktabgacha 
pedagogika», «Maktab pedagogikasi», «Maxsus pedagogika», «Kasb-xunar 
pedagogikasi», «Oila pedagogikasi», kabilar. Fanlarni bu taxlitdagi o’zaro 
birlashuvining asosida ma’lum bir maqsadga qaratilganlik yotadi. Bu xolni 
«Ijtimoiy pedagogika» dan ham aniq ko‘rish mumkin. Darxaqiqat ijtimoiy 
pedagogika ham pedagogika kabi ta’lim tarbiya jarayoni va xodisalarini o‘rganadi 
Ammo shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, u ularni muayyan o‘ziga xos yo‘nalishda 
o‘rganadi. Chunki, mazkur fanning o‘ziga xos bo‘lgan tomoni “Ijtimoiy” iborasida 
mujassamlashtirilganligidir. “Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) 
tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan 
bog‘liq jarayonlar tashkil etadi.
Bundan 
shunday xulosa kelib chiqadiki
, agarda pedagogika o‘sib kelayotgan yosh 
avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-
tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq qonuniyat 
va xodisalarni o‘rganadi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bolaning 
jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi 
(bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) bilan bog‘liqdir. Buni ijtimoiylashuv 
deyiladi. Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob’ekt va predmetini 
qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. 


Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq 
o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani 
tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani 
ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir. Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va 
ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday 
muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning 
boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu 
muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. 
Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va 
maktabdan tashqari muassasalardagi tarbiya va qayta tarbiya, bolalar uylari, 
qariyalar uylarida yashovchilarga g‘amxo‘rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar 
kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning o’ziga xosharakteri uning boshqa fanlar bilan 
munosabatida bevosita namoyon bo‘ladi. Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa 
inson borlig‘i masalalarini o‘rtaga qo‘yadi va ularga javob topishga harakat qilib, 
dunyoqarashning umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning 
“ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo‘limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan 
kelib chiqadi va bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarga suyanadi. 
Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining 
umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini 
va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika etika 
shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi hamda tarbiya usullari va maqsadlarini 
ishlab chiqadi. Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika. Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy 
munosabatlar va ijtimoiy 
tarbiya uslubiyati rivoji
, faoliyat yuritishi, shakllanish 
qonuniyatlari haqidagi fan. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv 
muammolarini o‘rganish jarayonida ijtimoiy bitim sohalarining bir qator 
ma’lumotlari (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, 
axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi. Etnografiya, 
etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya halqlarning maishiy va 
madaniy xususiyatlarini o‘rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik 


xususiyatlari, milliy harakteri, milliy o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi 
qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o‘rganuvchi bilim sohasi. Ijtimoiy pedagogika 
o‘zining asosiy muammosi bo‘lgan ijtimoiylashuv jarayonini nazariy va amaliy 
jihatdan asoslashda etnografiya va etnopsixologiya fanlariga ham murojat qiladi 6 
va oziqlanadi. Jumladan, ijtimoiy pedagogikada umuminsoniy tarbiya 
tamoyillariga mos tushadigan va o‘z navbatida etnosda shakllangan tarbiya 
usullaridan shu halq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish tavsiya etiladi. 
Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. “Ijtimoiy psixologiya” 
insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishlari xolatini keltirib chiquvchi inson 
faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik 
ta’riflarini o‘rgansa. “Yosh psixologiyasi” esa inson ruhiyati dinamikasi va yosh 
xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog‘liq omillarini ham 
o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) 
muammolarini o‘rganishda va ijtimoiy tarbiyaning uslubiyotini tadqiq etishda 
ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi. Shu bilan birga 
ijtimoiylashuv muammolari sotsiologiya tomonidan o‘rganilganligi sababli 
ijtimoiy pedagogika ba’zi sotsiologik nazariya, usul va vositalardan ham 
foydalanadi. Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqilgan holda ijtimoiy 
pedagogikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ijtimoiy pedagogika-shaxsni 
ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal 
qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik 
faoliyatning samarali usullari

texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi. 
Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini 
o‘rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi 
bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersa ham bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogika fan 
sohasi sifatida bir qator fazifalarga ega bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash 
mumkin: Nazariy vazifa: ijtimoiy pedagogik bilimlarni to‘plab zamonaviy 
jamiyatda o‘rganayotgan jarayon va xodisalarning to‘liq tasvirini tuzishga 
intilishda namoyon bo‘ladi. Amaliy vazifalarga: - ijtimoiy pedagogikaning 
ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va psixologik yo‘nalishlardagi ta’sirini 


samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. 
Bunday ishlar qatoriga bolalar (yoshlarda) ongida, xatti-harakatida ijobiy 
fazilatlarning shakllanishiga yaqindan yordam beruvchi, yo‘l – yo‘riq, shakl, 
vositalarini aniqlash va ularni tadbiq etish, har qanday vaziyatdan mustaqil chiqib 
ketishning samarali yo‘llarini aniqlash, atrofdagi kishilar bilan muomala qilishni 
o‘rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniklashga doir tavsiyalar berish; ularda 
jamiyatdagi xuquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish, hamda 
mustaqillik, o‘ziga ishonch xissini shakllantirish; Insonparvarlik vazifasi - 
shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik 
jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni ishlab chiqishda o‘z ifodasini 
topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog 
o‘rtasidagi munosabatlarni qattiqqo‘llik bilan emas, o‘zaro tushunish orqali hal 
qilishga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va 
ma’naviy kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni 
tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaning 
vazifalari kengayib bormokda.. Shunga ko‘ra bunday vazifalar qatoriga 
tarbiyaviy, 
ijtimoiy-xuquqiy
, ijtimoiy reabilatatsiya ishlarini ko‘rsatish mumkin. 
Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo‘shilish, uning ijtimoiylashuv jarayoni, 
o‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishini ko‘zda tutadi. Ijtimoiy - huquqiy vazifa - 
davlatning bolalarga g‘amxo‘rligi, ularning huquqiy himoyasini bildiradi. Ijtimoiy 
reabilitatsion vazifa - nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan 
tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni 
pedagog bajaradi. Shunday ekan, o‘zining pedagogik faoliyatida quyidagilarga o‘z 
e’tiborini qaratishi lozim: 
- falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish. Inqirozdan chiqish 
yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab-quvvatlash; 
- bola(o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o‘rganish;
- bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy 
tarbiya holatini tahlil qilish; 7 


 - ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish, o‘zlashtirish, 
ommalashtirish; 
- u bola(o‘smir) faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini o‘qitish va o‘z 
hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ; 
- bola (o‘smir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, huquqlariga aloqador 
tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug‘ullanish;
- ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o‘rganishni 
tashkil qilish
, bu borada 
takliflarni kiritish. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə