1-mavzu: Insoniylik ulug’ fazilat


-ilova “Tarbiya” fanidan o’quvchilarning bilimini baholash mezoni



Yüklə 139,8 Kb.
səhifə39/39
tarix19.06.2023
ölçüsü139,8 Kb.
#117987
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
2 kurst tarbiya

1-ilova

Tarbiya” fanidan o’quvchilarning bilimini baholash mezoni



T\R

Mezonlar

Baho

1

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikirlay olish. Mustaqil mushohada yuritish.
Amalda qo’llay olish. Mohiyatini tuushunish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo’lish.



5

2

Mustaqil mushohada yuritish. Amalda qo’llay olish. Mohiyatini tuushunish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo’lish.



4

3

Mohiyatini tuushunish. Bilish, Aytib berish. Tasavvurga ega bo’lish.



3

4

Aniq tasavvurga ega emaslik. Bilmaslik.



2

Yangi mavzu bayoni:


15-MAVZU: Katta hayot ostonasida

O‘smirlikning eng quvnoq va mazmunli davri akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bag‘rida o‘tkazilgan davrdir. Hozirgi kunda ushbu muassasalarning bitiruvchilari o‘z dillaridagi orzu-havaslari tomon qadam qo‘yadigan kunlar ostonasida turibdilar. Kimdir biror hunarmandlik kasb-korini davom ettirish yoki o‘z shaxsiy tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lsa, yana boshqalar oliy ta’lim olish, ya’ni ko‘p yillar orzu qilib, tanlagan kasbiy mutaxassislik sirlarini egallash uchun oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishga ahd qilganlar.


Kasb tanlash katta hayot yo‘lidagi eng muhim qadamdir. Inson hayotda o‘zini baxtli his etishi uchun albatta, atrofida mehribon, sevimli insonlar bo‘lishidan tashqari, o‘z qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb-hunarga ham ega bo‘lishi zarur. Ba’zi yoshlar ko‘p yillar orzu qilib yurgan mutaxassislik uchun oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish damlari yaqinlashganda, «Men kelajakda shu sohaning mutaxassisi bo‘la olamanmi, bunga mening bilimim va iqtidorim yetadimi?» — deb o‘ylanib qoladilar. Ayrimlar o‘zlarining ko‘p yillik orzularidan ham voz kechib, hozirgi kunda dolzarb ahamiyatli o‘rin tutayotgan sohaga qiziqib, kutilmaganda o‘z fikrlarini o‘zgar-tiradilar. Asosiysi, yoshlar to‘g‘ri yo‘lni tanlash o‘z hayotlari oldida juda katta mas’uliyatli vazifa ekanligini yaxshi bilishlari va faqatgina qiziqishlari yuqori bo‘lgan kasb sirlarini egallashga intilishlari zarur.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida barcha kasb-hunar va mutaxassislik sohalari ham o‘z dolzarb o‘rniga ega. Ular qatorida jadal sur’atda rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlarida mutaxassislarni tayyorlaydigan sohalar ham muhim ahamiyatga molik. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) respublikamizda tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida aynan shu soha bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Hozirgi kunda mazkur sohaga qiziqqan mamlakatimizning turli mintaqalarida yashaydigan yoshlarimiz albatta poytaxtga yo‘l olmay ham TATU talabasi bo‘lishdek baxtga erishishlari mumkin. Mamlakatimiz viloyatlarining iqtisodiyot tarmoqlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ehtiyojlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetuk va malakali kadrlar tayyorlash zarurligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq respublikamizning Samarqand, Farg‘ona, Nukus, Qarshi va Urganch shaharlarida universitetning hududiy filiallari tashkil etildi.
O‘tgan davr mobaynida hududiy filiallarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining buyruq va farmoyishlarida belgilangan asosiy va ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, AKT sohasida kadrlar tayyorlash borasida, Toshkent shahridagi bosh universitet bilan birgalikda keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, ushbu barcha filiallarda viloyat ko‘rkiga yanada chiroy baxsh etuvchi, bilim olish uchun barcha qulaylik va imkoniyatlarga ega zamonaviy o‘quv binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlandi, jumladan, o‘quv jarayoni uchun keng va chiroyli o‘quv auditoriyalari va laboratoriyalari, kompyuter va multimedia sinflari, o‘quv markazlari tashkil etilib, yangi kompyuter texnikalari, elektron doska, multimedia proyektorlar, noutbuklar, multimedia vositalari kabi zamonaviy uskunalar va qurilmalar bilan jihozlandi. Bir so‘z bilan aytganda, hududiy filiallarda talabalarning o‘z tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha mukammal bilim olishlari va professor-o‘qituvchilarning faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar Toshkent shahridagi bosh universitetdagidan aslo qolishmaydigan darajaga ko‘tarildi.


Uyga vazifa; Mavzuni o’ib kelish
Yüklə 139,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə