1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə20/82
tarix23.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#155808
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va

3.5-jadval

Korxonaning material resurslaridan foydalanilishiga oid ma’lumotlar




Resurslar turi


Resurs xarajatlari, t


Me’yordan og‘ishish (+; –)


me’yor o‘yicha


haqiqatda


mutlaq

foizda

Neft mahsulotlari


600

615

+15

+2,5

Xom ashyo


1200

1176

-24

-2,0

Yonilg‘i


2500

2750

+250

10,0

va hokazo










Iqtisodiy tahlilda ham haqiqatda erishilgan natijalarni o‘tgan davr ma’lumotlari bilan taqqoslash juda ko‘p qo‘llaniladi. Bu o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar o‘zgarishlariga oid sur’atlarni baholashga va iqtisodiy jarayonlar rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi.



3.6-jadval

Asosiy ko‘rsatkichlar dinamikasi




Yillar

Mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi

Ishchilar soni


Bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan


mahsulot


mln so‘m


bazis yilga nisbatan


% da

kishi

bazis yilga nisbatan
% da

ming so‘m


bazis yilga nisbatan


% da

2006

830


1094


758,7


2007

910

9,6

1087

–0,7

837,2

+10,3

2008

930

2,2

1075

–1,2

865,1

+3,3

2009

1150

1,2

1064

–1,1

1080,8

+24,9

2010

1200

4,3

1000

–6,1

1200,0

+11,0

3.6-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘sish, ishchilar soni esa kamayish tendensiyasiga ega. Bu o‘sish va kamayish mehnat unumdorligining bazis yilga nisbatan ortishiga sabab bo‘lgan.

Korxonada tegishli ko‘rsatkichlarni texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilish sohasida erishilgan eng yaxshi natijalar bilan taqqoslash biznes samaradorligini oshirish zaxiralarini izlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunda ichki korxona va korxonalararo taqqoslash bo‘lishi mumkin. Korxonaning ichida ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini uning alohida segmentlari yutuqlari bilan taqqoslash olib boriladi va ularning muvaffaqiyati sabablari o‘rganiladi. Korxonalararo qiyosiy tahlil jarayonida tahlil qilinayotgan korxonaning ko‘rsatkichlari mavjud eng yaxshi natijalarga, xo‘jalik yuritishning bir xil boshlang‘ich sharoitlariga ega yetakchi korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Tahlil qilinayotgan korxonaning faoliyat natijalarini raqobatdosh korxonalar ma’lumotlari bilan taqqoslash katta ahamiyat ega.


Korxonalararo taqqoslash quyidagi maqsadda olib boriladi:
  • korxona va o‘xshash korxonalardagi faoliyat natijalari qanday nis- batlanishini rahbarlarga ko‘rsatish;


  • biznesning kuchli va kuchsiz tomonlariga rahbarlar e’tiborini jalb qilish;


  • korxonaning faoliyat samaradorligini baholash va uning strategik va taktik siyosatiga tuzatishlar kiritish uchun obyektiv baho berish.


Korxonalararo qiyosiy tahlil sohasida eng so‘nggi yutuq bu – benchmarking. Bu nafaqat xususiy sohaning, balki boshqa sohalardagi fan va amaliyot yutuqlariga asoslangan yetilib kelayotgan muammolar haqida oldindan ogohlantiruvchi tizimdir. U raqobatda ustunlikka erishish va uni saqlash uchun talab qilingan axborotlarni olish instrumenti sifatida foydalaniladi. Benchmarking korxona va yetakchilar o‘rtasida erishilgan natijalardagi tafovut mohiyatini tushunishga ko‘maklashadi. Menejerlarni yangiliklarni izlashga yanada undaydi, innovatsion faoliyat uchun baza hosil qiladi. Yuqori rahbariyatni xususiy biznesda strategik va taktik boshqaruv qarorlari bo‘yicha ilg‘or qarorlar qabul qilishga undaydi, mahsulot va xizmatlar bozorida yetakchi o‘rin egallashga ko‘maklashadi.


Korxonalarni taqqoslash bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Raqobat va tijorat siri tufayli raqobatdosh korxonalar kamdan kam axborot ayirboshlashadi. Shuning uchun bir korxonaning holati bilan boshqasiniki o‘rtasida bevosita taqqoslash o‘tkazish doimo ham mumkin bo‘lmaydi – odatda, muayyan soha bo‘yicha e’lon qilingan o‘rtacha statistik ma’lumotlarga yoki aksionerlik jamiyati
va mas’uliyati cheklangan jamiyat hisobotiga asoslangan bilvosita taqqoslash bilan cheklanishga to‘g‘ri keladi.
Tahlil qilinayotgan korxona ko‘rsatkichlarining haqiqatdagi darajasini soha bo‘yicha (vazirlik, birlashma, kontsern) o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash ham iqtisodiy tahlilda katta ahamiyat ega. Bunday taqqoslash tahlil qilinayotgan korxonaning ushbu sohaning boshqa xo‘jalik subyektlari o‘rtasida reytingini aniqlash, korxonaning rivojlanishi darajasini yanada to‘liq va obyektiv baholash, uning xo‘jalik faoliyati natijalarini belgilovchi umumiy va o‘ziga xos omillarni o‘rganish, operatsion va moliyaviy risk darajasini baholash uchun zarur.
Taqqoslashda parallel va dinamik qatorlarni qiyoslash turli ko‘rsatkichlar o‘rtasida aloqa shakllari va yo‘nalishlarini aniqlash va asoslash uchun foydalaniladi. Shu maqsadda ko‘rsatkichlardan birini tavsiflovchi raqamni o‘suvchi yoki kamayuvchi tartibda ranjirlash va shunga bog‘liq ravishda boshqa tadqiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni qay tarzda o‘zgarishini ko‘rib chiqish zarur.
3.7-jadvalda qishloq xo‘jalik ekinlari va tuproq hosildorligi bo‘yicha tumanning o‘nta fermer xo‘jaligiga oid ranjirlangan ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlarni o‘rganish o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasida chambarchas aloqa mavjudligini tasdiqlaydi: tuproq sifati oshganda don ekinlari hosildorligi o‘sadi va aksincha.


Yüklə 484,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə