1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Determinallashgan modellar va xo‘jalik faoliyatidagi omillar tizimi tahlili



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə36/82
tarix23.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#155808
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va

Determinallashgan modellar va xo‘jalik faoliyatidagi omillar tizimi tahlili



Determinizm lotincha «determino» so‘zidan olingan bo‘lib, voqealarning obyektiv qonuniyat asosida o‘zaro bog‘langanligi hamda shartlanganligi to‘g‘risidagi ta’limotdir. Determinallash asosida sababga ko‘ra amalga oshadigan, ya’ni aniq sharoitda bir voqea (sabab) boshqa voqeani (oqibat) keltirib chiqaradigan holatlardagi bog‘liqliklar yotadi.
Determinallashgan tahlil – tadqiq etilayotgan voqeani (o‘rganilayotgan ko‘rsatkichni) bevosita omillarga bo‘lib o‘rganishdir. Bevosita omillar –
bog‘lanishlari uzluksiz zanjirlar asosida modellashtirib quriladigan hamda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichni shakllantirayotgan hamda ta’sir miqdorini o‘lchash mumkin bo‘lgan alohida voqealardir. Bu yerda tadqiq etilayotgan ko‘rsatkich (voqea) omillar hosilasi bo‘lib qaraladi. Misol uchun, tovar mahsuloti hajmining shakllanishi (TH) sanoat-ishlab chiqarish xodimlari soni (XS) hamda ishlovchilarga to‘g‘ri keladigan yillik o‘rtacha mahsulot hajmiga (O‘M) bog‘liq. TH= XS·O‘M.
Ushbu omillarni yanada detallashtirish mumkin. Sanoat-ishlab chiqarish xodimlari sonidan (XS) kelib chiqqan holda, uning tarkibida faqat ishchilarning solishtirma salmog‘i (Iss) topiladi, ya’ni Iss= (Is:XS)·100 %. Bu yerda, Is – ishchilar soni. Modellashtirish jarayonida bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rtacha yillik mahsulot (O‘Mi) ham topiladi, ya’ni O‘Mi = TH : Is. Omillarning mazkur tartibi asosida tovar mahsuloti hajmini (TH) quyidagicha hisoblash mumkin: TH = O‘Mi · Iss · XS yoki TH = (TH : Is) · Iss · XS.
Tovar mahsuloti hajmini model asosida tahlil qilishda uning shakllanishiga ta’sir etuvchi yana ko‘plab omillarni topish mumkin. Misol uchun, bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rtacha yillik mahsulotga (O‘Mi) ta’sir etgan omillarni alohida ko‘rib chiqish mumkin. Bu yerda, O‘Mi=(O‘Ms·Ik·D), O‘Ms – ishchi tomonidan bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot, Ik– ishchi tomonidan ishlangan kunlar miqdori, D – kun davomiyligi. Ishchi tomonidan bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot (O‘Ms) hajmi quyidagicha topiladi: O‘Ms= TH : (Ik · D). Bu holatda model beshta omildan shakllanganini ko‘rish mumkin. Ya’ni:
TH = (TH : (Ik · D)) · (Ik · D · Iss · XS).
Determinallashgan model qurilishida quyidagilar nazarda tutiladi: uzluksiz zanjirdagi bevosita bog‘liqliklarning davomiyligi asosida omillar miqdori aniqlanadi; ular mantiqiy jihatdan tanlanadi; tahlil yo‘li bilan modellashtirilgan ko‘rsatkichlar va omillarning miqdoran hamda mantiqiy muvofiqligi aniqlanadi.
Determinallashgan modelda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichga uni shakllantirgan barcha omillarni alohida-alohida ta’sirini aynan bir vaqt bo‘yicha aniqlash imkoniyati mavjud emas.
Determinallashgan omilli tahlilda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichga har bir omilning ta’sir miqdori ularni xolislantirishga asoslangan usullar vositasida amalga oshiriladi (3.20–3.21-jadvallar).

Yüklə 484,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə