1-mavzu. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni va ahamiyati reja



Yüklə 305,79 Kb.
səhifə1/11
tarix14.10.2023
ölçüsü305,79 Kb.
#127828
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Маъруза 1-мавзу


1-MAVZU. IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING O’RNI VA AHAMIYATI
Reja:
1. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari
2. Raqamli iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni va vazifasi
3. Axborot texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari
4. Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va darajalari


Tayanch so’z va iboralar: informatika, elektron hisoblash texnikasi, funktsional protsessorlar, informatikaning usullari va vositalari, mexanik qurilmalar, elektromexanik mshinalar.


1.1. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari.

Insoniyat har doim o’z turmush tarzini yaxshilashga, og’ir mehnatini engillashtirishga harakat xarakat qilib kelgan va borada ko’p foydali ixtirolar qilgan. Masalan, metallga ishlov berish, g’ildirak ixtirosi, yozuv, kitob bosish, hisoblash texnikasi va h.k. Ularning son-sanog’i yo’q.


Insoniyat to’plagan bilim va tajriba avloddan-avlodga og’zaki, yozma ko’rinishda o’tib kelgan. Axborot xajmi ham juda ko’p bo’lmagan. Yozuv, kitob bosishning ixtiro qilinishi axborot xajmining N o’sishiga olib kelgan bo’lsa, hisoblash texnikasi, kompyuterlarning ixtiro qilinishi axborot xajmining keskin o’sishiga olib keldi va bu axborotlarni qayta ishlash va saqlash uchun yanada kuchliroq, quvvatliroq texnik vositalar talab qilina boshlandi. Kompyuter ixtiro qilingunga qadar axborotlar aksariyat hollarda faqat qayta ishlangan oxirgi mahsulot sifatida qog’oz tashuvchilarda saqlangan. Hozirda esa juda katta xajmdagi xom ashyo sifatida xizmat qiluvchi qayta ishlanmagan axborotlarni ham saqlash imkoniyati mavjud.
Insonlarning turmush tarzi iqtisodiyot bilan, iqtisodiyot esa resurslarning mavjudligi va ulardan qanday foydalanishga bog’liq. Iqtisodiyotni boshqarish axborot tizimlarini yaratish va axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq. Axborot texnologiyalari – bu xalq xo’jaligining turli sohalarida axborot faoliyatini avtomatlashtirish shakllari, usullari va vositalari yig’indisidir.
Iqtisodiyotni boshqaruv maqsadlarida ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki butun dunyoda XXI asr – «axborot» asri deb tan olingan. Axborot asrida katta hajmdagi ma’lumotlar ombori va axborotlar ustida ishlashga to’g’ri kelmoqda.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatining yangi turlarining paydo bo’lishiga va eng avvalo, axborot biznesi bilan shug’ullanuvchi firmalarning paydo bo’lishiga, AT-ni ishlab chiqish, takomillashtirish, IT-komponentlarini, xususan, axborotni avtomatlashtiradigan dasturiy mahsulotlarni tarqatish va hisoblash jarayonlari axborot texnologiyalarini rivojlantirishga olib keldi. Shuningdek, ular kompyuterlar, aloqa vositalari, orgtexnika va xizmatlarning alohida turlari – axborot, texnik va konsalting xizmatlari, o’qitish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bu iqtisodiyotda axborot texnologiyalarining tez tarqalishi va samarali qo’llanilishiga hamda ularning deyarli universal qo’llanilishi va juda xilma-xilligiga xizmat qildi. AT kirib borishining beshta asosiy ko’rsatkichlari: shaxsiy kompyuterlar; aloqa liniyalari; Internet; elektron ma’lumotlar almashinuvi; kabel va sun’iy yo’ldosh televideniesini ko’rsatish mumkin.
Axborot texnologiyasining rivojlanishi dasturiy va texnik ta’minotga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bu ta’sirlar shunchalik kuchliki, yillar ichida emas, balki oylar ichida o’zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalari va uning texnik, dasturiy ta’minotini yangi variantlari paydo bo’lishi bu sohadagi xizmat qilish usulini tubdan o’zgartirishni talab etadi.
Bir necha yil avval axborot bilan bog’liq amallarni bajarishda (kerakli ma’lumotni tahrirlash, xotiraga yozish, qayta ishlash usullarni amalga oshirish) kompyuterda ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko’rgan xodimlar yoki mutaxassislar jalb qilinar edi. Hozirda esa jamiyatni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Istalgan sohani olsangiz, u erda axborot texnologiyalaridan, kompyuter texnikasining imkoniyatidan foydalanilayotganini ko’rishingiz mumkin.
Axborot texnologiyalari va ushbu texnologiyalarning asosiy elementi kompyuterlardan foydalanishga bo’lgan talabning ortib borishi jamiyat oldiga aholining kompyuter savodxonligini oshirish, kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish masalasini yuzaga keladi. Bu jarayonining ijobiy kechishi doimo hukumatimiz diqqat-e’tibori markazida bo’lib kelgan va bu borada bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Faqat oxirgi yillarning o’zida bir qancha hukumat qarorlari qabul qilindi:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida»,
2020 yil 2 martdagi PF-5953-son «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida»,
2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son ««Raqamli O’zbekiston-2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»,
2018 yil 13 dekabrdagi PF-5598-son «O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» farmonlari,
2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»,
2019 yil 18 maydagi PQ-4321-son «Raqamli iqtisodiyot va «Elektron hukumat» tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorlari,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 iyundagi VMQ-373-son «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.
Axborot texnologiyasi - bu aniq texnik va dasturiy vositalarining majmui bo’lib, ular yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan turli xildagi masalalarni hal etamiz. Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish va boshqarish bilan bog’liq bo’lgan yagona sohadir.
"Axborot texnologiyalari" iborasidagi "texnologiya" so’zi lotincha "thexnos" - san’at, hunar, ustalik, soha va "logos" - fan degan ma’noni bildiradi. Texnikada yoki ishlab chiqarishda "texnologiya" deganda ma’lum kerakli xom ashyodan tayyor mahsulotni hosil qilish uchun uslubar, metodlar va vositalar yig’indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob’yektining dastlabki, boshlang’ich holatini o’zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun undan turli texnologiyalar orqali non, bo’g’irsoq, tort va boshqa unli mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang’ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma’nosi saqlanib qoladi. Faqat unga "axborot" so’zini qo’shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiya - bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yo’naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo’nalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu esa tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o’zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari funktsiyalari uning tuzilishini belgilaydi, bu quyidagi tartibda bajariladigan vazifalarni o’z ichiga oladi: ma’lumotlarni yig’ish va ro’yxatga olish; axborot massivlarini tayyorlash; ma’lumotlarni qayta ishlash, to’plash va saqlash; natijalar haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish; ma’lumotlarni yuzaga kelgan manbalardan ishlov berish joyiga va hisob-kitoblar natijalarini - boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot iste’molchilariga o’tkazish. Axborot texnologiyalari uchun majburiy elementlar axborot, lingvistik, texnik, dasturiy ta’minot, matematik, huquqiy, tashkiliy va ergonomik ta’minotdir.
Axborot texnologiyasini bir qator belgilariga ko’ra tasniflash mumkin: amalga oshirish usuli; AT boshqaruvi vazifalarini qamrab olish darajasi; amalga oshirilgan texnologik operatsiyalar sinfi; foydalanuvchi interfeysi turi; kompyuter tarmog’ini qurish usuli; xizmat ko’rsatiladigan mavzular.



Yüklə 305,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə