1-mavzu. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni va ahamiyati reja



Yüklə 305,79 Kb.
səhifə8/11
tarix14.10.2023
ölçüsü305,79 Kb.
#127828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Маъруза 1-мавзу

3. Tashkilot axborot texnologiyasi. Avtomatlashtirilgan tashkilot zamonaviy axborot texnologiyalari bu – tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo’llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Office dasturlar majmuasidir. Uning tarkibiga matn muharriri, elektron jadval, taqdimot muharriri, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko’plab dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha turdagi axborot texnologiyalarini ta’minlay oladi. Ularning ayrimlari bilan keyinchalik qisqacha tanishib chiqamiz.
4. Ma’lumotlar ombori. Har qanday axborot texnologiyasining majburiy elementi ma’lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan tashkilotda MO firmaning ishlab chiqarish tizimi haqidagi barcha ma’lumotlarni o’zida saqlaydi.
5. Elektron pochta (E-mail) – kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo’lib, hamkorlarga ma’lumotlar jo’natish yoki ulardan ma’lumot olish imkoniyatini yaratadi. Audiopochta – bu ma’lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali uzatuvchi elektron pochtadir.
Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xo’jalik sohaga (masalan, ta’lim, ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya, savdo, qishloq xo’jalik) misol keltirish qiyinmas. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to’plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib, xalq xo’jaligini axborotlashtirish kelgusiga axborot texnologiyasining inqilobiga o’tish demakdir.
Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo’llanilib kelayotgan ayrim sohalarni sanab o’tamiz.
Biznes sohasi. Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishida katta rol o’ynaydi. Masalan,

  • biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;

  • tashkilot yoki firmaning yorlig’ini va tegishli hujjatlarini tartibga keltirishda;

  • tashkilot yoki firmaning taqdimot marosimini o’tkazishda;

  • reklamalarning loyihasini tuzish va reklama materiallarini tayyorlash, hisobotlar, shartnomalarni tayyorlashda;

  • mijozlar haqidagi ma’lumotlar ro’yxatini saqlash va u bilan ishlashda;

  • boshqa firmalar, potensial ta’minotchi, ulgurji xaridorlar bilan bog’lanishda;

  • mijozlar va ta’minotchilar bilan muzokara olib borish va hokazolarda.

Tashkilot yoki firmaning taraqqiy etishi uchun albatta axborot texnologiyalarining imkoniyatlari va o’rni juda katta.
Bank sohasi. Bank tizimi o’zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan tashkilot hisoblanadi. Masalan,
- yil davomida bir sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma’lumotlarni olish, ma’lumotnomani tekshirish, hisobni to’lash imkoniyatini yaratish;
- mijozlarga xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish;
- kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo’lga qo’yish;
- mijozlar haqidagi ma’lumotlarni saqlash;
- Bankning hisob raqamlari haqidagi ma’lumotlar va boshqalar.



Yüklə 305,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə