1-mavzu. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni va ahamiyati reja



Yüklə 305,79 Kb.
səhifə2/11
tarix14.10.2023
ölçüsü305,79 Kb.
#127828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Маъруза 1-мавзу

MAVZU UCHUN NAZORAT SAVOLLARI:



  1. Texnologiya nima?

  2. Axborot texnologiyasi nima?

  3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari funktsiyalari

  4. AT qaysi belgilariga ko’ra tasiflanadi?


1.2. Raqamli iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
o’rni va vazifasi.

Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Ekspertlar fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o’rni axborot texnologiyalari yordamida yaratiladi.


Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o’tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Shuningdek, 2020 yilning «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb e’lon qilinganligi bejiz emas.
Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldida o’ta muhim va dolzarb vazifalar qo’yilgan.
Raqamli iqtisodiyot korruptsiya va “xufiyona iqtisodiyot”dan xoli hududda ishlash imkoniyatini yaratadi. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak bo’lganda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biror ma’lumotni berkitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to’liq axborot bermaslikning iloji bo’lmaydi. Buning natijasida esa iqtisodiyotga yo’naltirilgan qonuniy mablag’lar joy-joyiga sarflanadi. Ayniqsa, soliqlarning o’z vaqtida to’g’ri hisoblanishi va to’lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan mablag’lar, maktablar, shifoxonalar, yo’llarga ajratilgan pullar to’liq o’z manziliga maqsadli etib borishiga zamin yaratiladi. Shu bois, raqamli texnologiyalarni bizni taraqqiyotga eltadigan eng qisqa va to’g’ri yo’l, deyish mumkin.

Yüklə 305,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə