1-mavzu. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni va ahamiyati reja



Yüklə 305,79 Kb.
səhifə3/11
tarix14.10.2023
ölçüsü305,79 Kb.
#127828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Маъруза 1-мавзу

Robototexnika sohasi. Ma’lumki, "robot" so’zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan bo’lib, "qul" degan ma’noni bildiradi. Birinchi bor bu so’zni oltmish yil oldin taniqli Chex fantast yozuvchisi Karl Chepek ishlatgan. Ammo "mexanik odamlar" undan oldinroq ham ma’lum edi. O’rta asrlarda inson iste’dodlariga ega bo’lgan musiqachi yoki rassom qo’g’irchoqlar paydo bo’lganligi ma’lum. Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og’ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo’ldi. Ular garchi odam qiyofasida bo’lmasa-da, ko’plab funktsiyalarni bajara oladilar. Masalan, sanoat korxonalarida ko’plab payvandlash, montaj-yig’uv ilari robotlar tomonidan bajariladi. Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po’lat quyish tsexlarida, kimyoviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo’llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shug’ullanadigan texnikaning maxsus shahobchasi – robototexnika paydo bo’ldi. Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar – o’ta sezgir va kuchli mexanik qo’ldir. Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya’ni kompyuter robotning "miyasi"dir, ular telekameralar orqali "ko’rib", mikrofonlar yordamida "eshitadilar", ya’ni axborot qabul qiladilar. Maxsus vositalar "sezgi" organi vazifasini o’taydi.
Marketing sohasi. Marketing inglizcha "market" (bozor) so’zidan olingan bo’lib, bozor, savdo sohasidagi faoliyatni anglatadi. Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o’rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga ta’sir ko’rsatish, xaridorlarning muayyan tovarlarga bo’lgan talablarini shakllantirish, boshqa viloyat (tuman, shahar)dagi bozor narxlarini o’rganishdan iborat.. Marketing sohasini kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin, ayniqsa, qimatli qog’ozlar bozorini.
Ta’lim-tarbiya sohasi. Ta’lim sohasida asosiy vositalardan biri bu didaktik ta’minotdir. Didaktik ta’minotga o’quv materialining o’zgargan shakllari – slayd, diagramma, jadval, test, virtual laboratoriya va boshqalar kiradi. Bunday ta’minotlarni yaratishda kompyuterdan foydalanishning imkoniyati keng va kelgusida bu materiallarni o’zgartirib, takomillashtirib borish ham mumkin. Bundan tashqari axborot texnologiyalari masofadan ta’lim olish, mustaqil o’rganish kabi imkoniyatlarni ham yaratib beradi.

Yüklə 305,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə