1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə45/70
tarix04.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#108478
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
1-mavzu Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G'ulomova, Sh.Yo’ldosheva Onatili (darslik) MOLIYA- IQTISOD, Toshkent, 2007-yil. 81.633.1 0-56 y-6793(10 ta)

  2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.HamrayevOna tilidan mashqlar to‘plami

(o'quvqo'llanma)TDPU, Toshkent, 2009-yil 81.633.1 И 37 921994 (60 ta)

  1. ЖумабоевМ. Узбек болалар адабиёти (дарслик) -Т.: Ўқитувчи, 2002 83.8(5Уз)Ж92 923869(50)

  2. Жумабоев М Болалар адабиёти (дарслик) -Т.: Ўқитувчи, 20 83.3 (5Уз) Ж 92 923851 (50 ta)


3-mavzu: A.Avloniy va Hamzaning pedagogik faoliyati.
G’.G’ulom va Q.Muhammadiy she’rlarida poetik obrazning ahamiyati.
Reja:

  1. Avloniyning pedagogik faoliyati. Yangi maktablar, o‘quv jarayonlari, dars uslubi tashkil etishdagi faoliyati. “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining ta ’limiy va tarbiyaviy ahamiyati.

  2. H.H. Niyoziy ma’rifati. Uning ta’limda joriy etilgan o‘qish kitoblari mohiyati.

  3. G‘afur G‘ulomning bolalar uchun yozilgan she’rlarida ilgari surilgan g‘oyalar.

  4. Quddus Muhammadiyning hayoti va ijodiy faoliyati. Shoir shehrlardagi musiqiylik.


IPT-sharhlovchi ma’ruza.
IAT- mavzuga doir video ma’ruza, slayd.
Adabiyotlar: I [1,2,]; II [3,4,6]; III [16,17,19,20,21], IV, V,VI

  1. Tayanch tiushuncha va iboralar: Avloniyning pedagogik faoliyati,yangi maktablar, o‘quv jarayonlari, dars uslubi tashkil etishdagi faoliyati, “Turkiy guliston yoxud axloq” asari,H.H. Niyoziy ma’rifati, o‘qish kitoblari, G‘afur G‘ulom, Quddus Muhammadiy, shehrlardagi musiqiylik


1-topshiriq: Men bu asari nochizonimni birinchi maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug’ adabiyot muhiblari, axloq havaskorlarining anzori oliylarina taqdim qildim.

Har kun o’luram shomg’acha men g’amga giriftor, 
Har shab yonaram otasha parvona kabi zor. 
Hech kimsa emas bu meni ahvolima voqif
Men xastayamu millatim o’lmish nega bemor.

Noshiri va shoiri Abdulla Avloniy

2-tab’i, sana 1336 h./1917 m. Toshkent,
Tip. Lit. «Par. Sots. revolyuts» 1917g.
Ushbu to’rtlikni izohlang
AXLOQ

Insonlarni yaxshilikg’a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Axloq ilmini o’qub, bilub amal qilgan kishilar o’zining kim ekanin, janobi Haq na uchun xalq qilganin, yer yuzida nima ish qilmak uchun yurganin bilur. Bir kishi o’zidan xabardor bo’lmasa, ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini, qimmatini bilmas. O’z aybini bilub, iqror qilub tuzatmakg’a sa’y va ko’shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: «Mezon tarozusiga qo’yiladurgan amallarning ichida yaxshi xulqdan og’irroqi yo’qdur. Mo’min banda yaxshi xulqi sababli kechasi uxlamasdan, kunduzlari ro’za tutub ibodat qilgan kishilar darajasiga yetar», – demishlar.

So’ylasang so’yla yaxshi so’zlardan, 
Yo’qsa jim turmoqing erur yaxshi.
O’ylasang yaxshi fikrlar o’yla, 
Yo’qsa gung bo’lmoqing erur yaxshi.
Ishlasang ishla yaxshi ishlarni, 
Yo’qsa bekorlig’ing erur yaxshi.

XULQ

Inson ikki narsadan murakkabdur. Biri jasad, ikkinchisi nafsdur. Jasad ko’z ila bor narsalarni ko’rur. Ammo nafs idrok ila yaxshini yomondan, oqni qoradan ayirur. Jasadning ham, nafsning ham biror surati bordurki, yo yaxshi va yo yomon bo’ladur.
Jasadning surati hammaga ma’lum bir narsadurki, har vaqt ko’zga ko’rinib turadur. Ammo nafsning surati ko’zga ko’rinmaydurgan, aql ila o’lchanadurgan bir narsadurki, buni xulq deb atalur. Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulub tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, «Allohu akbar» bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turub yulduzlarga qo’l uzatmak kabidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz:
«Bir tog’ning o’rnidan ko’chib ketganini eshitsangiz, ishoningiz, ammo bir odamning xulqi boshqa bo’ldi deb eshitsangiz ishonmangiz», – demishlar.

Xulqi yomon yuz, ko’zlidin na sud 
Yuz, ko’zli xulqni qilmas kashud. 
Xulq mariziga davo istasang, 
Marg davosin berilur qistasang. 
Xulqi yomoning keturar ko’p zarar, 
Xulqing o’zi boshingga kaltak urar. 
Xulqi fano bo’lsa degil alhazar, 
Xor-u zalillikda qolur darbadar.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə